Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati


Taolim jarayonida ko‘razmalilik prinsipi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/185
tarix23.05.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#120373
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati

 
10.2. Taolim jarayonida ko‘razmalilik prinsipi 
Mashqni ko‘rsatish tushunchasi jismoniy tarbiya taolimi jarayonida o‘zining keng maonosiga ko‘ra pedagogika 
nazariyasi ramkasidan allaqachonlar chiqib ketgan. Xozirgi kunda bu tushuncha o‘ziga xis qilish, obrazli ifodalay 
olish, tashqi shaklini ifodalab namoyish qilishdek keng maononi oladi. 
Taolim jarayonida bajarib ko‘rsatish va ko‘rishning bir-biri bilan o‘zaro boliqligi. Xarakat faoliyati xaqidagi 
birlamchi (boshlanich) tushuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko‘rgandan so‘ng xosil bo‘ladi. Ko‘rgazmali 
qurol-lar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekinlash-tirib olinganlari), kino-badiiy, xujjatli, o‘quv filpmlari, 
video, mulptvideo va x.k. tarzida ko‘rsatiladi va taqlid tarzida ularni bajarish o‘quvchidan talab qilinadi. 
O‘zlashtirish jarayonining asosiy omili xisoblangan ko‘rgazmalilikning ikki ko‘rinishi amaliyotda mavjud 
bo‘lib, ular mashqni aynan bajarib yoki vositali yordami bilan ko‘rsatish deb farqlanadi. 
Aynan yoki vositali ko‘rgazmalilik taolim jarayonida o‘qituvchiga mashqni namunali darajada bajarib 
ko‘rsatish talabini qo‘yadi. Namunali darajadagi ko‘rsatish-namoyish qilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarning 
oldini olishini amalda isbotlangan. Amaliyotda esa xarakatning qanday bajarilishini o‘quvchi ko‘rmay turib, uning 
texnikasini o‘rgatish boshlab yuboriladi va bu o‘z navbatida shuullanuvchi-larni xatolariga sabab bo‘ladi. Ularni 
tuzatish taolim jarayonining vaqtini cho‘zilishiga olib keladi. Mashqni namunali tarzda ko‘rsata olmaydiganlar 
mashqlarni oldindan tanlangan va tayyorlagan shuullanuvchi orqali ko‘rsatishdan foydalanishi lozim.
Xarakat faoliyati xaqida birlamchi (dastlabki) tushuncha o‘quv kino tasmasi, chizma, rasm, maket, plakat, va 
boshqalarda mashqni shuullanuvchilarga ko‘rsatish orqali xosil qilinadi, ayniqsa, katta, o‘rta, maktab yoshidagilar 
uchun ko‘rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, xarakatni xis qilishi uchun qo‘l keladigan vositadir. Xis qila olish 
qobiliyati yaxshiroq shakllangan shuullanuvchida ko‘z oldiga keltira olish, taqlid qila bilish (avvaliga mexanik) tarzda 
bo‘lsa xam axamiyati kattadir. Ayniqsa, taolimning ketma-ketligi o‘zlashtirishda (xarakatni bo‘laklarga ajratib 
o‘rgatishda), yo‘llanma beruvchi mashqlar (xarakat texnikasining asosiga yaqin bo‘lgan mashq-lar)dan foydalanish, 
xarakat texnikasini o‘zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu xarakat elementlari bor) 
mashqlarni qo‘llash taolim jarayoniga ko‘rgaz-malilik prinsipi qo‘yadigan asosiy talablar bo‘lib, bular, xarakat 
xaqidagi tushunchalar mezonini oshiradi. 
Mashqni bajarishda “o‘z soyasidan foydalanish”, “xarakat satxi chegarasini belgilash”, «taqlid qilish”, “mo‘ljal 
olish”, “o‘xshatish”, ko‘rgazmalilikning uslublardandir.
Bular taolim jarayonini faollashtiradi, birlamchi malakani shakllantirish va xarakatni oliy tartibda bajara olishga 
yo‘l ochuvchi asosiy omillardir. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin