yaoni xarakatni muss-kullar taranglashtirish bo‘shashtirish, amplitudasi va yo‘nali-shiga qarab kontrast ravishda bir-
biriga solishtirib mashq qilish samaraliroqdir. Muskul xissiyotini bunday solishtirish o‘z xatosini tushunishga va uni
tuzatishni to‘ri xal qilish yo‘lini topishga yordam beradi. Shu maqsadda o‘zlashtirilayotgan xarakat faoliyatini boshqa
tomonga,
boshqa oyoq bilan, qo‘l bilan yoki o‘zgartirilgan sharoitda bajarish xam foyda beradi. Bunda xosil bo‘lgan
muskul xissiyoti uni odatdagi sharoitda bajarish-dagiga solishtirish imkonini beradi va xatolarni tuzatish-ning
effektliroq yo‘lini aytish, ko‘rsatish imkonini beradi.
Xatolarning barchasi birvarakayiga emas,
navbati bilan, axamiyati darajasiga qarab tuzatishga urinish samarasiz
bo‘lib chiqishi mumkin.
Odatda, xatolarni tuzatish uning axamiyatlilarini tuza-tishdan boshlanadi, chunki
boshqa mayda xatolar shular
orqali sodir bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Masalan: final kuch sarf-lashlaridagi xatolar qoida sifatida oxirgi xarakat
tarkibi-dagi zvenolarning kelishuvidan xam sodir bo‘lishi kuzatiladi. Bundan tashqari, aniqlangan xatolar
o‘zlashtirilayotgan xarakat-dan oldin bajarilgan xarakat oqibatidan xam sodir bo‘lishini nazarda tutmoq lozim.
Axamiyatli xato deganda, biz xarakat texnikasi asosida sodir bo‘lgan xatoni tushunamiz. Axamiyatli yoki asosiy
xisob-langan xatoni tuzatishni nazarda tutib bajarilgan mashqlar natijasida ikkinchi darajali deb sanalgan xatolar o‘z-
o‘zidan yo‘qolishi taolim jarayoni amaliyotida ko‘p uchraydigan xodisa-dir. Faqat ikkinchi darajali xatolarning
avtomatlashib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi zarur xolos.
Xarakat strukturasining umumiy sxemasini to‘ri bajari-layotganining darajasini aniqlab to‘la xarakat aktidagi
paydo bo‘lgan xatoning nimaga boliqligini, yo‘llanma beruvchi yoki tayyorlov mashqining noto‘ri tanlanganligining
okibatidan emasligini xisobga olish maqsadga muvofiq ekanini unutmas-lik kerak. Bir vaqtning o‘zida mashq
bajarilish tezligi o‘quvchi imkoniyatiga mos kelmasligi ijro texnikasining buzilishiga olib keladi.
Statik xolatlardagi xatolarni aniqlash va ularni baxo-lash juda oson.
O‘qituvchining o‘quvchi xatosini aniqlash uchun berayotgan ko‘rsatmasi o‘quvchining shu daqiqadagi
imkoniyatiga muvofiq bo‘lishi kerak. Masalan, uch usul bilan kanatga tirmashib chiqishda «oyoq kuchidan
foydalaning» deb talab qo‘yish uchun uning qo‘l va oyoqlarning koordinatsiyasi (shu usul uchun) oldindan
rivojlantirilgan (mashq qildirilgan) yoki aksincha ekanligining axamiyati katta.
«Yo‘qoldi, tuzatildi» degan xatolarlarning kutilmaganda qaytadan paydo bo‘lishi, ularni yo‘qotish uchun
qo‘llanilgan yo‘llanma beruvchi mashqlarning vaqti-vaqti bilan takrorlab turishni talab qiladi. Shunga o‘xshash
xatolarning birdan paydo bo‘lib qolishi ko‘pincha yangi o‘zlashtirilgan faoliyatni qiyin-roq
sharoitda bajarayotganda
kuzatilishi mumkin.
Xarakatdagi xatolarni tuzatishning yo‘llaridan yana biri ularni sodir bo‘lishining sababini yo‘qotishdir, bu esa,
o‘z navbatida, xatoning yo‘qolishiga olib keladi. Bu usul taolim jarayonida
yo‘llanma beruvchi va tayyorlov
mashqlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi;
- o‘tilgan (o‘rgatilgan) materiallarni qayta takrorlash; - faoliyatning to‘ri bajarilishi
uchun stimul yaratuvchi
(masalan, uzunlikka sakrashda noto‘ri yugurish) qadamini joyini, bajarish sharoitini o‘zgartirish.
Xarakat faoliyatini o‘zgartirish jarayonida xatolarning paydo bo‘lishi va ularning tuzatilishi axamiyatini
xisobga olish o‘ta muxim bo‘libgina qolmay, bu muammo xarakat faoliyatini takomillashtirish etapida xam sifat
jixatidan boshqa darajada muximligini inkor etib bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: