Oddiy takrorlash bir xil, o‘zgarmas sharoitda xosil bo‘lgan xarakat, malakasining asosiy variantini
mustaxkamlashga imkon beradi. Bunday takrorlash – taolimning moxiyatiga ko‘ra nusxa ko‘chirish, taqlid qilish bilan
bajarish. Masalan: o‘qi-tuvchi xarakatning standart texnikasini tushuntirganda va uni ko‘rsatganda, o‘quvchi
ko‘rganiga o‘xshatishga, o‘z xarakatini o‘sha xarakatga yaqin qilib bajarishga urinadi. Taolimda oddiy takrorlashdan
foydalanish zaruriyati mavjud, lekin u chegara-langan didaktik imkoniyatlarga ega.
Variativ takrorlash boshqacha vazifani nazarda tutadi: u xarakat malakasiga shunday moslanuvchanlik,
eguluvchanlik berishki, undan turli sharoitlarda foydalanish mumkin bo‘lsin. Shu maqsadda xarakat faoliyatini
takrorlash tizimli ravishda o‘zgaruvchan variantlarda va sharoitlarda bajarti-riladi. Variativ
takrorlashdan ongli
ravishda foydalanish katta samara beradi:
1) agarda variativ takrorlash o‘quvchidan optimal daraja-dagi usulni topishni talab qiladigan qilib vazifa
qo‘yish bilan amalga oshirilsa, bu muammoli o‘qitishga asos bo‘lib qolaveradi. Maolumki, muammoli o‘qitish, xarakat
vazifasini
xal etish, mustaqil fikr yuritish va unga ijodiy yondoshishga yordam beradi;
2) xarakat faoliyatini o‘zgaruvchan turlicha variant va sharoitda takrorlash, malakani faqat o‘zgaruvchan sport
kurashi sharoitidagina emas, mexnat, xarbiy amaliyoti va turmush sharoitida qo‘llay olishga o‘rgatadi;
3) mashulotlarda ijroning turli variantlarda bajarilishi o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi. Maolumki, bolalar
bajarilishi qiyin bo‘lgan xarakat faoliyatini, o‘zlash-tirish, mustaxkamlash va takomillashtirishda yangicha vazifa
qo‘yib bajartirilsa mashqni zo‘r istak va intilish bilan amalda takrorlaydilar, bu o‘z
navbatida, ularning iqtidorini,
xarakat zaxirasi va tajribasini orttiradi, boyitadi.
Maksimal pedagogik samaraga erishish uchun takrorlashlar soni optimal bo‘lishi kerak. Mashq natijasining
ortirish uni takrorlashlar soniga boliq, lekin unga to‘ri proporsional emas. Ko‘p sonli qaytarishlar tezdagina mexanik
bajarishga aylanib qolib, mashulotlardagi faollik pasayadi.
Takrorlashlar soni, taolimning vazifasi, faoliyatning murakkabligi, o‘quvchining tayyorgarlik darajasi va
o‘qitish metodikasini takomillashganliligi faktorlariga xam boliq. Maktabda jismoniy tarbiya dasturi materialining
xajmi va murakkabligi o‘quv rejasi chegarasidan
chiqmagan xolda, takror-lashlar sonini yetarli tarzda belgilashga
imkon beradi. Agar shakllangan malaka yetarli darajada puxta, mustaxkam bo‘lib qolgan bo‘lsa, xarakat xissiyoti
yangi materialni o‘zlashtirishni qiyinlashtirmasa, takrorlashlar sonini faqat shundagina qisqartirish mumkin.
Qaytarishlar soni xarakat faoliyatini birinchi marotaba takrorlash uchun keragidan ortiqrok sonda belgilanadi.
Bu ortiqcha qaytarishlar xarakat malakasining mustaxkamligini oshirish xarakat zaxirasi (zapasi)ni boyitishni nazarda
tutib belgilanadi.
Takrorlashlarni vaqtiga qarab,
maolum nizomga tayangan xolda, o‘zlashtarilganlarni esdan chiqarmay, tizimli
takror-lashni to‘xtatib qo‘ymay vaqtidan boshlashni unutmaslik lozim.
Metodik nuqtai nazardan o‘qituvchi ikki vazifani xal qiladi:
1) o‘zlashtirilgan faoliyatni takrorlashni bir darsda va bir qator darslarda qanday ketma-ketlikda joylashtirish;
2) taolimning to‘la etaplarida mashqni qanday chastotada (takrorlash tezligi)da takrorlash kerakligi.
Buning uchun o‘qitish jarayonidagi barcha faktorlarni aniq ravishda xisobga olish va takrorlashning ikki
uslubini cho‘zib ilmiy asosda qo‘llash. Bu uslublar: (uzoq muddat davomida) takrorlash va konsentratsiya qilingan –
mashq jarayonini siqi, yiishtirilgan yoki xarakat tarkibidagi ayrim zvenoga eoti-borni chuqurroq
tarzda takrorlashdan
foydalanish kerak bo‘ladi.
Dam olish intervali va uning uzunligini belgilashda ikkovining umumiy yiindisi teng bo‘lsa, uzoq vaqt dam
olib, nagruzka intervali siyrak bo‘lganga qaraganda, intervali qisqa dam olish intervali ko‘p bo‘lgan mashulotlar
organizmning ish qobiliyatini yaxshilaydi. Shuning uchun jismoniy tarbiya darslarini maktabda ikki darsni birlashtirib
o‘tish xar doim xam ijobiy samara bermaydi.
O‘qitishni tezlashtirish natijaga erishish, eotiborna aynan bir narsaga (konsentratsiya qilib)
qaratib takrorlash
orqali amalga oshirish, ommaviy o‘rgatishda katta samara bermagan. Lekin yuqori maxoratli sportchilarni
tayyorlashda yuqorida qayd qilingan tez natijaga erishish usuli taolim metodikasining asosini tashkil qiladi. Xarakat
malakasini boshlanich etapida qaytarishning bu usulidan foydalanib bo‘lmaydi. U faoliyat texnikasini to‘ri tushinish
xamda fikr-lashga salbiy taosir etib, xosil bo‘lgan malakaning puxtala-shishiga to‘siq bo‘lishi, puxtalashishining
cho‘zilishiga olib kelishi mumkin. Malakaning to‘ri shakllanishi lozim bo‘lgan jismoniy sifatlarini muvofiq darajada
rivojlanishiga boliq, bu albatta, uzoq muddat davomida xarakat faoliyatini takomillashtirishni taqozo etadi.
Takrorlashning ikki uslubiga xos tugal natijani aniq-lashda, yaoni takrorlashlarning yaxshi-yomonligiga baxo
berishda uzoqroq cho‘zib takrorlash qiyin o‘zlashtirayotgan o‘quv materia-lini o‘zlashtirishda samaradorroq
xisoblansa osonroq material uchun konsentratsiyalashtirib takrorlash maqsadga muvofiqdir.
Ikkala uslubda xam takrorlashni taqsimlanishining xarakteri bir xil emasligi bilan ajrab turadi: o‘qitishning
birinchi bosqichida takrorlashlar chastotasi maksimal
darajada, bajargisi kelsa ijozat berish lozim, vaqt o‘tishi bilan bu
ko‘tarinkilik bir oz susayadi. Buni yangi malaka xosil bo‘lishi yangi nerv aloqalarini yuzaga kelishi ularni
mustaxkamlanishi bilan tushuntirish mumkin. Bu aloqalarning puxtaligi yetarli darajaga yetsa, ularning saqlash uchun
takrorlashlarga talabni kamayib ketishi bilan kuzatish mumkin.
Ommaviy o‘rgatish sharoitida faoliyat texnikasini egal-lashning amaliy chegarasiga yetishda dam olish
intervalining uzunligi o‘zining prinsipial axamiyatini yo‘qotadi. Ko‘nikmani
saqlash uchun, unga kerak bo‘lgan
qismida o‘zgartirishlar kiri-tish maqsadga muvofiq. Bu o‘zgarishlar shuullanuvchining jismoniy tayyorgarligi maolum