3. Chuqurlashtirilgan o’rgatish bosqichi va bosqichning maqsadi Ilgari hosil qilingan "qo’pol" texnik ko‘nikmalarini aniqlashtirishdir. Dastlabki o‘rgatish jarayonida harakatlar shunday aniqlik bilan bajarilishi kerakki, natijada harakat ko‘nikmasi harakat malakasiga aylansin. Agar dastlabki o‘rgatish harakatning texnik asosini o‘rganishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bosqichda bu chuqurlashtirilgan holda o‘rganiladi va uning detallari aniqlanadi. Bu bosqich harakatlarning vaqt, makon va ayrim murakkab harakatlar xarakteristikasi bilan tavsiflanadi. Bu bosqichning didaktik vazifalari quyidagilardan iborat:
1. O‘rganilayotgan harakatlarning qonuniyatlarini yanada chuqurroq
tushunish;
2. O‘rganilayotgan harakatlar texnikasining detallarini o‘rganish va
aniqlash.
3. Harakatlarni yaxlit, aniq, bir tekis, oson bajarishga erishish.
Bu bosqichda asosan shug‘ullanuvchilarga oson va tushunarli so‘z metodi,
individuallashtirish metodiga, keyinchalik jismoniy tarbiyaning metodik prinsiplaridan bo‘lgan talablarni tobora oshirib borish prinsipi, onglilik va faollik prinsiplariga e’tibor qaratiladi.
4. Harakatni bajarishning oliy maqomi
Harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish bosqichi Jismoniy tarbiyaning umumiy yo‘nalishiga bog‘liq holda, bu bosqichni davom ettirish har xil bo‘ladi. Bu bosqichda o‘rgatish jarayoni harakat malakalarini rivojlantirishning 2 xil bosqichini o‘z ichiga oladi:
1. Harakat malakasining asosiy varianti mustahkamlash bosqichi;
2. Ko‘nikma va malakalarni qo‘shimcha variantda hosil bo‘lish bosqichi.
Birinchi bosqichda o‘rganilayotgan harakat texnikasining asosiy variantiga mos dinamik stereotip mustahkamlanadi.
Ikkinchi bosqichda esa asosiy stereotipga qo‘shimcha harakat reaksiyalari mustahkamlanadi. Bu bosqichda vazifalar quyidagilardan iborat:
1) Harakat ko‘nikmasi, harakat malakasi hosil bo‘lish uchun harakatlarning har xil variantlarda bajarilishi.
2) E’tibor oldingi bosqichda yo‘l qo‘yilgan xatoni yo‘q qilinishiga qaratilishi zarur.
3) Asosan harakat texnikasini o‘zlashtirish va mustahkamlashga erishish zarur.
4) Harakat faoliyatini maksimal darajada aniq bajarilisbiga erishishdir.
Bu bosqichda o‘rgatish metodikasi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni muvofiq bajarishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Onglilik va faollik prinsipini amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarning diqqatini bir nuqtaga yo‘nalish-ga qaratish lozim. Harakat aktiga hosil qilingan ritmning buzilishiga, alohida harakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Lekin bu bilan bu bosqichda ishga ongli munosabatda bo‘lish-ning roli kamayadi deb tushunish mutlaqo noto‘g‘ri. Harakatlar faoliyatini takomillashtirish jarayonida ko‘p vazifalarni hal qilishda ongli va faollik prinsipi yetakchi o‘rin tutadi. Onglilik o‘rganilayotgan harakat texnikasini, uning qonuniyatlarini va bajariladigan ishining natijasini yanada chuqurroq tushunib olishga qaratilishi kerak. Bu bosqichda muhokama, suhbat, nazariy manbalar ustida mustaqil ishlash va hokazolar birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Harakat malakasini mustahkamlash jarayonida o‘rgatishning ko‘rgazmaliligi oldingi bosqichlarga qaraganda boshqacha shaklga o‘tadi. Harakatni o‘rgatishga yordam beradigan qo‘shimcha vosita va metodlar asta-sekin minimum darajagacha kamaytiriladi. Harakat malakasining mustahkamlanishida harakat analizatori yetakchi rol o‘ynaydi, masofa analizatorlari esa "yoqlanadi", bu diqqatni harakatning tashqi sharoitiga qaratishga imkon beradi. Bu, o‘z navbatida, taktik ko‘nikma va malakalarni hosil qilish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Bunda ko‘rgazmali vositalar, video va kino materiallardan, turli xil taktik vaziyatlarni aks ettiruvchi rasm va chizmalardan foydalanadi. Muntazamlik prinsipi bo‘lsa, harakat malakasini mustahkamlash va takomillashtirish harakatini butunlay qayta takrorlash sharoitlarida amalga oshiriladi hamda ehtiyojga qarab, qismlami bo‘lishga ham yo‘l qo‘yiladi. Bunda standart va o‘zgaruvchan mashqlar metodlaridan birgalikda foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Bu bosqichning dastlabki o‘rgatish bosqichida doimiy sharoitlarda o‘tkaziladigan standart mashq yaxshidir, chunki hosil bo‘lgan dinamik stereotip hali yetarli darajada mustahkamlanmasdan o‘zgartirishga urinilganda, asosiy variantda "salbiy ko‘chish" ko‘zga tashlanadi va o‘rganilgan qismlami aniqlash yuzasidan olib borilayotgan ishni davom ettirishga halaqit beradi. Bundan keyin malakaning mustahkamlanishiga qarab, asosiy o ‘rinni o‘zgamvchan mashq egallaydi, bu mashq jarayonida xilma-xil sharoitlarda harakat o‘zgaradi. Harakat malakalarini takomillashtirish jarayonida oson tushunarli va individuallashtirishni ta’minlash bilan birga, o‘rganilgan harakatning qanchalik mustahkamlanganligiga qarab musobaqa metodidan oldin harakat texnikasiga asosan, so‘ngra butun funksional imkoniyatlarini ko‘rsatib yanada kengroq foydalaniladi. O‘rganishning bu bosqichida jismoniy yuklama bilan dam olishni almashinishi, takomillashishining belgilanadigan darajasiga bog‘liq. O‘rgatishning bu bosqichida malakaning mustahkam bo‘lishi va talabning tobora oshib borishi muhim o‘rin egallaydi. Harakat ko‘nikmalari va malakalarini takomillashtirish uchun shart-sharoit harakat vazifalarini muntazam ravishda yangilab mukammallashtirib borish va jismoniy sifatlarini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan funksional jismoniy yuklamalarni oshirish yo‘li bilan yaratiladi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu bosqichda o‘rgatish jarayonining xarakterli tomonlaridan biri bu o‘rgatish jarayonining jismoniy sifatlarini tarbiyalash jarayoni bilan yaqin bog‘liqligidir.