Jismoniy tarbiya va sport


Yengil atletikaning O’zbekistonda rivojlanishi



Yüklə 32,84 Kb.
səhifə3/6
tarix25.09.2022
ölçüsü32,84 Kb.
#64110
1   2   3   4   5   6
1-mustaqil ish

2 . Yengil atletikaning O’zbekistonda rivojlanishi
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino bemorlarni davolashda gimnastika, suzish, kurash bilan birga tez yurish, yugurish, sakrash, nayza otish, tosh ko‘tarish mashqlaridan unumli foydalanishni tavsiya qilgan. Jahongir sarkarda bobokalonimiz Amir Temir esa o ‘z lashkarlarini jismonan baquwat, epchil va chidamli qilib tarbiyalashda yengil atletikaning past-baland joylarda yugurish (kross), nayza otish, tosh irg‘itish, to ‘siqlardan sakrab yugurish mashqlaridan
muntazam ravishda foydalangan.
1916 yilda yugurish bo‘yicha Rossiyada mashhur bo'lgan Lev Barxash ismli sportchi Farg‘ona shahriga keladi. U yengil atletika ishqibozlari to‘garagini tashkil etib, ular bilan birgalikda Marg‘ilonsoy (Mustaqillik ko‘chasi) qirg‘og‘idagi velosiped sportiga mo’ljallangan mashqlar va poyga o ‘tkaziladigan o'yingohni qayta qurib, yugurish uchun moslashtiradi. 280 metrlik yugurish yoMagi quriladi, hatto sakrash uchun ustunlar ham o ‘rnatiladi.
U paytlarda shaharlarda yengil atletika to ‘garaklarda asosan
katta yoshdagi kishilar qatnashganlar. Ular asosan sport ishqibozlari jamiyatlar , xususiy sport klublari va skautlar tashkilotlan a’zolari edi.
1918-1920 yillardan boshlab viloyatlarimizda ham jismoniy tarbiya va sportning ommaviy rivojlanishiga katta e ’tibor berila boshlandi. Turkiston Respublikasi xalq ta ’limi Komissariati qoshida 1919 yilda sport kollegiyasi (kengashi) tuziladi. Kengash umumiy Harbiy ta ’lim bosh boshqarmasi tomonidan maydonlarda namoyish etiluvch sport tomoshalari hamda turli musobaqalarni tashkil etish, shuningdek o ‘quvchilar bilan o ‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga rahbarlik qilgan.
Sportning boshqa turlari qatorida yengil atletika bo‘yicha uyushgan mashg‘ulotlar tashkil etilgan. 1920 yilning oktyabrida Toshkentda I 0 ‘rta Osiyo Olimpiadasi o'tkazildi. Uning dasturiga futbol, yengil atletika, shaxmat va sportning milliy turlari b o ‘yicha musobaqalar kiritilgan edi.
Yengil atletika b o ‘yicha o ‘tkazilgan musobaqalarda Farg‘ona shahri jamoasi ulkan zafarlarni qo‘lga kiritdi. Dasturga kiritilgan 12 turdan 8 tasida m azkur jam oa a ’zolari nafaqat bir karra, balki ikki karralab birinchi o ‘rinni egallashdi (G.Bernadskiy, D.Dadashevich, aka-uka Burmakinlar). 8x100 m masofaga
estafetali yugurishda Farg‘ona jamoasi boshqalardan ancha o ‘zib ketgan holda g‘alaba qozondi.
1922 yilda yengil atletika bo‘yicha Turkiston Respublikasi sportchilari katta g‘alabalarni qo‘lga kiritdilar. Shu davrning yetuk yengil atletkachilari N.Ovsyannikov, P.Taranov, Ya.Valishevlai ishchi va dehqon yoshlarni yengil atletika ishqibozlari to ‘garaklariga jalb qilish b o ‘yicha faol ish olib bordilar.
1924 yilning mayida Toshkentda, birinchi o ‘yingoh ochildi (keyinchalik “ Pishchevik” deb nomlangan). Shu yilning avgust oyida Umumturkiston jismoniy madaniyat bayrami o ‘tkazildi.
Sportning to ‘qqiz turi bo‘yicha o ‘tkazilgan bu musobaqalarda respublika viloyatlaridan 260 nafar sportchi qatnashdi. 1926 yil 15 iyulda Toshkentda Shayxantohur tum anida «Spartak» stadionining tantanali ochilishi bo‘lib o'tdi. 1927 yildagi 1 U m u m o ‘zbek Spartakiadasi, 1928 yildagi II Spartakiada
I Butunittifoq Spartakiadasi oldidan o ‘tkazilgan. 1927 yilda toshkentlik harbiy xizmatchi Nikolay Ovsyannikov g‘ovlar osha yugurishda 110 metrni 17.0 sek. vaqt ichida bosib o ‘tdi ham da balandlikka sakrash b o ‘yicha 177 sm natijani ko‘rsatib, birinchi o ‘rinni egalladi va o ‘zbek yengil atletikachilari orasida uch hatlab sakrash b o ‘yicha sobiq Ittifoq rekordini o ‘rnatdi. U Vatan yengil atletikachilari orasida g‘ovlar osha yugurishda birinchi bo‘lib 17,0 sek. vaqt ichida etib keldi. Bir
yil o ‘tgach, I U m um ittifoq Spartakiadasida N.Ovsyannikov masofani 16.2 sek. da yugurib o ‘tdi. Keyinchalik u masofani 15.2 sek. da bosib o ‘tadi. Biroq sportchi yugurish chog‘ida ikki g’ovni yiqitib o ‘tganligi sababli uning natijasi ijobiy qayd etilmadi hamda bu natija rekord sifatida qabul qilinmadi.
I Butunittifoq Spartakiadasida o ‘zbekistonlik yengil atletikachilardan N.Ovsyannikov — 110 metrga g'ovlar osha yugurish (16.2), Yu.Dunaev — balandlikka sakrash (175) va uch hatlab sakrashda ikkinchi o ‘rin (12.75)ni, A.Tikunova — disk uloqtirish (25, 33 m), Z.L. Rikova — langarcho‘pga tayanib balandlikka sakrash musobaqalarida ishtirok etib, sovrinli o'rinlarni qo‘lga
kiritdilar.
1929-yil bahor faslidan boshlab respublika poytaxti Toshkentda «Pravda Vostoka» gazetasi sovrini uchun shahar ko'chalari bo‘ylab estafeta musobaqalari o ‘tkazila boshlandi. Samarqand, Urganch, Buxoro kabi respublikaning boshqa shaharlarida ham shunday estafetalar tashkil etildi. Ushbu holatlar aholi o‘rtasida
yengil atletika sportini ommaviy ravishda targ‘ibot va tashviqot qilishda dastlabki urinishlar edi. 0 ‘ttizinchi yillar — jismoniy tarbiya harakati rivojida kuchli olg‘a siljishlar davri bo'ldi.
1934-yildan o ‘zbekistonlik yengil atletikachilar 0 ‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston yengil atletikachilari bilan birgalikda uchrashuvlar o ‘tkaza boshladilar. Ana shunday musobaqalardan birinchisi (bunda Qozog‘iston Respublikasi tanlovdan tashqari ishtirok etdi) 1934 yilning 5-12 sentyabrida bo‘lib o ‘tdi. Erkaklar muisobaqa dasturidan o ‘rin olgan 16 turdan o ‘ntasida o‘zbekistonlik sportchilar (E.Putsillo — 100, 200 va 400 metrga yugurish, V .Bezrukov — 500 va 10000 m etrga yugurish, Yu.Dunaev — g‘ovlar osha 110 metrga yugurish, E.Ryabushev — balandlikka sakrash, N.Bespokoynov — uch hatlab sakrash) g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
50-yillarda respublika terma jamoasi qobiliyatli sportchilar bilan to ‘la boshladi. U ning safiga L.Sklyarova, V .Rodenko, L.Minina, A.Pugacheva, V.Tushkov, A.Xolmanskaya, G.Senkin, A.Chexonin, V.Puzanov, V.Puchkov, Yu.Krasilnikov, N.Haydarov, L.Moiseenko, I.Chuvilin, V.Lomakin, T.Bondarenko, S.Gudoshnikova (Pavlova), V.Ballod, O.Turkeeva (Nerovnaya), V.Sitnikova, I.Monastirskiy kabi sportchilar kelib qo‘shildi. Lllar bir necha bor 0 ‘zbekiston rekordchilari va chempionat g oliblari bo‘lib, Butunittifoq musobaqalarida ham ishtirok etishgan.
70-yillarda chidamlilik yugurishlari b o ‘yicha sportchilar tayyorlash borasida 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy andijonlik R.X. Sayfullinning qobiliyatlari yaqqol namoyon bo‘ldi. U xalqaro toifadagi yosh sportchi Svetlana 0 ‘lmasova va Zamira Zaytseva (Axtyamova) kabi sport ustalarini tarbiyalab yetishtirdi. Svetlana 0 ‘lmasova jahon Kubogining sovrindori, Sobiq Ittifoq
birinchiligi uchun o ‘tkazilgan m usobaqalar chem pioni va sovrindori, 3000 m ga yugurish b o ‘yicha jahon rekordchisi hamda xizmat ko‘rsatgan sportchi darajasiga erishdi va dunyoning mashhur atletikalaridan biri sifatada tanildi. Bu qizlar Xalqaro yengil atletika federatsiyasi tomonidan 1987 yilda chop etilgan jahonning eng yaxshi o ‘n sportchisi ro‘yxati qatoridan o ‘rin oldi.
0 ‘zbekiston yengil atletikachilari 80-yillar oxiriga kelib Vatanimizda yengil atletika musobaqalari o ‘tkazila boshlaganining 100 yilligini munosib kutib olish, shuningdek, 88-yilgi Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Bunday qutlug‘ sanani nishonlashga o ‘zbek yengil 23
atletikachilarining 1923-yildan 1987-yilga qadar b o ‘lgan davr ichida xalqaro, Butunittifoq chempionatlarda qo‘lga kiritgan yutuqlari asos bo‘ldi.
Sobiq Ittifoq chempionatlarida o ‘zbek yengil atletikachilari hammasi bo'lib 144 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Mamlakat chempionatlarida xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Svetlana 0 ‘lmasova 17 ta medal sohibiga aylandi (11 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza). Ikkinchi o'rinni sport ustasi Zamira Zaytseva egalladi — 9 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza). U chinchi o ‘rinni esa sport ustasi V alentina Lebedinskaya (Ballod) egalladi — 7 ta medal (2 ta oltin, 3 ta
kumush va 2 ta bronza).

Yüklə 32,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin