4. Tug’ma avtomatizmlarning ta’siri Murakkab harakat faoliyatlarini egallashda tug‘ma avtomatizmlar ancha muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda ular yordam bersa, ba’zi vaqtda halaqit beradi. Masalan: koordinatsion qadamlami tug‘ma cha-lishtirib yurish, yugurish va boshqa bir qator harakatlarning tabiiy asosini tashkil etadi. O‘rgatish ketma-ketligi o‘rgatilayotib, shu kabi tug‘ma koordinatsion harakatlar tomonidan yaratiladigan ijobiy imkoniyatlardan foyda-lanishga intilish kerakligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Masalan: suvda suzishga o‘rgatishni brass, krol usulidan; chang‘ida yurishni birdan ikki oyoqni qo‘zg‘atishdan emas, birin-ketin qadam tashlab yurishdan boshlash maqsadga muvofiq. Shu bilan bir qatorda, ko‘p hollarda innervatsiya va bo‘yinni mustahkamlash reflekslari bilan bog‘liq bo‘lgan tug‘ma avtomatizmlarni yengish talab qilinadi.
Mavzu yuzasidan savollar 1. Malakalarning o’zaro aloqasi va o’rgatishning ketma-ketligi deganda nimani tushunasiz?
2. Malakalarning o’zaro ijobiy aloqasi nimadan iborat bo’ladi?
3. Malakaning o’zaro salbiy ta’sirini aytib bering?
4. Tug’ma avtomatizmlar deganda nimani tushunasiz?