Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari. Mashgʻulot turi: ma’ruza



Yüklə 267,06 Kb.
səhifə11/17
tarix28.11.2023
ölçüsü267,06 Kb.
#167522
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Harakat malaka konuniat metodlar

Harakat malakalari
Harakat mashqlarini ko‘p marotaba stereotip tarzda takrorlash malaka hosil qilishga olib keladi. Harakat malakasi - bir butun harakat vaqtida harakatlarni avtomatlashgan usulda olib borilishidir. Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaversa, uning bajarilishi asta-sekin odatga aylanib qoladi. harakat aktining biror bir qismi qanday bajarilishi ustida tobora kamroq fikr yuritiladi; yetarli darajada o‘ylab, sinab ko‘rilgan va odat bo‘lib qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat qolmaydi va asta-sekin harakat avtomatlashib boradi. Shunday qilib, ko‘nikma reflektori harakat aktlari tizimi bilan mustah- kamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashgan holat malakaning asosiy xususiyatlaridir. Avtomatlashish bilan umuman harakat aktini ongli ravishda bajarishga chek qo‘yilmaydi, lekin har bir alohida harakatni bajarishda ongning ishtirokiga ehtiyoj qolmaydi. Malaka hosil bo‘lish davrida ong yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki o‘z rolini almashtiradi.
Malakaning hosil bo‘lishi jarayonida alohida harakatlarning avtomatlashishi bilan birga bu harakatlar tuzilishining nisbatan doimiy fazoviyligi, vaqtliligi va kuchliligi bilan bir butun harakatlarga birlashish yuzaga keladi. Bu harakatlarning yengil, ritmik, tejamli bo‘lishini ta’minlaydi. Malaka o‘sishining eng yuqori bosqichida suzishda "suvni his etishda" o‘yinda "o‘yinni his etish", konki bilan figurali uchishda "belni his etish" singari ixtisoslashgan sohaga xos tasavurlar paydo bo‘ladi. Harakat malakasining barqarorligini xarajat amalining o‘zgaruv- chanligidan ajratib bo‘lmaydi. Malakaning mustahkamlanib borishi bilan harakat aktining, uning texnikasi asosini saqlagan holda, har xil variantini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. (Masalan: gimnast turnikda ko‘tarilish mashqini har xil holda bajara oladi, chang‘ichilar va yuguruvchilar joyning relefiga muvofiq holda yugurish texnikasini ham boshlash va tugallash oson bo‘lib qoladi. Bu o‘zgargan harakatni boshqa harakatlar bilan qo‘shib bajarishga imkon beradi, samarali harakat qilish imkoniyati kengayadi. Bu o‘zgaruvchan-likka harakat aktining tayyorlanishi, to‘ldirilishi va yakunlanishiga oid vazifalar orqali erishiladi.

Yüklə 267,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin