Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Malakaning xarakterli belgilari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

Malakaning xarakterli belgilari: 
1. Xarakat faoliyati tarkibiga kiruvchi aloxida xarakat-larning bajarilishiga unchalar eotibor bermay 
bajarish. Bunga xarakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanish xisobiga erishiladi. 
2. Xarakatni avtomatlashgan darajada bajarish o‘qitish – natijasi yoki xayotiy tajriba amaliyoti natijasidir. 
3. Xarakat faoliyatining avtomatlashgan xolda bajarili-shida ongning yetakchi rolini inkor etib bo‘lmaydi. 
Xarakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay ayrim xarakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim 
elementlar tuzilish (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinatsiya qilish munosabatlari, xarakat va vegetativ 
komponentlarning o‘zaro aloqasi) avtomatlashadi. 
4. O‘quvchining ongi asosan o‘zak komponentlarga, sharo-itning o‘zgarishi xisobiga va xarakat 
vazifasining ijodiy xal qilinishiga yo‘naltiriladi. 
Zaruriyatga qarab o‘quvchi, o‘rganuvchi xar bir xarakatning bajarilishini nazorat qilishi mumkin, shuningdek, 
ijroga lozim bo‘lgan o‘zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga o‘tib ketishi mumkin (masalan: qo‘lda 
yoki boshni yerga qo‘yib turishda muvozanatni yo‘qotsa, o‘quvchi «grupperovka» (yiishtirinish) qilib oldinga 
«perekat» qilishi mumkin). 
5. Xarakat malakasi yuqori turunlikka ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, boshqa sharoitda xarakat faoliyati 
bajarilishi-ning buzulishiga oz imkoniyat bo‘ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jixozlar va xokazolar), 
o‘quvchilarga odatlanmagan kuza-tuvlarning taosiri (tomashabinlar). 
6. Xarakat malakasi uchun xarakatlardagi maolum tizim-ning mavjudligi va o‘ziga xosligi. Bu aloxida 
ajratilgan xarakatlarning bir butun xarakat faoliyatiga ortiqcha xarakat-lar ushlanishini yo‘qotish bilan birlashtirishda 
ifodalanadi. Xarakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomilla-shadi, bir butun faoliyat ko‘rsatishning vaqti 
qisqaradi. 
7. Xarakat malakasi shakllanishi analizatorlar funksiya-sini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi. Xarakat 
analizatori-ning roli ortadi, xarakat nazoratida muskul xissiyoti yetakchi axamiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni, 
futbolchining to‘pni xis qilishi va boshqalar. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin