Biror bir harakatga o‘rgatish shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarni oshirish va rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash va h.k lar bilan bog‘liq. Ularda jismoniy sifatlarni oshirish sodir bo‘ladi. Harakat mashqning amaliyotda o‘zgaruvchanligi oliy tarbiyada yangi ko‘nikma hosil qilish malakasimng yaxlit faoliyatda qulay bo‘lishi uchun harakat bajarishining eng yaxshi variantlarini tanlay olish imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Kishi hayotida malakaning ahamiyati nihoyatda katta. K.D. Ushinskiy bu to‘g‘rida shunday yozgan edi: "Agar kishi malaka hosil qilish faoliyatiga ega bo‘lmaganda, o‘zining uzluksiz ravishda son-sanoqsiz qiyinchiliklar bilan bo‘ladigan taraqqiyotida bir qadam ham oldinga siljiy olmagan bo‘lar edi. Bu qiyinchiliklarni, aql va idrokni yangi ishlar uchun, yangi g‘alabalar uchun qoldirib, faqat malaka orqali bartaraf etishi mumkin". Harakat malakalari kishi hayotida uning mehnat, harbiy turmush, sport faoliyatiga tayyorgarligining bir tomoni sifatida muhim o‘rin tutadi. Malaka yangi ko‘nikmalar hosil qilishning negizi hisoblanadi. Harakat faoliyati mustahkam shakllangan malakalarga asoslanmog‘i kerak. Qancha ko‘p malakaga ega bo‘linsa, faoliyat shuncha xilma-xil va samarali bo‘ladi.
2. O’rgatish bosqichlarining vazifalari va uning metodik xususiyatlari
Ayrim harakat faoliyatiga o‘rgatish jarayonida quyidagi bosqichlar farq qiladi (9-jadval):
1. Dastlabki o‘rgatish - o‘rgatish jarayonida harakatning asosiy ko‘rinishida va umumiy harakatlarda harakat ko‘nikmalari hosil bo‘ladi.
2. Chuqurlashtirilgan o‘rgatish natijasida harakat ko‘nikmasi zarur darajada aniq bajariladi, ayrim oddiy harakatlarda malaka hosil bo‘ladi.
3. Harakatlarni mustahkamlash va keyingi takomillashuv harakadar malakasini paydo bo‘lishi bilan, shuningdek, uning sharoitga ko‘ra turlanishi bilan farq qilinadi.
I. Dastlabki o‘rgatish bosqichida maqsad,ko‘nikmaning hosil bo‘lishi, harakatni asosiy variant ko‘rinishida umumiy harakatlarni bajara bilish. O‘rgatish jarayonida shug‘ullanish harakat texnikasining asosini o‘zlashtirishlari zarurdir. Bu bosqichning xususiy masalalari quyida-gilardan iborat: a) harakatlarning fazoviy va vaqt xarakteristikasini muskul kuchlanishining aniq emasligi (o‘rinsiz); b) harakat faoliyatlarining turg‘un emasligi; v) keraksiz qo‘shimcha harakatlarning mavjudligi; g) murakkab harakatlarni oralig‘ida fazaning butunligini yo‘qligi.
A) Harakatlarni fazoviy va vaqt xarakteristikasi muskul kuchlanishining aniq emasligi, birinchidan, asab jarayonlarining bosh miya po‘stlog‘ida irrodiatsiya bo‘lishidagi, ikkinchidan esa ichki tormozlanishining kam kuchlanishiga bog‘liq. Asab jarayonlarini bosh miya po‘stlog‘ining harakat tahlil irrodiatsiyasi funksional harakatlarning ayrimlari ishtirok etish o‘rniga ish paytida boshqalarning ishtirok etishi qo‘zg‘alish jarayonida o‘rinsiz. O‘rganuvchi ko‘p ortiqcha kuch sarf qiladi.
Bular hammasi esa ozgina ish bajarish orqali yuqori darajada charchash va ishchanlik qobiliyati pasayishi bilan tavsiflaydi.
B) Harakat akti ritmining turg‘un emasligi - bunda shug‘ullanuvchi harakat akti ayrim fazalarni vaqtidan oldin bajarishga harakat qiladi. Bular ko‘proq katta kuch sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy fazalardir. Bu albatta asosiy fazadan oldin pauza bo‘lishi harakatlarda farqlanadi. Dastlabki harakat ko‘nikmalarini hosil bo‘lish xususiyatlarini hisobga
olib, o‘rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Shug‘ullanuvchilarda harakat faoliyat bo‘yicha to‘liq tasavvur hosil bo‘lishi uchun u to‘g‘risida asosli tushuncha hosil qilish.
2. Yangi harakatlarni o‘rganish uchun shug‘ullanuvchilar bilimini kerakli elementlar bilan toidirib borish.
3. Harakatlarni butunlay bajarishga erishish.
4. Ortiqcha muskul kuchlanishlarini va ortiqcha keraksiz harakatlarni yo‘q qilish.
Bu bosqichda qo‘llaniladigan o‘rganish metodikasi didaktik prinsiplarini amalga oshirish bilan, o‘rganishning shu bosqichi uchun kerakli bo‘lgan metod va usullardan foydalanishda qator xususiyatlarga ega. Bularga so‘z metodi, ko‘rgazmalilikni ta’minlash metodi, shug‘ullanuvchilarga oson tushunarli va individuallashtirish, muntazamlik hamda talablarni tobora oshirib borish prinsiplari kiradi. So‘z metodi mashq to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, shuningdek, shu mashqni paydo bo‘lishi haqida, uning amaldagi va sport sohasida ahamiyati haqida so‘zlab shug‘ullanuvchilarni qiziqtirish ko‘rgazmalilikni ta’minlash metodi o‘rgatilishi lozim bo‘lgan mashq to‘g‘risida shug‘ullanuvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun vositali va vositasiz variantlarida ko‘riladi.
Harakatlarning aniqmasligi va avval katta so‘ngra esa mayda xatolar yo‘q qilib boriladi. Harakatlarning aniqmasligini va xatolar sabablarini aniq belgilash zarur. Xatolar yo o‘rgatish metodini oqilona bo‘lmasligi, yo o‘quvchilarning vazifalari yetarli darajada aniq tushunmasliklari, yo murakkab harakatning avvalgi fazalarini noto‘g‘ri bajarish natijasida paydo bo‘ladi. Birinchi bosqichda o‘rgatishning muntazamligi vazifalaming optimal miqdorda takrorlanishi va ular orasidagi intervalning qanchalik zarurligi bilan tavsiflanadi.