Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakatni bo‘laklarga ajratish bilan o‘rgatish va o‘qi-tishni individuallashtirish prinsipi –



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə113/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Xarakatni bo‘laklarga ajratish bilan o‘rgatish va o‘qi-tishni individuallashtirish prinsipi – kichik maktab
yoshdagi-larga qo‘llanganda ayrim xarakatlarni ajratib olish va uni aniq bajarishi qiyinroq kechadi. Ular tez
charchaydilar va tez tiklana oladilar. Ayniqsa bir xil xarakatlar tez charchashni tezlashtiradi. Bulardan tashqari
tananing ayrim muskullarini maolum muddatga ushlab turish (statik xolatdagi) mashqlari tez toldiradi va shuning
uchun bunday mashqlarni qo‘llashdan qochish lozim.
Birinchi sinfdan boshlaboq o‘quvchilardan ayrim mashq-larni bajarish uchun bor imkoniyatlarni sarflashini
talab qilish kerak bo‘ladi. chunki ularning jismoniy tayyorgarligi va nerv faoliyatining tipologik xususiyatlariga katta
eotiborni talab qiladi.
Muntazamlilik prinsipi xarakatga o‘rgatish rejalashti-rilgan materialni qator mashulotlarda ko‘proq qaytarish
talabini qo‘yadi. Mavzu o‘zlashtirilgandan so‘ngina boshqa vazifaga o‘tiladi. Kichik, o‘rta va katta maktab yoshdagilar
bir yoki bir necha darsni (yoki trenirovkani mashulotini) qo‘yib yuborishi, ularda tizimli qatnashmasligi, taolim
jarayoniga salbiy taosir ko‘rsatadi va o‘zlashtirish jarayonini cho‘zilishiga sabab bo‘ladi.
Talablarni asta-sekinlk bilan oshirish prinsipi xarakatga o‘rgatishda bajarilayotgan mashqni asta-sekinlik
bilan qiyinlashtirish, yuklama meoyoriga nisbatan kerak bo‘lgan talablarni qo‘yish, nerv-muskul jarayonida
qoordinatsion o‘zgarishlar sodir bo‘lishi bilan boliq qoidalarga rioya qilishni taqazo etadi. I-III sinflarda bajariladigan
xarakat turlarini tez-tez o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Mashq bajarayotganda zo‘riqqan muskul navbatdagi
muskullarga nisbatan dam berishi amaliyotdan maolum. Muskullarni 5-8 sek oshiq zo‘riqqan xolda tarang ushlab
turish bu yoshdagilar uchun tavsiya etilmaydi. Mashqni bajarish va urinish oldidan o‘quvchini ko‘p kuttirish tavsiya
qilinmaydi. Navbat kutish tik turishdan iborat bo‘lmay asosiy xarakatni bajarishda ishtirok etmay-digan boshqa
muskul guruxlari uchun zo‘riqish beradigan xarakatlar bilan almashtirilishi, qorin, ko‘krak, bel muskul-larini
rivojlantiradigan, normal nafas olish malakasini shakllantiradigan mashqlarni bajarish tavsiya qilinishi xam mumkin.
Mashq usuliyatini o‘smirlarga qo‘llar ekanmiz diqqatni gavdani to‘ri tuta bilish, ratsional ritmda nafas olish
(ayniqsa yurish va yugurish mashqlari)ga qaratishimiz zarur. V-IX sinfdagilar ko‘rganini ilib olish qobiliyatiga ega
bo‘ladilar. Xar bir xarakatini tez o‘rganadilar. Ularda ayniqsa yengil atletika mashqlariga qiziqish katta bo‘ladi.
Mashqlarni bajarishda aynan o‘sha mashqni nimasiga kuch sarf qilish yoki mashqdan so‘ng mashqni bajarish uchun
zo‘riqgan muskulni bo‘shash-tirishni bilishga o‘rgatish, chiroyli, yuqori darajali kuch sarf-lagandagidek xarakatlarni
bajarishga o‘rgatish kerak bo‘ladi.
Yuqori sinfdagi bolalarda jismoniy mashqlarni ko‘proq kuch talab qiluvchilarini, chidamlilik va boshqa
jismoniy sifatlarni rivojlanishiga olib keladiganlarini berish tav-siya qilinadi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin