Jismoniy tarbiya va sport



Yüklə 32,84 Kb.
səhifə2/6
tarix25.09.2022
ölçüsü32,84 Kb.
#64110
1   2   3   4   5   6
1-mustaqil ish

Mustaqil ishning maqsadi:Ushbu mustaqil ishni yozishimdan asosiy maqsad- bu yengil atlekaning kelib chiqishi, uning turlari haqidagi ma’lumotlarni chuqurroq o’rganish , ushbu mavzu bo’yicha bilimlarimni oshirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishdir.
Mutaqil ishning vazifasi: Ushbu mustaqil ishni yozishdan o’z oldimga quyidagilarni maqsad qilib oldim. Avvalo yengil atletikaning kelib chiqish tarixini o’rganmoqchiman. Bu sport turi juda qiziqarli tarixga ega. So’ngra bu sport turning mamllakatimizga qanday qilib kirib kelganini, uning mamlakatimizda rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo’lmoqchiman. Yengil atletika turlarini bilib olish va ularni bir biridan farqlash, ular haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishni ham o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim.
Matn
1 . Yengil atletikaning xorijiy mamlakatlarda rivojlanish tarixi.
Hozirgi zamon yengil atletika sporti qoidalari boshqa mamlakatlarga nisbatan Angliyada oldinroq amal qila boshladi. 1837-yili bu yerda 2 km ga yaqin masofaga yugurish b o ‘yicha Regbi shahri kolleji o ‘quvchilarining dastlabki musobaqalari
o‘tkazildi.Ko‘p vaqt o ‘tm asdan boshqa shaharlarning kollej o ‘quvchilari
ham ularning tashabbusiga q o ‘shildilar. Shundan keyingi m usobaqalar dasturiga qisqa masofaga yugurish, g‘ovlar osha yugurish va og‘ir narsalarni uloqtirish kiritilgan bo‘lsa, 1851 yildan boshlab musobaqalar dasturiga yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash turlari kiritildi.
1864 yilda Oksford va Kembrij univerisitetlari o'rtasida birinchi bor yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o ‘tkazilib, keyinchalik bu musobaqalarni o ‘tkazish doimiy tus oldi. Musobaqa dasturiga yugurishning olti turi, sakrashning ikki turi
kiritilgan edi. Keyinchalik dastur bosqon uloqtirish va yadro itqitish kabi turlar bilan to’ldirildi.
XIX asrning 60-yillarida yengil atletika mashqlari, mashg‘ulot va musobaqalar bilan kattalar ham qiziqa boshladilar. Kibor tabaqa vakillarining yengil atletika bilan shug'ullanadigan, sport klublari paydo bo‘la boshladL Angliya kiborlari yengil atletika bilan qiziqar edilar-u, lekin ular yugurish yo‘lkalarida
oddiy xalq bilan birga aralashib yurishni istamas edilar. Ayniqsa,
ular yurish, yugurish bo‘yicha ochiq musobaqalar mashg‘ulotlarida qatnashishga or qilar edilar.Shu munosabat bilan 1864 yilda Angliya sport klublari «havaskorlik» to ‘g‘risida nizom qabul qilib, yugurish yo‘lkalarida kiborlar bilan oddiy xalq vakillarini uchrashmaslik yo'llarini toptilar. Shu nizomga asosan, jismoniy m ehnat vakillari professionallar deb e ’lon qilinib, ularning havaskorlar sport
klubiga kirishlariga va havaskorlar bilan musobaqalarda qatnashishlariga yo‘l qo‘yilmaydigan bo‘ldi.
1865-yilda London atletika klubi tashkil etilib, yengil atletika sport turi keng ommalasha boshladi. Bu klub yengil atletika bo‘yicha mamlakatda birinchiliklar o‘tkazilishiga rahbarlik qilar, havaskorlik to‘g‘risidagi nizomga rioya qilishni nazorat qilib turar edi.
1880-yilda Angliyada Havaskorlar yengil atletika assotsiatsiyasi tuzilib, u Britaniya imperiyasida yengil atletika bo'yicha oliy organ huquqini oldi. U Angliya, uning dominionlari va koloniyalaridagi barcha burjua yengil atletika klublarini birlashtirdi. Assotsiatsiya yengil atletika sportiga umumiy rahbarlik qilar, angliyalik sportchilarni xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga
tayyorlar edi.
Frantsiyada yengil atletika sport turi sifatida XIX asrning 70-yillarida avvalo harbiy va fuqarolar litseylarida rivojlana boshladi. 80-yiilardan boshlab litseylarda yugurish b o ‘yicha musobaqalar muntazam o'tkaziladigan bo'ldi. AQSHda yengil atletikaning ravojlanishi 1868- yillarga to ‘g‘ri keladi. Shu yin Nyu-Yorkda yengil atletika klubi tashkil etildi. lev or'id'i nniversitetlar — yengil atletikaning markazi bo‘lib qoldi. 1874 yilda Garvard universitetida yengil atletika bo‘yicha b nm t hi
musobaqalar o'tkazildi. 80-yillar oxirida A Q Shda Amerika havaskorlar yengil atletika ittifoqi vujudga keldi.
Germaniyada 1888 yilda Berlindagi kriket va futbol klublari birinchi yengil atletika musobaqalarini tashkil qilgan edi. Mustaqil yengil atletika klublari esa 90-yillarda paydo b o ‘ldi. 1898 yilda Gcrmaniya yengil atletika boshqarmasi tuzildi.
Skandinaviya mamlakatlarida yengil atletika mustaqil sport tun sifatida 1887-yilda Shvetsiyada, 1897-yilda Norvegiyada va 1906- yilda Finlyandiyada rasman a n ’ana b o ‘la boshladi. Vengriyada, Polshada, Chexoslovakiyada, Yugoslaviyada va
boshqa Markaziy Yevropa mamlakatlarida ham yengil atletika sporti XIX asrning 90-yillarida rivojlana boshladi. K o‘p mamlakatlarda yengil atletika sport turi sifatida XIX asr oxirlarida qabul qilindi.
Yengil atletika sporti taraqqiyotida Qadimiy Gretsiya Olimpiya o ‘yinlarining 1896-yildan qayta tiklanishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyinchalik Olimpiya o ‘yinlari sportning eng muhim turlari, jum ladan, yengil atletika b o ‘yicha xalqaro musobaqalar majmuiga aylandi.
1965-yilgacha Olimpiya o ‘yinlari faqat 15 marta o ‘tkazilgan boiib, harbiy harakatlar va boshqa sabablar tufayli 1916-yilda Berlinda, 1940-yilda Tokioda, 1944-yilda Xelsinkida m o‘ljallangan Olimpiya o ‘yinlari o ‘tkazilmay qoldi.
Olimpiya o ‘yinlarida yengil atletika musobaqalari dasturi har doim o ‘zgarib turgan.
1928-yilda Amsterdamdagi IX Olimpiadada birinchi marta ayollar o ‘rtasida yengil atletika musobaqalari o ‘tkazildi. Shundan keyin barcha o ‘yinlarda ayollar o‘rtasida musobaqalar o'tkazib kelinadi.



Yüklə 32,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin