Jismoniy tarbiya



Yüklə 101,24 Kb.
səhifə3/14
tarix02.01.2022
ölçüsü101,24 Kb.
#44445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
9-sinf

ONA TILI
BAYON MATNLARI UCHUN NAMUNA
KITOBXON TABIB

Bundan ming yil oldin ham Buxoro Osiyoning eng go‘zal shaharlaridan biri edi. O‘sha davrlarda shaharda katta kitob bozori bo‘lgan ekan. Bu yerda dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan kitoblar sotilar ekan. Kunlarning birida, 16 yoshli o‘spirin kitob bozoriga kelib: “Qanday kitob sotib olsam ekan?” - deya o‘ylanib turganida, bir kitobfurush: “Hoy bola, mana bu kitobni olgin, senga ko‘p foyda keltiradi”, - deya qo‘liga bir kitobni tutqazibdi. O‘spirin qarasa, Arastuning “Metafizika” asariga al-Farobiyning sharhlari ekan. Yigitcha garchi “Metafizika”ni 40 marta o‘qib chiqqan bo‘lsa ham, uning mazmuniga to‘la tushuna olmagan edi. Endi esa uning qo‘lida murakkab asarga yozilgan sodda sharhlar kitobi turardi. U kitobni katta qiziqish bilan o‘qiy boshlabdi.

Bu kitobxon yigitning ismi Husayn bo‘lib, u buxorolik mashhur tabib al - Qumriyning shogirdi edi. Husayn tabiblikdan tashqari matematika, fizika, kimyo, mantiq, biologiya, astronomiya bilan ham jiddiy shug‘ullanardi. U 18 yoshga to‘lganida ustozidan ham o‘zib ketib, Buxoroning eng mashhur tabibiga aylanadi. Shahar aholisi uni Abu Ali ibn Sino deb atay boshlaydi.

( Sa’dullo Quronov)

Topshiriqlar:

Matnga reja tuzing.

O‘z fikr-mulohazalaringizni qo‘shib bayon yozing.

INTERNET ODOBLARI

“Internet” so‘zi ajnabiy tildagi qisqartirilgan jumla bo‘lib, tilimizda “xalqaro ma’lumotlar to‘ri” degan ma’noni anglatadi. Ammo bu nom ixtiyor qilingandan keyin internetning tinmay rivojlanishi oqibatida u faqat ma’lumotlar taqdim va qabul qilish bilan cheklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi ishlarni olib borishga xizmat qiladigan bo‘lib ketdi. Hayotning barcha sohalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik foydalari ko‘zlanadigan bo‘ldi.

Tasavvur qilish uchun birgina misol keltirishning o‘zi kifoya qiladi, deb o‘ylayman. Havo yo‘li bilan safarga chiqmoqchi bo‘lgan inson oddiygina chipta olish uchun chiptaxonaga borishi, navbatga turib, chipta olishi, agar chipta u istagan kunga to‘g‘ri kelmasa, ortiga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu ish internet orqali amalga oshirilsa, juda ko‘p foyda ko‘riladi, ya’ni uyda o‘tirib, chipta sotib olinadi. Vaqti kelganda, aeroportda uchishdan oldin avtomatdan elektron chiptasini oladi. Bu ish avvalgisiga solishtirib ko‘rilsa, vaziyat ayon bo‘ladi. Chiptaxonaga borib, ovora bo‘linmaydi. Navbatga turilmaydi. Ustiga-ustak, arzonga tushadi. Chunki chiptaxona binosi, chiptachi, binoni isitish, sovutish, yoritish uchun ketadigan, yo‘lkira va shunga o‘xshash xarajatlat tejab qolinadi. Shuning uchun hozirda hamma xalqlar internetni rivojlantirish borasida qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu ishga to‘g‘anoq bo‘luvchi omillardan xalos bo‘lish yo‘llarini axtarmoqda. Internetdan foydalanuvchilar kun sayin ko‘payib bormoqda. Hamma ushbu osonlik va qulaylikdan bahramand bo‘lishga oshiqmoqda.

(“Ijtimoiy odoblar” kitobidan)

Topshiriqlar:

Matnga reja tuzing.

O‘z fikr-mulohazalaringizni qo‘shib to‘liq bayon yozing.


VAQT QADRI

Rum shahriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaharda mashhur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xohladi. Yo‘lovchi mo‘ysafiddan chevarning do‘koni qaerdaligini so‘radi.

Mo‘ysafid unga chevarning do‘koni qaerda ekanligini tushuntirib berdi va ogohlantirdi:

Bolam, u mashhur chevar bo‘lgani bilan qo‘li egri. Ehtiyot bo‘l. Mana man deganlarning matolaridan o‘zlariga bildirmay qirqib oladi.

Eh otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? O‘g‘ridan ko‘pini ko‘ribmanmi? Hali mening matolarimni o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri tug‘ilmagan!

- Bolam, u juda mohir o‘g‘ri-da!

Otaxon, mendan hech narsa ololmaydi. Manzilni ko‘rsatganingiz uchun rahmat!

Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning do‘koni tomon ravona bo‘ldi. Do‘konni qidirib topdi. Ichidan chevar chiqib keldi. Chevar shunday mulozamat qildiki savdogarga, xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. Savdogar chevarning oldiga o‘zi bilan olib kelgan qimmatbaho matoni yoydi. Chevar savdogarning o‘lchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi. O‘z ishini bajarayotib Rumning go‘zal qizlari haqida gapirardi, turli xil latifalar aytardi.

Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qahqaha otib kulardi. Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va berkitar edi. Hikoyadagi savdogar bu - siz, men, barcha insonlar. Mo‘ysafid bizga nasihat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, hikoya, ibratli voqea va hokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaho matosi esa insonning qimmatli vaqtidir. Dunyo shunday, sizga kulgili, ko‘ngilochar narsalarni ko‘rsatib, vaqtingizni o‘zining o‘tkir qaychisi bilan “zip” etib qirqib olaveradi. Buni payqamay qolasiz. Ba’zan payqaganingizda, kiyimingiz tor kelib qolgan bo‘ladi. Ya’ni vaqtimiz juda oz qolgan bo‘ladi. Vaqtni bekor sarflamaslikni bugun sizga va o‘zimga nasihat qildim.


Topshiriqlar:

Matnga reja tuzing.



O‘z fikr-mulohazalaringiz va matn mazmuni asosida bayon yozing.


Yüklə 101,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin