Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari. Mashgʻulot turi: ma’ruza



Yüklə 267,06 Kb.
səhifə6/17
tarix28.11.2023
ölçüsü267,06 Kb.
#167522
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Harakat malaka konuniat metodlar

7. O’zgaruvchan mashq metodi
Standart mashq metodlaridan ko‘proq o‘zlashtirish va erishilgan yutuqlarni mustahkamlash uchun foydalanilsa, quyida aytiladigan metod yangi marralarga erishishda yetakchi rol o‘ynaydi. Barcha o‘zgaruvchi mashq metodlarining muhim tomoni mashqning borishiga qarab ta’sirning bir maqsadga qaratilgan holda o‘zgarishidir. Bunga turli hollarda turlicha yo‘l bilan jismoniy yuklama ayrim parametrlarini to‘g‘ri o‘zlashtirish, harakat usulini o‘zgartirish, shuningdek, dam olish intervallarini va faoliyatning tashqi sharoitini o‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi. Bu o‘zgarishlarning ma’nosi shundan iboratki, bunda organizmning funksional imkoniyatlariga tobora odatdagidek bo‘lmagan, yangi, yana ham kattaroq talablar qo‘yiladi va bu bilan ularning rivojlanishi uchun imkon yaratib beriladi. Ta’sirning o‘zgaruvchan xarakterda bo‘lishi markaziy nerv tizimining plastik xususiyatini takomillashtirish uchun, shuningdek, umuman tobora yaxshi mashq olib borish uchun qulay sharoit yaratadi, bu juda muhimdir. O‘zgaruvchan uzluksiz mashq metodlari asosan tabiiy siklik harakatlar asosida qo‘llaniladi. Bunda asosiy o‘zgaruvchan kattaliklar temp va tezlikdir. Masalan, nostandart dastur bo‘yicha butun masofa davomida tezlikning tartibga solinishi bilan xarakterlanuvchi yugurishdagi o‘zgaruvchan mashq metodidir. Shuni aytib o‘tish kerakki, mashq jarayonida o‘zgarish tezligining har qanday o‘zgarishi ham o‘zgaruvchan mashq metodi bilan bajariladi deb hisoblashga asos bera olmaydi. Masalan: agar yugurish tezligi stereotip shaklda o‘zgarsa (400 m ga 70 soniyada, 200 m ga 40 soniyada va butun mashq davomida shunday yugurilsa), u vaqtda gap ayrim o‘zgaruvchan mashq to‘g‘risida emas, balki kombinatsiyalashgan metodlar guruhiga kiradigan standart o‘zgaruvchan mashq to‘grisida borishi kerak. Agar yuklama mashq jarayonida surunkasiga emas, interval bilan bajarilsa, u vaqtda ta’sir kuchini va maqsad yo‘nalishini almashtirish imkoniyati yanada ortadi. Amalda buni hisobga olib, o‘zgaravchan jismoniy yuklamaning dam olish bilan tarkibli navbatiashuviga asoslangan metodlaridan intervalli o‘zgaruvchan mashq metodlaridan keng foydalaniladi. Bu turdagi keng tarqalgan metodlardan biri jismoniy yuklanishning ortib borishi uchun sharoit yaratuvchi intervalli o‘sib boruvchi mashq metodidir. Bu holatda yuklama qat’iy bir yo‘nalishda - yuqori ko‘tarilish tomonga o‘zgaradi (har ko‘tarishda shtanga og‘irligi ortib boradi). Bu ekstremal yoki to‘la dam olish intervalini saqlash talab etiladi. Qattiq intervallar bu yerda kam foydalidir, chunki ular yuklamaning tashqi tomoni o‘sishini chegaralaydi. Aytib o‘tilgan metod, avvalo, kuch, tezkorlik, chaqqonlikni tarbiyalashda, shuningdek, shunga bog‘liq bo‘lgan harakat texnikasini mukammallashtirish uchun qo‘llaniladi. Pastlashuvchi metodlar yuqoridagi fikrlarga qarama-qarshi tendensiyani aks"ettiradi. Bu yerda yuklama bir tomonlama, lekin kamayish tendensiyasi bo‘yicha o‘zgaradi. Bu holatda jismoniy yuklamaning hamma komponentlari kamayadi, asosiy ta’sir etuvchi omil mumkin qadar saqlanadi. Masalan: tezlik, chidamlilikni tarbiyalashda yugurib o‘tiladigan masofa kamayib borishi mumkin (800 m + 400 m + 200 m masofa 5-7 daqiqada interval bilan) yuqori darajada saqlanadi. Pastlashuvchi mashq metodlarining yutuqlaridan biri shundaki, u katta hajmdagi jismoniy yuklamalarga erishishi mumkin va shu asosida harakat faoliyatining ayrim tomonlarini tanlab olingan holda takomillashtiradi. Ko’rib chiqilayotgan guruh metodlariga yana tartibga soluvchi mashq metodlari ham kiradi. Bu metodda yuklama goh oshish tomonga, goh pasayish tomonga o‘zgaradi. Masalan: intervalli yugurishda masofaning har bir bo‘lagida tezlik yo ortadi, yo kamayadi - (V.Kutsning yugurishi). Tartibga soluvchi mashq metodlari siklik, asiklik va tarkibli barcha harakat mashqlarida qo‘llanilishi mumkin. U markaziy nerv tizimining plastic xususiyatini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi va xususan harakat malakalarining qoloq stereotipini ularning qayta tuzilishi va yanada takomillashishi maqsadida ("silkish" zarur bo‘lib qolganda) ancha yaxshi foyda beradi.



Yüklə 267,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin