Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə79/184
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#180484
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati-fayllar.org

Individuallashtirish o‘qitishning muxim omili. O‘quvchi-ning jismoniy rivojlanganligi ko‘rsatkichlari – bo‘yi,
tanasi va aozolarining uzun yoki qisqaligi, yo‘on yoki ingichkaliligi, vazni, bo‘inlar xarakatchanligi, ko‘krak qafasi,
ekskursiyasi jismoniy sifatlari – kuchliligi, tezkorligi, chaqqonligi, chidamliligining rivojlanganligi, psixologiya nuqtai
nazari-dan qaysi tipga mansubligi va boshqalar individning xusu-siyatlari xisoblanib, ular taolimning samaradorligiga
katta taosir ko‘rsatadi. O‘qituvchi yoki murabbiyning individni qayd qilingan xususiyatlaridan birortasiga nisbatan
loqaydligi tarbiya jarayonida, mashulotlar samaradorligidan ko‘zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi. Masalan, jismoniy
rivojlan-ganlik ko‘rsatkichlaridan, buyining darozligi (balandligi) – “akselerat”ligidek xususiyati past bo‘yli tengdoshi
bilan bir guruxda shuullanayotganida taolim jarayoniga salbiy yoki ijobiy taosir ko‘rsatishi mumkin. Shu xolatga
tayanib uzunasiga qo‘ygan konpdan sakrash mashqida o‘qituvchi uchun muammoni vujudga keltiradi, yaoni baland
bo‘yili uchun depsinish “most”ini sport jixozidan uzoqroq qo‘yish lozim, bo‘yi teng-doshidan past bo‘lgan o‘quvchini
mashq texnikasini buzib bajarishga sabab bo‘ladi. Chunki jixozidan uzoq qo‘yilgan mostdan depsinish bo‘yi
tengdoshidan past o‘quvchi uchun kuchiga yarashadan ko‘proq zo‘riqish talab qo‘yibgina emas, o‘qitishda
shuullauvchining individual xususiyatini eotiborga olmas-likga, ortiqcha muammolarni vujudga ketishiga olib keladi.
Jismoniy yuk meoyori bir xil o‘quv guruxdagi o‘quvchilar uchun jismoniy tayyorlik ko‘rsatkichlariga turlicha
taosir ko‘rsa-tishi mumkin. Tanlangan mashqni shuullanuvchi kuchiga, tezkor-ligiga, chidamliligiga boliqligi
individning xususiy portre-tining to‘laligicha cho‘zish imkonini beradi.

10.4. Munatazamlilik uslubiy prinsipida 

Mashulotlarning tizimi, dam olish bilan jismoniy yukning almashuvining to‘ri navbatlashuvi va ularning ketma-


ketligining o‘zaro boliqligi taolim jarayonida muntazamlilik uslubiy prinsipining asosiy nizomidir.
Mashulotlarning muntazamligi va jismoniy yuk(lama)-ning dam olish bilan ratsional almashinuvi. 
Mashq qilishning muntazam emasligi taolim jarayonida yetarli darajada samara bermaydi. Tabiiy rivojlanish
qonu-niyatlaridan amaliyotda biz shunga guvoxmizki, mashulotlar uzluksiz va muntazam olib borilsa, jismoniy
mashqlar taosiridan organizmning funksional imkoniyati, jismoniy qobiliyati yaxshilanadi.
Muntazam mashulotlardan xosil bo‘lgan reflekslar uzluksizlikni talab qiladi. Uzluksizlikning buzilishi
malakani asta-sekinlik bilan so‘nishiga olib keladi. Mustax-kamlanib avtomatlashgan yoki “oliy xarakat maqomi”da
bajarila boshlagan xarakat taolim jarayonida faoliyatning muntazam takrorlash shartini, kerak bo‘lsa, talabini qo‘yadi.
Chunki organizmning funksional xolati yaxshilanib muntazam mashq qilish va mashulotlar natijasida maolum natijani
ko‘rsata boshlagan bo‘lsa muntazamlilikni bir oz buzilishi, xosilani asta-sekin yo‘qqa chiqishiga olib kelishi mumkin.
Obrazli qilib xulosa kilganda, muntazam tizimli mashulotlar qoldirgan yarimsharlar puo‘tloidagi “iz”dan ijobiy
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, yangi o‘zlashtirilmaganini o‘rganish osonlashadi. J. Lamark fikricha, «tizimli va munta-zam


ravishda mashq qildirilgan organ asta-sekinlik bilan rivojlanadi, o‘sadi, mashq qildirilmagani o‘z qobiliyatini


susaytiradi va xususiyatini yo‘qotib boradi».
Nisbatan katta bo‘lmagan tanaffus aktiv muskul xujay-ralari vaznining kamayishiga, komponentlari
tuzilishining lozim bo‘lmagan o‘zgarishlariga, xatto morfologiyasining regress-siyasiga olib keladi. Ayrim regressiv
o‘zgarishlar xatto 5-7 kunlik tanaffuslarda xam sodir bo‘lishi mumkin (N.V. Zimkin, D.L. Ferdman, O.I. Faynshmidt
va boshqalar).
Jismoniy kamolotga erishish jismoniy tarbiya jarayoni-ning uzluksiz olib borilishi tanaffuslarsiz, oqlanmagan
yo‘qotishlarsiz, xar bir mashulotdagi samara oldingi mashu-lotning “iz”i xisobiga qatlam-qatlam bo‘lib qalinlashsa,
avvalgi mashulotlar keltirib chiqargan ijobiy o‘zgarishar takomillashtirilsa va rivojlantirilsagina sodir bo‘ladi.
Bu talabni amalga oshirish jismoiy tarbiya amaliyotida xaftada 2, 3, 4, xatto 5 martabali mashulot (ertalabki
zaryadka va boshqa qo‘shimchalarni xisobga olmagan xolda)lar orqali yo‘lg qo‘yiladi. Qolaversa, “shuullanganlik”
qancha yuqori bo‘lsa, mashulotlar orasidagi intervallar shuncha qisqaradi va jismoniy tarbiya jarayoni shunchalar
zichlashadi. Bu o‘z navbatida organizmning funksional imkoniyatini ijobiy tomonga o‘zgar-tiradi. Mashulotlarning
konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, akademik mashulotlar va sport trenirovkasi uchun uzluk-sizlikning
ifodalanishi shunchalar xarakterli bo‘lishi mumkin.


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin