Jamoaviylik (kollektivizm) – jamoa manfaatlari va maqsadalarini alohida shaxs
manfaatlaridan ustuvorligini qaror topitiradigan
xamda jamoaviylik birdamlik, jipslilik darajasini
yuqori qo’yadigan axloqiy tamoyil.
Jismoniy mashqlar texnikasi – jismoniy tarbiya mashqlarida xarakatlarni bajarishning eng
rasional usullari.
Jismoniy yuklama – jismoniy mashqlarni bajarishdagi yuklanish darajasi.
Jismoniy
sifatlarning rivojlanishishiga erishish uchun yuklanish va xordiqni oqilona galma-gal navbatlash va
to’g’ri taqsimlash, jismoniy mashq bajaruvchilarning
tayyorgarlik darajasi, yoshi jinsini xisobga
olish, shuningdek muayyan mashg’ulot maqsadlaridan kelib chiqib ish ko’rish talab qilinadi.
Z
Zaif eshituvchilik – eshitishning me’yordagi nutqni idrok etishga to’sqinlik
qilish
darajasidagi turg’un pasayishi. Zaif eshituvchilik konduktiv, neyrosensor
xamda aralash turlarga
bo’linishi, eshitishning pasayishi esa turli ko’rinishda bo’lishi mumkin: shivirlagan nutqni idrok
etishdagi kamchilikdan so’zlshuv balandligidagi nutqni idrok qilishdagi to’siqlargacha. Zaif
eshituvchi bolalarning nutqi turli omillarga, ya’ni eshitishning buzulish
darajasi, muammoning sodir
bo’lish vaqti, bola kamol topayotgan pedagogik sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: