Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulte
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish tartibi.
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish tegishli qonun hujjatlariga tayanib, o’zida ma’lum bir maqsad va vazifalarni jamlaydi. Xususan Prezidentning 11.04.2022 yildagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-son qarori qabul qilindi.
Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shugʻullanishlari uchun moddiy-teхnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ular oʻrtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshirish;
ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bogʻlarida sharoit yaratish va oilaviy sportni ragʻbatlantirish meхanizmlarini joriy etish;
ommaviy sport tadbirlari davomida oʻquvchilari gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari mehnatini munosib ragʻbatlantirishva ularning faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratish.
Hujjat bilan Mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
2022 yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda 30 iyun - Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida oʻtkaziladigan "Yoshlar forumi" doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaхmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy etiladi:
birinchi bosqichda - koʻchalararo mahalla musobaqalari;
ikkinchi bosqichda - mahallalararo sektor musobaqalari;
uchinchi bosqichda - sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
toʻrtinchi bosqichda - tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
beshinchi bosqichda - viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.
2023 yil 1 martdan boshlab olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi
Yuqorida koʻrsatilgan musobaqalar davomida gʻoliblarni tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-ta’lim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:
tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - ikkinchi malaka toifasi;
viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - birinchi malaka toifasi;
respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun - oliy malaka toifasi.
Bu kabi tadbirlar albatta xalqimizning orzu umidlari, maqsad va istaklari ko’lamida o’tkazilishi hammaga ayon.
Hozirgi davrda ishlab chiqarish moddiy va ishlab chiqarish moddiy va ijtimoiy jarayonlarni o'z ichiga oluvchi boshqarish faoliyatlarida, davlatning rejalashtirish vazifalari muhim ahamiyatga egadir. Haqiqatdan ham ijtimoiy taraqqiyotda, shuningdek respublika jismoniy madaniyat harakatida ham barcha ko'rsatkichlar, faoliyatlar bo'yicha rejalashtirish ishlari yanada muntazam ravishda takomillashtirib boriladi. Bu masalalarni bevosita respublika jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasi hamda uning quyi organlari, turli vazirliklar, idoralar, jismoniy madaniyat harakatining xavaskor organlari tomonidan amalga oshirib boriladi. Jismoniy madaniyat va sportni rejalashtirish ilmiy texnika hamda sport taraqqiyollari natijalari asosida barcha faoliyatlarni ilmiy ravishda belgilab berishdir. 52 Jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish rejasini muhim ijtimoiy vazifalari quyidagicha bo'lishi mumkin: - Jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini o'stirish sur'atini oshirish; - Aholining sog'ligini yashilash, ularning qobiliyat va ijtimoiy faolligini ishlab chiqarishning iqtisodiy manfaatdorligini ya'ni moddiy va madaniy hajmini ko'paytirish; - Aholining har tomonlama rivojlanish qobiliyat larini va yuqori malakali sportchilarning mahoratini oshirish; - Yoshlarni sportga keng jalb qilish; - Jismoniy madaniyat harakatining tarbiyaviy mohiyati, yangi insonni rivojlantirishdagi rolini oshirish va h.k. Shuni e’tiborga olish kerakki, jism oniy madaniyat va sport ishlari umumdavlat jihatidan rejalashtiriladi. Bu o'z navbatida esa turli vazirliklar, idoralar va kasaba uyushniasi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda kasaba uyushmalarining ko'ngilli sport jamiyati kengashlari, «Yoshlik», «Talaba», «Kamolot», vatanparvar tashkilotlari, ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik tashkilotlari va boshqa shunga o'xshagan jamiyatlar ham asosiy rolni o'ynaydi. Rejaning ko'rsatkich tizimiga quyidagi asosiy yo'nalishlar kirishi mumkin: a) jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilarning sonini aholi soniga nisbatan foiz hisobida, idoraviy va quyi jamoalar rejasida ishlovchilar, o'quvchilar, turar joylarda, maxsus testlar majmuasi bilan shug'ullanuvchilar soniga nisbatan foiz hisobida tuzish; b) «Alpomish», «Barchinoy» majmuasi nishondorlarini tayyorlash; v) razryadli sportchilar tayyorlash; g) sport ustalarini tayyorlash; d) kadrlar tayyorlash; 53 e) sport inshootlarini kengaytirish, busog'lom lashtirish — sport onugolilari, shahardan tashqari sayohat bazalari, sport - niehnnl orom gohlari ham kiritiladi. z) tashkiliy va targ'ibol tadbirlari. Respublikada jismoniy madaniyat va sport ishlarini rivojlantirishning muqobil va joriy rejalari mavjud, bular ham o'z navbatida yillik kvartal, oylik, haftalik va kunlik rejalarga bo'linadi. Bunda quyidagilar aks ettiriladi:
1. Muntazam ravishda jismoniy madaniyat va sport bilan shug'iillanuvchilar soni. 2. Sport inshootlarida va muassasalardagi ishlarning hajmi.
3. Bir yilda tayyorlangan maxsus testlar majmuasi nishondorlari soni.
4.Jismoniy madaniyat va sport ishlarini rejalashtirish respublika jismoniy tarbiya va sport Davlat qo'mitasi va uning quyi organlari hamda jamoyat tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Quyi tashkilotlarda tuziladigan ish rejalarining ba'zi bir namunalarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy tarbiya jamoalarining ish faoliyatida, ayniqsa sport musobaqalarini o'tkazish uchun Nizomlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. O'tkaziladigan yirik musobaqalar, sport turlari bo'yicha birinchiliklar, maxsus testlar majmuasi normalarini topsliirish va boshqa musobaqalar uchun alohida Nizomlar tayyorlanadi. Bunda Nizomlarni tuzishda quyidagi holatlar albatta e’tiborga olinadi:
1. Musobaqaning maqsadi va vazifalari . Bunda yoshlarni sportga jalb qilish, terma jam oalar tuzish, iqtidorli sportchilarni saralash kabi maqsadlar qo'yiladi. Shuningdek jismoniy tarbiya va sportni xalqqa targ'ibot qilish, sportning ommaviyligini 63 oshirish, bayram larni sportdagi yutuqlar bilan munosib kutib olish kabi vazifalarni qo'yadi.
2. Musobaqalarni o'tkazish muddati. Nizomni tayyorlashda niusobaqani o'tkazish muddatini aniq belgilash muhim ahamiyatga ega. Chunki sport turining xususiyati, ob-havo sharoiti, mehnat yoki o'quv jarayonini hisobga olishga to'g'ri keladi.
3.Musobaqalarga rahbarlik . Sport musobaqalarini o'tkazgan tashkilot, ularga rahbarlik qilish yo'llari, asosiy shartlar bu erda aniq ko'rsatilgan.
4.Musobaqalarda qalnashuvchilar . Bu bo'limda sport turlari yoki har bir turdagi ko'rsatkichlar bo'yicha o'tkaziladigan talablar ko'rsatiladi. Musobaqalarda qatnashuvchilar (yoshi, tayyorgarligi, vazni va h.k.) aniq belgilanadi.
Ma'lumki barcha jismoniy madaniyat jamoalarida ko'p qirrali va tarmoqli ishlar olib boriladi. Bu faoliyatlarni tashkil qilish va amalda bajarish uchun ba'zi bir rejalashtirish ishlari ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu sababdan yuqorida ko'rsatilgan turli rejalarni talabalar va yosh mutaxassis xodimlar to'la o'zlashtirib olishlari, unda o'quv amaliyoti hamda ish jarayonlarida ijodiy ravishda foydalanishlarini tavsiya etish maqsadga muvofiq boladi.
Davlatni idora qilish, jamiyatni boshqarishga bo'lgan talablar ijtimoiy tuzum va rahbarlik qilish jarayonlariga qarab o'zgarib turadi. Davlatning va uning barcha tarmoqlarini boshqarish, shuningdek jismoniy madaniyat va sport harakatini idora qilishning o'ziga xos talablari bo'lsada, u davlatni idora qilishning eng yuqori tashkilotlari izmida bo'ladi. Shu sababli quyidagi talablarga rioya qiiadi:
1 .MILLIYLIK PRINSIPI . Ijtim oiy boshqaruvchilik siyosiy xarakter kasb etadi. Har bir jamiyatning xususiyatiga qarab boshqaruvchilik ham o'sha jamiyat uchun xizmat qiiadi. Jismoniy tarbiya va sport harakati ijtimoiy tuzum va jamiyatga xos ish tutadi.
2. DEMOKRATIK PRINSIP . Jismoniy madaniyat va sport harakatini boshqarishda ommaning qiziqishi, talabi va e’tiqodini e’tiborga olish uchun demokratiyaga to'la amal qilinadi. Rahbar kadrlarni saylasli, ular omnia o'rtasida vaqti-vaqti bilan hisobot berib turishi, quyi tashkilotlar yuqori tashkilotlar oldida bo'ysunislii, ozchilik ko'pchilikka bo'ysunishi, qattiq intizom saqlanislii lozi. Bu esa demokratiyaning odilona ish uslubidir.
3.ILMIYLIK PRINSIPI. Fan bilan amaliy ishlarning hamkorligi bu printsipni taqozo etadi. Respublikada bu sohada ko'pgina ilmiy markazlar, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishida ham anchagina idoralar, muassasalar bor. Ular jismoniy madaniyat, sport xalq milliy o'yinlari va sayohatni rivojlantirish, unga rahbarlik qilish shakl va usullarini ko'rsatib turadi, tajribada sinalgan ilg'or yutuqlarga tayaniladi. Sport tashkilotlari bunga amal qilishlari lozim bo'ladi. 4.HAQOONIYLIK PRINSIPI . Bu jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish, hisobga olish va nazorat qilish, u mu in an barcha boshqarish faoliyatlarida qo'llaniladigan muhim jarayonlardan biri hisoblanadi.
5. Jismoniy madaniyat va sport harakatida ijtimoiy hamdo'stlik, qonunchilik, kompleks va uzviylik, foydalilik, optiniallik, asosiy tarmoqlilik, nazoratning uzviyligi, stimul, davat va jamoatchilikning bir-biriga bog'liqliligi, ommaviy jismoniy madaniyat va sport bilan sport mahoratini oshirishning, boshqarish bilan tarbiyaning birdamligi, lerritorial-tarmoq printsiplari mavjuddir.
Sport tadbirlari ommaviy tarzda tashkil etilganda:
Jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotida umumxalq jismoniy madaniyatni boshqarish nazariyalari vujudga kelgan. Ular asosan quyidagilardan iborat:
- Jismoniy madaniyat
- Sport
- Jismoniy madaniyat harakati
- Boshqarish tizimi
- Jismoniy tarbiya —sog'lomlashtirish ishlari
- Sport m usobaqalari ta r tib i - Xalq milliy o'yinlari.[2]
Bu tushunchalar asosan jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanida batafsil berilgan. Shundan bo'lsada ularga qisqa tushunchalar berilgan. Jismoniy madaniyat tushunchasi ko'proq jismoniy rivojlanish ma'nosini beradi. Lekin nazariyotchilar, mutaxassislar jismoniy madaniyatni ijtimoiy madaniyatning bir qismi deb talqin qilishmoqda. Uinuman olganda, jamiyat taraqqiyotida, uning yashash mehnat qilish jarayonida jismoniy madaniyat ehtiyojga aylanayotgan muhim jarayonlardan biridir. Shu sababdan alioli o'rtasida jismoniy tarbiya ishlarini to'g'ri, mazmunli va qiziqarli darajada tashkil qilish, boshqarish muhim ahamiyatga ega bo'lgan faoliyatdir. Sport —muayyan vazifalar va maqsa dlar yo'lida jismoniy mashqlarni bajarish, mahorat orttirish, organiziiining funktsional imkoniyatlarini ishga solgan holda yuqori natijalarga erishish demakdir. Bu soha ham maxsus tashkiliy va boshqaruvchilik jarayonlarini talab etuvchi muayyan va zarur faoliyatdir. Ijtimoiy sharoitda fan yutuqlari, yangi texnika bilan bog'lanmagan soha yo'q, jismoniy tarbiya va sport sohasida ham barcha ishlarni ilmiy asosda va yangi texnik vositalar yordamida boshqarish talab etiladi. Sport musobaqalarida tablolarning ishlatilishi, elektron mashinalarning hakamlik qilislii, vaqti, shuningdek ilmiy tadqiqot ishlarining amalda qo'llanilishi, rahbarlik ishlarida e'tiborga olib borilishi buning guvohidir.
Keyingi yillarda faqat viloyatlar, tumanlar miqyosida emas, balki quyi jismoniy tarbiya jamoalarida ham sport musobaqalarining turlari ko'payib bormoqda. Ularni o'tkazisli tartiblarini ishlab chiqish, boshqarish zaruriyati tug'ilmoqda. Shu sababdan musobaqalar o'tkazishni bir tartibga solish zarur. Yuqorida qayd qilingan jarayonlar jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish usuli 16 hisoblanadi, ya'ni ma'luni funktsiyalarni amalga oshirish yo'llari, usullari, munosabatlari deyiladi. Jismoniy madaniyat va sport harakatini boshqarishiiing muhim usullaridan iqlisodiy tashkilotchilik, ahloqiy-psixologik usullar va o'zaro musobaqalar o'tkazish usullari hisoblanadi. Hozirgi muhit sharoitda jismoniy tarbiya va sport harakati qonuniy boshqaruvchilik organlardan biriga aylanib qolishi muqarrar haqiqatdir. Chunki aholining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanib o'z sog'liqlarini mustahkamlashi, mehnat qobiliyatini oshirishi, ongli ravishda jismoniy mashqlarning organizim uchun foydaliligini tushungan holda unga e'tibor berishi odatga aylanib qolgan. Shu sababdan maktabgacha bolalar muassasalari, barcha o'quv yurtlari , harbiy xizmatda jismoniy tarbiya _ asosiy mashg'ulot sifatida o'tkaziladi. Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar, idoralar muassasalarda ishlab chiqarish gimnastikasi, sayohat va xalq milliy o'yinlari sog'lomlashtirish mehnat uiiumdorligiiii oshirish maqsadida qo'llanih kelinayotgan muhim omillardan biriga aylangan. Bu jarayonlarni boshqarish, tashkil qilish uchun davlat tomonidan tegishli tashkilotlar tuzilgan va ularning faoliyatini yaxshila uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berib qo'yilgandir. Respublikada jismoniy madaniyat va sport harakatini yanada takomillashtirish, uning boshqarish organlari faoliyatini yaxshilash maqsadida Respublika Oliy Majlisi, kasaba uyushmalari federatsiyasi va boshqa mas'ul vazirliklar, idoralar tomonidan tegishli qonun va qarorlar chiqarib borilmoqda.