10.2. Taolim jarayonida ko‘razmalilik prinsipi Mashqni ko‘rsatish tushunchasi jismoniy tarbiya taolimi jarayonida o‘zining keng maonosiga ko‘ra pedagogika
nazariyasi ramkasidan allaqachonlar chiqib ketgan. Xozirgi kunda bu tushuncha o‘ziga xis qilish, obrazli ifodalay
olish, tashqi shaklini ifodalab namoyish qilishdek keng maononi oladi.
Taolim jarayonida bajarib ko‘rsatish va ko‘rishning bir-biri bilan o‘zaro boliqligi. Xarakat faoliyati xaqidagi
birlamchi (boshlanich) tushuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko‘rgandan so‘ng xosil bo‘ladi. Ko‘rgazmali
qurol-lar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekinlash-tirib olinganlari), kino-badiiy, xujjatli, o‘quv filpmlari,
video, mulptvideo va x.k. tarzida ko‘rsatiladi va taqlid tarzida ularni bajarish o‘quvchidan talab qilinadi.
O‘zlashtirish jarayonining asosiy omili xisoblangan ko‘rgazmalilikning ikki ko‘rinishi amaliyotda mavjud
bo‘lib, ular mashqni aynan bajarib yoki vositali yordami bilan ko‘rsatish deb farqlanadi.
Aynan yoki vositaliko‘rgazmalilik taolim jarayonida o‘qituvchiga mashqni namunali darajada bajarib
ko‘rsatish talabini qo‘yadi. Namunali darajadagi ko‘rsatish-namoyish qilish sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolarning
oldini olishini amalda isbotlangan. Amaliyotda esa xarakatning qanday bajarilishini o‘quvchi ko‘rmay turib, uning
texnikasini o‘rgatish boshlab yuboriladi va bu o‘z navbatida shuullanuvchi-larni xatolariga sabab bo‘ladi. Ularni
tuzatish taolim jarayonining vaqtini cho‘zilishiga olib keladi. Mashqni namunali tarzda ko‘rsata olmaydiganlar
mashqlarni oldindan tanlangan va tayyorlagan shuullanuvchi orqali ko‘rsatishdan foydalanishi lozim.
Xarakat faoliyati xaqida birlamchi (dastlabki) tushuncha o‘quv kino tasmasi, chizma, rasm, maket, plakat, va
boshqalarda mashqni shuullanuvchilarga ko‘rsatish orqali xosil qilinadi, ayniqsa, katta, o‘rta, maktab yoshidagilar
uchun ko‘rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi, xarakatni xis qilishi uchun qo‘l keladigan vositadir. Xis qila olish
qobiliyati yaxshiroq shakllangan shuullanuvchida ko‘z oldiga keltira olish, taqlid qila bilish (avvaliga mexanik) tarzda
bo‘lsa xam axamiyati kattadir. Ayniqsa, taolimning ketma-ketligi o‘zlashtirishda (xarakatni bo‘laklarga ajratib
o‘rgatishda), yo‘llanma beruvchi mashqlar (xarakat texnikasining asosiga yaqin bo‘lgan mashq-lar)dan foydalanish,
xarakat texnikasini o‘zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu xarakat elementlari bor)
mashqlarni qo‘llash taolim jarayoniga ko‘rgaz-malilik prinsipi qo‘yadigan asosiy talablar bo‘lib, bular, xarakat
xaqidagi tushunchalar mezonini oshiradi.
Mashqni bajarishda “o‘z soyasidan foydalanish”, “xarakat satxi chegarasini belgilash”, «taqlid qilish”, “mo‘ljal
olish”, “o‘xshatish”, ko‘rgazmalilikning uslublardandir.
Bular taolim jarayonini faollashtiradi, birlamchi malakani shakllantirish va xarakatni oliy tartibda bajara olishga
yo‘l ochuvchi asosiy omillardir.