Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Xarakatga o‘rgatishning etaplari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə114/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Xarakatga o‘rgatishning etaplari. Jismoniy tarbiya darsi-da jismoniy mashqlarga o‘rgatish jarayoni xarakatga
o‘rgatish-ning asosini tashkil qiladi. Rasm, ashula va boshqa darslarda bolalar diqqati juda aktiv bo‘ladi. Jismoniy
tarbiya dars-larida xam mashqlarni o‘zlashtirishda bolalar diqqatini yuqo-rida qayd qilingan darslardagidek bo‘lishiga
erishish kerak.
O‘rgatishning boshlanich etapi. Mashqni bajarilishini boshlanishi bilanoq tushuntirishga, diqqat bilan
eshitishga erishish, bajarilayotganni to‘la tasavvur qilish, ijroni taxli-li va uni bajarishga zo‘r ishtiyoqni, intilishni
paydo qilish lozimligi taolimning birlamchi etapini asosiy mazmunini tashkil etadi. Kichik yoshdagilarga iloji boricha
o‘yin tarzidagi xarakatlarni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish o‘qitishning boshlanich etapni asosiy vazifasidir. Bolalarda
o‘sha faoliyatga kerak bo‘lgan xarakatni bajarmaslikka olib keladigan sabablarni ko‘ra bilish, o‘rgatishning samarali
boshlanishiga ijobiy taosir ko‘rsatadi va o‘qitishda yaxshi natija beradi.
O‘smirlarga mashulotlar paytida eng dastlabki bajarish ular uchun tanish sharoitda, tashqi qo‘zatuvchisiz,
chalituv-chilarsiz amalga oshirilishi muxim.
Professor Kasoyanovning yozishicha tajriba maktabining darsiga tajriba o‘rgangani bir gurux nazoratchilar
kelgan. Óíi ko‘rgan o‘qituvchi, bolalar yaxshi ko‘rgan sport jixozlarida, bolalar uchun tanish bo‘lgan mashqlardan
foydalanib mashulot o‘tkazgan. Ajablanarlisi shu bo‘lganki, o‘quvchilar o‘zlari duppa-durust avval bajargan
mashqlarini bajarishda xam ancha qiyin-lashgan. Darsda qatnashayotgan nazoratchilar o‘quvchilar uchun qo‘shimcha
qo‘zatuvchi bo‘lgan, bu bilan o‘quvchilarning bosh miya yarim sharlari po‘stloida yangi qo‘zalish o‘choi vujudga
kelib mavjud shartli xarakat reflekslarini normal o‘tishiga to‘siq yuzaga kelganligi kuzatilgan.
Yuqori sinfdagilar xarakatlarni birinchi ko‘rishdanoq yaxshi bajarishlari mumkin. Bunga sabab ularning
jismoniy tayyorgarligining yuqoriligi va uddalash qobiliyatlarini yetarliligi sabab bo‘lishi mumkin.
Xarakatga o‘rgatishda, o‘rganilishi lozim bo‘lgan mashqni dastlab muskul kuchni oz sarflab, xarakatlarni
sekinlash-tirilib bajarish bilan o‘rgatilsa material oson o‘zlashtiri-ladi. Bir xil xarakatni uzoq takrorlash xarakatga
o‘rgatish samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun o‘sha xarakatga monand, bajarish texnikasi o‘zlashtirilayotgan
mashqga yaqin jismoniy mashqlar yoki xarakatli o‘yinlardan foydalanishning samarasi katta. Amaliy materiallarni
o‘zlashtirish o‘z navba-tida yangisini o‘zlashtirishni osonlashtiradi. Uzunlikga sak-rash, masofada tez yugurishni
osonlashtiradi. Ammo mashulot-lar davomida bir mashulotda, darsdan bir xil jismoniy sifatni rivojlantiruvchi
mashqlarni tanlash bolalarda darsga qiziqishni so‘ndiradi.


Yuqori natijalarga erishish uchun ayrim mashqlarni ko‘p marotalab takrorlash zarur. Amaliyot shuni isbotladiki


60 m ga IX sinf o‘quvchisi 11,4 sek natijasidan 0,9 sekundga tushunturguncha 2 yilda maxsus mashqlar bilan
qo‘shganda 26 km yugurishi kerak ekan.
Mustaxkamlash va takomillashtirish etapi xarakatga o‘rga-tish jarayonida muxim axamiyatga ega va bu jarayon
o‘quvchilarning yoshi xususiyatlari bilan boliq. O‘zlashtirilgan xarakat mala-kasi yarim sharlar po‘stloida xali chuqur
iz qoldirmagan bo‘ladi. Uni chuqurlashishi mustaxkamlash xamda takomillashtirish etapida meoyoriga yetadi. Xosil
bo‘lgan «iz» maolum davr o‘tgandan so‘ng xam eski malakani qaytadan tiklanishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin