Harakat ko‘nikmalari va malakalari. Mashqlarni harakat ko‘nik-masi va harakat malakasi bo‘lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko‘nikma va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi. Harakat ko‘nikmalari. Kishida harakat tajribasi va bilimlari to‘planib, jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasi hal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat faoliyatida qatnashishni amalga oshirish uchun kishi ilgari hosil qilgan ko‘nikmalar va malakalardan jismoniy va ma’naviy-irodaviy sifatlarda ijodiy foydalana oladi. Keyinchalik esa yangi, ilgari tanish boimagan harakat faoliyatini bajarishga imkon yaratadi. Bunda hamisha butun faoliyat davomida ma’lum darajada aqliy mehnat bilan ish ko‘rish talab qilinadi. Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko‘nikmalari - ya’ni harakat faoliyati jarayonida harakatlarni ongli ravishda, avtomatlash-magan holda boshqarish qobiliyatidir. Jismoniy tarbiya jarayonida 2 xilko‘rinishda bo‘lgan harakat ko‘nikmalari: a) yaxlit harakat faoliyatini amalgaoshira olish. b) har xil murakkablikda bo‘lgan alohida harakatlarni bajaraolish ko‘nikmalari hosil qilinadi. A.) Birinchi ko‘rinishdagi ko‘nikma murakkab, o‘zgaruvchan sharoitlardato‘satdan boiadigan vazifalarni hal qilish zarorligi bilan bog‘liq. Bundayharakat faoliyati har doim ongli, lekin avtomatlashmagan ravishdabajariladi va standart xarakterda bo‘la olmaydi. Bu ko‘nikmalar umumiymalakaga aylanmaydi. O‘rganilgan harakat va jismoniy sifatlarningchaqqon va ijodiy ravishda qo‘llanilishi bu har xil ko ‘nikmalarga xosxususiyat bo‘ lib qoladi. B) Alohida harakatlarni bajara olish ko‘nikmalari, odatda, malakahosil qilishga olib keladi. O‘rganish jarayonida bu ko‘nikmalar harakattexnikasini dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal ravishda egallagunga qadar rivojlanadi. Oddiy yoki murakkab harakatlarnibajara olish qobiliyati bu harakatlarni bajarish uchun burun harakataktini, bajarish diqqatini to‘la talab qilmagunga qadar ko‘nikma doirasibo‘ladi.