AB va CD vatarlar E nuqtada kesishadi. Agar AE=16 sm, BE=48sm, CE:DE=3:4 bo‘lsa, CE va DE ni aniqlang.
BILET Kitob va daftar birgalikda 5800 so‘m turadi. Kitob narxining 10%i daftar narxining 35%i dan 220 so‘m qimmat. Kitob va daftar alohida necha so‘m turadi?
Agar cheksiz kamayuvchi geometrik progressiyaning yig‘indisi 150 ga teng. b1=15 bo‘lsa, q ni toping.
Teng yonli uchburchakning uchidagi burchagining tangensi 2 ga teng, shu burchakning kosinusini toping.
Parallelogramm yuzasini hisoblash formulalarini keltiring va ulardan birini isbotlang.
To‘g‘ri burchakli uchburchakka aylana ichki chizilgan, urinish nuqtasi gipotenuzani 7 sm va 3 sm li kesmalarga ajratadi. Uchburchakning yuzini toping.
BILET Sinfda 21 ta qiz bola va 14 ta o‘g‘il bola bor. Qiz bolalar butun sinfning necha foizini tashkil qiladi?
Arifmetik progressiyada uchinchi va to‘qqizinchi hadlar yig‘indisi 8 ga teng. Progressiyaning dastlabki 11 ta hadi yig‘indisini toping.
Agar α=52o va β=22° ekanligi ma’lum bo‘lsa, sin (α + β) -2sin β ·cosα ifoda 12,5 dan qanchaga kichik ekanini toping.
Uchburchaklar o‘xshashligining ta’rifini keltiring va uchburchaklar o‘xshashligining 3-alomatini isbotlang.
Parallelogrammning ikkita burchagi yig‘indisi 1560 ga teng. Parallelogramm burchaklarini toping.
BILET a; 4,6; -3,4 sonlarning o‘rta arifmetigi 4,8 ga teng. a ni toping.
Ikkita natural sonning ko‘paytmasi 266 ga teng. Agar ulardan biri ikkinchisidan 5 ga ortiq bo‘lsa, bu sonlami toping.
Agar sin α =0,8 va < α < πbo‘Isa, cos2α ning qiymatini toping.
Vektor haqida tushuncha. Vektorning skalyar ko‘paytmasini hisoblash formulasini keltirib chiqaring.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning burchaklardan biri 60o, gipotenuza va kichik katetining yig‘indisi esa 57 sm. Uchburchakning yuzini toping.
BILET 639 sonni 2:3:4 nisbatdagi uchta sonning yig‘indisi shaklida ifodalang. Katta va kichik qo‘shiluvchilar ayirmasini toping.