Taolimning tarbiyaviy xarakteri xaqidagi tushuncha jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatlaridan biri tarzida
yuzaga chiq-moqda. Maxsus tashkillanmagan jarayon sifatida jismoniy mashqlardan foydalanish jarayoni xech qanday
pedagogik qim-matga ega emas, ularning tarbiyaviy taosiri to‘laligicha pedagogik jarayonning sifatiga boliq. O‘z
davridayoq P.F. Lesgaft muskullarni mashqlantirishga inson psixikasiga va uning intelektiga taosir etuvchi kuchli
vosita deb qaragan.
Barcha fanlarning o‘qituvchilari qatori jismoniy mada-niyat o‘qituvchisi xam tarbiya jarayonida tarbiyaning
barcha elementlari kompleksini o‘z tizginida ushlab turishga odatla-nishi lozim. Tarbiyaning umumiy vazifalari xal qilinishiga o‘quv fani o‘z taosirini o‘tkazmay qolmasligi mutaxassislarga ayonligiga qaramasdan, jismoniy tarbiya uchun xarakterli bo‘lgan ayrim xususiy vazifalarni xam oldinga suradi: - jismoniy mashqlar bilan shuullanishga odatlatirish. Bu odat, ayniqsa, xozirgi zamondoshimiz uchun zarur.
Kam xarakat qilish, organizmga jismoniy yukning kamligi, xarakat faolligining sustligini yengish muammosini xal
qiladi, mustaqil jismoniy mashq bilan shuullanish mashuloti uchun vaqt topishga o‘rgatadi;
- jismoniy qiyinchiliklarni yengishni va mardonavor-likni tarbiyalash. Ko‘pchilik xarakat faoliyatini
o‘zlashtirish maolum darajadagi xavf, tavakkalchilikni, maksimal jismoniy va psixik zo‘riqishni talab qiladi,
axamiyatli darajadagi nagruzkani organizm sarflagan energiyasi tiklanib ulgurmagan fonda bajara olishga - chidashga
o‘rgatadi;
- gigienik malaka va odatlarni tarbiyalash. Jismoniy mashqlarning samaradorligi asosan gigienik omillardan
to‘ri foydalanish bilan boliq. Xarakat faoliyatlarini o‘qitishning jarayoni ish rejimiga rioya qilishni tarbiyalash,
ovqatlanish, uyqu, tana va badanini parvarishlash, kiyim-bosh va boshqa-larni o‘z ichiga oladi;