sifatlar navbatma-navbat tarbiyalanar ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Jismo-niy tarbiya jarayoni xar doim
xar tomonlama bo‘lishi zarur, gap shuullanuvchi yoshining rivojlanishi qonuniyatlarini qo‘llab, aksentini ketma-ket
shu jarayonning turli tomonlariga qara-tish xaqida bormoqda.
Umumiy keng jismoniy bilimlar beradiganlardan ixtisoslashtirilgan mashulotlarga o‘tish qonuniydir. Dastlab
keragicha asosan amaliy faoliyat turlarining elementar asosini tashkillovchi turli-tuman xarakatlar (eng sodda
gimnastika xarakatlari, mashqlari, asosiy xayotiy zaruriy xarakatlar – yurish, yugurish, sakrashlar, to‘siqlardan
oshishlar, uloqtirish va x.k.lar) o‘zlashtiriladi. Shu asnoda sport yoki professional faoliyat turi bo‘yicha
ixtisoslik
tanlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonining turli etaplarida materi-alni ketma-ketligi ko‘pincha, konkret shart-sharoitlarga
boliq. Nazarda tutilgan xarakat faoliyatlari turlari orasidagi oboektiv boliqlikning mavjudligi, ulardan biri-biriga
uzatiladigan, o‘tadigan elementlarning borligi va mos kelishi, o‘zlashtirilishi, mustaxkamlash, takomillashtirishni
osonlash-tiradi. Xar qanday konkret xolatda materialni o‘qitish tartibi tizimini shunday tanlash kerakki, ular
faoliyatlarning o‘zaro optimal aloqasini tiklashga va ularning ulanishiga yordam bersin. Bu bilan amaliyotda xarakat
malakasini va jismoniy sifatlarni “ko‘chishi” deb atalishi qonuniyatidan foydalanish-ning axamiyati ortadi, qaysiki u
taolim va tarbiya jarayonida xam ijobiy, xam salbiy bo‘lishi mumkin.
Jismoniy mashqlar bilan shuullanish mashulotlar-ning tizimini tuzayotib, xarakat malakasi
va jismoniy sifatlar-
ning “ijobiy ko‘chishi”ni maksimal darajada bo‘lishini va imkoniyati boricha, “salbiy ko‘chish”ni tormozlovchi
taosirini yo‘qotish ustida ishlash lozim. Demak, salbiy effekt beruvchi “ko‘chishdan” umuman yuz o‘girish kerak
degan xulosaga kelmasli-gimiz zarur. Jismoniy tarbiyaning mazmuni xayotdan kelib chiqadi, uni turmush talabi
belgilaydi, xayotiy amaliyotda esa jismoniy sifatlarning turli darajada rivojlanganligiga, undan xam turlicha bo‘lgan
xarakat malakalarini egallagan bo‘lishligimiz,
shular qatori, kerakli malakalarga qarshilik ko‘rsatuvchilarga xam ega
bo‘lmoimiz lozim. Xarakat malakala-rining mustaxkamlanishi, bir tartibga kirishi natijasida jismimiz va uning turli
tizimlarida “salbiy effekt” beruvchi malakalarni xam osonlikcha yenga oladigan imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi,
bu o‘z navbatida, umumiy o‘sishni, rivojla-nishni boshqachasiga progressning vujudga kela boshlanayotgan-ligidir.
Misol uchun, chidamlilikning rivojlanishi vaqtincha-lik kuch va tezkorlikning susayishi bilan kuzatilishi mumkin.
Keyinchalik bu o‘z navbatida u yoki bu sifatning rivoji uchun baza yaratadi boshqacha aytganda, jismoniy sifatning
rivoj-lanishi, takomillashishi organizmning funksional imkoniyat-lari oshishining umumiy foni sodir bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, tormozlovchi faoliyatning “salbiy ko‘chishi”ni chegaralovchi va uni ijobiy
faktorga aylantirish muammosi xaqida gapirdik. Bu muammoni, eng avvalo, bir-biriga salbiy munosabat
ko‘rsatayotgan mashqlarni vaqti-vaqti bilan (ularning xajmini, vaznini va x.k.larini) xamda muvofiq mashqlarni,
ularning navbatlashuvini jismo-niy tarbiya jarayonining
turli etaplarida, oz bo‘lsada, yaqin-lashtirish, o‘xshash
tomonlarini topish bilan xal qilinadi. Mashqlarni navbati (birin-ketinligi) ularning tuzilishi va qiyinligiga muvofiq
belgilanadi. Nisbatan murakkab bo‘lma-gan va murakkab mashqlar, qoidadagidek nisbatan ancha qiyin va birmuncha
qiyinlari tarkibiga kirib, butunning bo‘lagini (qismini) vujudga keltirib qo‘yilgan maqsad xal qilinishi amaliyotda
isbotlangan.
Optimal ketma-ketlikdagi mashulotlar va mashqlarni xar bir mashulot chegarasi aynan shu mashulot uchun
tanlash xarakteriga ko‘ra turli nagruzkalarning natijasi (taosiri)ni xisobga olishning axamiyati juda kattadir. Tajribada
(S.P. Letunov, N.N. Yakovlev va boshqalar) isbotlashganki, tezkorlik
xarakteridagi nagruzka, chidamlilikni talab
qiluvchi nagruzka-larga qulay fiziologik fonni vujudga keltiradi. Oxirgisi shunday fon qoldiradiki (albatta, nagruzka
axamiyatli darajada bo‘lgan bo‘lsa), bir necha soatlar davomida tezkorlik mashqlarini bajarishga salbiy taosir
ko‘rsatishi mumkin. Aniqlanganki, tezkorlik nagruzkasi kuch talab qiladigan mashqlar bilan yaxshi navbatlashadi, bu
o‘z navbatida ijobiy natijaga olib keladi (N.N. Yakovlev, V.M. Dyachkov va boshqalar), ijobiy natija ol-din kuch talab
qiladigan mashqlardan, so‘ng, tezkorlik talab qi-ladigan mashqlar ketma-ketligida bajarilsa sodir bo‘lishi isbotlangan.
Yuqorida taokidlanganidek,
nagruzkalarning tartibi, ularning quyidagi yo‘nalishiga qarab: kuch, tezkorlik-
chidamli-likka yoki tezkorlik, kuch-chidamlilik deb belgilanishi lozim. Bu aloxida mashulotlar ichidagi mashqlar
ketma-ketligi uchun xam, xaftalik mashulotlarning yo‘nalishini yoki uzunligiga ko‘ra yaqin bo‘lgan sikllarda
mashqlarni, mashulotlarning tartibini o‘zgartirish uchun xam to‘ri keladi. Bunda, chidamli-likni rivojlantirishga
yo‘naltirilgan mashulotlardan so‘ng aktiv va passiv dam olishning shunday intervali nazarda tutiladiki, navbatdagi
tezkorlik yoki kuch talab qiluvchi xarakteridagi mashqlarga ularning zarur bo‘lmagan taosirlari bo‘lmasligi kerak.
Ko‘rsatilgan tartib ko‘p xollarda o‘zini oqlagan, lekin u albatta yagona va maqsadga muvofiq emas. Chunki,
mashulotlar va mashqlarning ketma-ketligi qator konkret sharoitlarga, shu qatorda shuullanuvchilar kontingentining
xususiyatlari va jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi mashulotlarning umumiy yo‘nalishi, qo‘llanilayotgan
nagruzkalarning kattaligi va ularning dinamikasi xususiyatlari va shu kabilarga boliqdir. Bunday shart-sharoitlarni
xisobga olib, ularni qo‘llash uchun maqsadga muvofiq yo‘lni
tanlash albatta, oson emas. Xozircha bu muammoni
barcha detallari bilan xal qilish ancha mushkulligicha qolmoqda. Vaqti kelib, so‘zsiz ravishda aloxida mashulotning
o‘zini yoki mashulotlar tizimini to‘laligicha programmalash-tirish imkoniga ega bo‘lamiz. Albatta, soxa bo‘yicha katta
shijoat bilan programmalashtirish va modullashtirishning asosli ravishdagi kibernetik uslubiyatini yaratish va qo‘llash
ustida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: