Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan jismoniy tarbiya metodlari. Mashgʻulot turi: ma’ruza


Malakalarning o’zaro ijobiy aloqasi



Yüklə 267,06 Kb.
səhifə16/17
tarix28.11.2023
ölçüsü267,06 Kb.
#167522
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Harakat malaka konuniat metodlar

2. Malakalarning o’zaro ijobiy aloqasi
O‘rganilayotgan harakat faoliyati bilan ilgari o‘zlashtirilgan biror faoliyatning tuzilishi o‘rtasida o‘xshashlik qancha ko‘p bo‘lsa, yangi harakat faoliyatini o‘rganish shuncha yengil bo‘ladi. Bunga asos -harakatlarni o‘rganish ketma-ketligini shunday rejalashtirish zararki, bunda bir harakatni o‘zlashtirish ko‘nikma va malakaning boshqa harakatni o‘rganishga "ijobiy ko‘chish"ga imkoniyat yaratsin. Bu jihatdan qaraganda, faoliyatlari har xil bo‘lgan mashq turlarida, ayniqsa, katta imkonityalar mavjud. Harakat faoliyatining bunday turlarida harakat-larning tuzilishining o‘xshashligiga qarab guruhlarga boiish mumkin. So‘ngra harakatlar murakkabligiga qarab guruhlarga joylashtirilsa, bu gurahlaming navbatdagi harakatlarga tayyorlanish guruhi ‘bo‘lib qoladi. Ko‘chish, odatda, harakat faoliyatlarini asosiy fazalari o‘xshash bo‘lganda ijobiy samara beradi. Masalan: chang‘i sportiga o‘rganishni birin-ketin ikki qadamlab oldinga yurish usuli bilan boshlash tavsiya etiladi, chunki bu usul boshqa barcha yurish elementlarini tashkil etadi. Turli harakatli mashqlar uchun sport turlarida "ijobiy ko‘chish" holatida maxsus tayyorgarlik, ya’ni imitatsiyali mashqlar yordamida foydalaniladi. Masalan: konkida yugurish imitatsiyasi va roliklarda yugurish konkida uchish sportida keng va muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Harakat faoliyatining asosiy vazifasigina emas, hatto tayyorlanish va yakunlovchi fazalarni egallashda ham malakalar ko‘chishi ijobiy samara berishi mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, "ijobiy ko‘chish" o‘rganishning dastlabki bosqichlarida, ayniqsa, keng namoyon bo‘ladi. Masalan: granata uloqtirish mashqi nayza uloqtirishda yordam beradi.
3. Malakaning o’zaro salbiy ta’siri.
Tuzilish dastlabki fazalariga o‘xshash va keyingilari o‘rtasida kata farqlar bo‘lgan harakat faoliyatini o‘zlashtirish jarayonida malakalarning o‘zaro salbiy ta’siri ko‘pincha sezilib turadi. Agar navbat bilan bunday harakat faoliyatlarini tarkib toptirib ko‘rilsa, u vaqtda bit harakatdan ikkinchi harakatga, ya’ni yangi o‘rganilgandan dastlabki faza bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan harakatga beixtiyor o‘tish mumkin. Asab tizimi o‘z faoliyatini har doim ancha tejam bilan amalga oshirishga intiladi. Chunki LP. Pavlov va uning shogirdlari ko‘rsatib o‘tishganidek, asab tizimi uchun odat tusiga kirgan sterotip faoliyat, hatto bu faoliyat birmuncha soddaroq bo‘lsa ham, yangi faoliyatga qaraganda yengilroqdir. O‘rgatish jarayonida o‘quv materialini raqobatlashuvchi malakalarning bir vaqtda tarkib topishiga yo‘l qo‘ymaslikni yoki ko‘chishning salbiy ta’siri ancha kam bo‘lishini ta’minlaydigan qilib rejalashtirish muhim. Masalan: oldin turnik yoki brusda bir oyoqda osilib ko‘tarilish emas, balki to‘nkarilib ko‘tarilish maqsadga muvofiq.

Yüklə 267,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin