Jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 32,84 Kb.
səhifə5/6
tarix25.09.2022
ölçüsü32,84 Kb.
#64110
1   2   3   4   5   6
1-mustaqil ish

Uloqtirish — maxsus snaryadlarni uzunlikka itqitish va uloqlirish mashqlaridir. Ularning natijalari metr va santimetrlarda aniqlanadi. Uloqtirish qisqa vaqt ichida maksimal asab-mushak kuchlanishi bilan tavsiflanadi. Bunda qo‘l, yelka kamari va tana mushaklarigina emas, balki oyoq mushaklari ham faol qatnashadi.
Yengil atletika snaryadini uzoqqa uloqtirish uchun kuch, tezlik, cnaqqonlik yuqori darajada rivoj topgan bo’lishi va sportchi o ‘z kuchini bilishi zarur.
Yengil atletikadagi uloqtirishlar ijro usuliga qarab uch turga bo‘linadi.
1. Bosh ortidan uloqtirish (nayza, granata).
2. Aylanib uloqtirish (disk, bosqon).
3. Itqitish (yadro).
Uloqtirish usullarining farqi snaryadlarning shakli va og‘irligiga bog‘liqdir. Yengil, ushlash o ‘ng‘ay bo‘lgan snaryadlarni to ‘g‘ridan yugurib kelib, bosh ortidan boshlab uzoqqa uloqtirish mumkin, ogMrroq snaryadlarni aylanib uloqtirish o ‘ng‘ayroq, maxsus tutgichi b o ‘lmagan og‘ir snaryad yadroni esa itqitish qulayroq.
Ko’pkurash yugurish, sakrash va uloqtirishlarning har xil turlarini o ‘z ichiga oladi. K o ‘pkurash tarkibiga kirgan musobaqalar soniga qarab ularning nomi farqlanadi: to ‘rtkurash, beshkurash, oltikurash, sakkizkurash, o ‘nkurash.
K o‘pkurashning asosiy turlari: erkaklar uchun o ‘nkurash, ayollar uchun beshkurash, o'spirinlar uchun oltikurash va sakkizkurash. Musobaqalarni osonlashtirish uchun yengil atletikaning bunday og‘ir turlari bo‘yicha musobaqalar ikki kun mobaynida o ‘tkaziladi. Ko‘pkurashning asosiy turlarida ko‘pkurash bo‘yicha shug'ullanuvchilar oldiga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Ular texnik jihatdan yuqori mahoratli bo‘lishlaridan tashqari, sprinterlardek tezkor, uloqtiruvchilardek kuchli, o'rta masofalarga yuguruvchilardek chidamli bo‘lishlari kerak.
Ko‘pkurash dasturini to ‘la bajarish esa umuman a ’lo darajada chidamli boiish, yuqori darajada rivojlangan irodaviy fazilatlar talab qiladi.
Ko‘pkurash bilan shug‘ullanish — yengil atletika bilan endigina shug'ullanayotganlar uchun har tom onlam a jismoniy rivoj topishning eng yaxshi yo‘lidir. K o‘pkurash bilan shug‘ullanish sportchilar organizmiga har tomonlam a ta ’sir ko'rsatishi bilan birga yengil atletikaning alohida turida maxsus mashq qilish
uchun ham yaxshi zamin yaratib beradi. Ko‘pkurash natijasi sportchining ko‘pkurash tarkibidagi har bir turda ko‘rsatgan natijasi uchun olgan ochkolar yig‘indisi bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus ochkolar jadvalidan
foydalaniladi.
Xulosa
Men ushbu mustaqil ishni bajarish yengil atletika haqida yanada chuqurroq ma’lumotlarga ega bo’ldim. Yengil atletikaning kelib chiqishi regbi sport turi bilan bog’liqligini bilib oldim. Mamlakatimizda esa yengil atletika dastlab Farg’onada rivojlanganligi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim.Yengil atletikaning yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko’pkurash kabi turlari haqida yanada to’liqroq ma’lumotlarga ega bo’ldim.



Yüklə 32,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin