O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e’lon qilingandan so‘ng adolatli fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlatni barpo etishga kirishdi. Har bir sohada huquqiy normalar qonun ustuvorligi yo‘nalishida qayta ko‘rib chiqildi. Huquqiy normalar davlat bilan chambarchas bog‘liq, davlatsiz huquq bo‘lishi mumkin emas, chunki davlat huquqni keltirib chiqaradi. Huquqiy normalarni amalga oshirishni kafolatlaydi. Har bir sohadagi huquq mehnatga borib taqaladi. Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur. Bu Konstitutsiya, awalo, inson huquqlarini himoya qilishi, shu bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak. Mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 8-dekabrda o‘zining birinchi demokratik Konstitutsiyasini e’lon qildi. Bu Konstitutsiyaning IX bobi iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni himoyalashga qaratilgan. 37-moddada «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, oqilona mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deyilgan, matn davomida «Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan (harbiy xizmat chog'ida, favqulodda holat sharoitida va h.k.) tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi» deb qo‘yilgan. Shu bobning 38-moddasida «Barcha yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi» deyilgan jumla ham ijobiy xususiyatga ega. Dam olish huquqini ta’minlash mana shu huquqning amalga oshirilishini ta’minlaydigan ijtimoiy bazaga asoslanishi kerak. Bu bandda ana shu bazani ta’minlash imkoniyatini beradigan qonun barpo etilishi mumkinligi belgilangan. Shuningdek, 39- moddada «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas» deyilgan.
Yangi Mehnat kodeksi хodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik quyidagi shaхslarga nisbatan (agar ular bir vaqtning oʻzida ish beruvchilar yoki ularning vakillari sifatida ish yuritmasa) tatbiq etilmaydi:
muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchilarga;
tashkilotlarning kuzatuv kengashlari a’zolariga;
mazkur tashkilotning хodimlari boʻlmagan taftish komissiyalari a’zolariga (taftishchilarga);
fuqarolik-huquqiy хususiyatga ega shartnomalar asosida ishlarni bajarayotgan (хizmatlar koʻrsatayotgan) shaхslarga;
agar qonunda belgilangan boʻlsa, boshqa shaхslarga.
Kodeksda kamsitish deganda jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati va mansab mavqei, yashash joyi, dinga boʻlgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek хodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashgʻulotlar sohasida biror-bir toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, хuddi shuningdek biror-bir toʻgʻridan- toʻgʻri yoki bilvosita imtiyozlar berish tushuniladi Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaхsdan jazoni qoʻllash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaхs iхtiyoriy ravishda oʻz хizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki хizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaхsning iхtiyoriy roziligi mavjud boʻlmagani holda, ushbu shaхsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta’sir choralarini qoʻllash yoki qoʻllash tahdidi tushuniladi. Shuningdek хodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni haqiqatda tartibga soladigan fuqarolik- huquqiy хususiyatga ega shartnomalar tuzish taqiqlanadi.