Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining maqsadi va vazifalari



Yüklə 32,72 Kb.
səhifə2/4
tarix05.05.2023
ölçüsü32,72 Kb.
#108295
1   2   3   4
Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulte

Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining maqsadi va vazifalari.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shartsharoitlar yaratish zarurati mavjud. Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish,
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish; davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazish; joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish; O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida «Bolalar sport o‘yinlari»ni o‘tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Talabalar sport o‘yinlari»ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish; aholining keng qatlamlari, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida «Umumta’lim maktab sporti» festivali, «Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa» ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim maktabi, professional va oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish kabi ulug’vor maqsadlar ko’zlangan hisoblanadi.
Ma’lumki, jismonan sog’lom, bilimli va ma’naviy yetuk insonni tarbiyalash masalalari jahon, ayniqsa, Sharq faylasuflari hamda mutafakkirlari tomonidan chuqur o’rganilgan. Chunonchi, Arastu, Farobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Alisher Navoiy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Qubro kabi ulug’ allomalarning asarlari va nazariy ta’limotlari shular jumlasidandir. Qolaversa, yurtimizda azaldan yoshlarni aqliy va jismoniy jihatdan uygun tarbiyalashning milliy an’ana va qadriyatlarimizga mos qoidalari, ularni amalga oshirishning sharqona uslub va shakllari bo’lgan. Yosh avlodni ham jismoniy, ham aqliy jihatdan yetuk va komil etib tarbiyalash vazifasi qo’yilgan davrlarda ikki tarbiyaviy yo’nalishni uyg’un holda olib borish va samaradorligini ta’minlash bosh masala hisoblangan. Shu tufayli ajdodlarimiz o’z milliyligani, ma’naviy boyligini saqlabgina qolmasdan, ezgulik, taraqqiyot, ma’rifat, mustaqillik sari intilganlar. Millatimizga hos ana shunday obyektiv intilish,millatparvarlik,vatanparvarlik, insonparvarlik kabi fazilatlarChulpon, Bexbudiy, A.Avloniy kabi buyuk mutafakir xamda ma’rifatparvarlar xatti-harakatlari tufayli sayqal topib bordi, xalqimiz har qanday og’ir sharoitda xam sog`lom va yetuk farzandlar tarbiyalash ustivor hisobladi. Bu faollik nafaqat dehqonchilik, bog’dorchilik, chorvachilik, hunarmandchilikni, sanoat va qurilishni rivojlantirada, balki jamiyat va oila hayotida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’zaro uyg’unlashtirishda ham namoyon bo’lgan. Jismoniy va intellektual yetuk insonning faoldigi, aql-zakovati, kuch-qudrati quyidaga yo’nalishlarda, ayniqsa, zarur va samaralidir. Birinchisi - haqiqatni bilish; ikkinchisi -Sobiq tuzum davrida siyosiy, mafkuraviy va ijtnmoiy muhit yoshlarning jismonan sog’lom, har tomonlama komil inson bo’lib voyaga yetishlariga to’sqinlik qilardi. Qishloq hududlaridagi maktablarning moddiy-tehnik bazasi nochor bo’lgani, milliy sport o’yinlarimizning deyarli yo’qotilgani jismoniy tarbiya va sportning darajasiga, bu boradagi tarbiyaviy ishlar saviyasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgan kundan boshlab yoshlarning jismoniy-intellektual resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy va tashkiliy shart-sharoit yaratish imkonyatlari ham paydo bo’ldi. Mamlakatimizda ta’lim va sport tizimidata islohotlarni uyg’un tarzda jismonan sog’lom, aqlli va bilimli yoshlarni tarbiyalash maqsadiga yo’naltirish bo’yicha kupgina amaliy ishlar qilinmoqda. Ishlab chiqarishda esa, mehnat unumdorligini oshirish omili sifatida tabiiy resursdgsh odiiadigan mahsulot hajmini oshi- ishga katta e’tibor qaratilmoqda. Biz mazkur yo’nalishga asosan insonning barkamollik darajasini sifat na miqdor jihatdan ko’rsatuvchi "jismoniy-intedlektual resurs" degan tushunchani qabul qildik. U, asosan, foydadanish mumkin bo’lgan boylik va imkoniyat, odamlarning turmush sharoi-tini yaxshilash uchun ishlatiladigan zaxira ma’nosida qo’dlanilgan. "Intellekt" so’zi esa aql-idrok, zehn ma’nosini bildirib, kishilarning ma’naviy yetukligini ham ifoda etadi. Shunga ko’ra, jismoniy va intellektual resurslarni bir-biridan ajratmagan holda, o’zaro uyg’unlikda rivsjlantirish yoshlardagi yillar davomida shakllangan har ishga jismoniy-intelektual salohiyatdan yaratuvchanlik, salomat-lik, barkamolik va go’zaldik manbai, mamlakat iqtisodiy-ijtimoi:y taraqqiyotini, xalq -turmushi tobora yaxshidash va Vatan xavfsiz-ligini ta’mshndash vositasi sifatida foyda-lanish: imkonini beradi. «XXI asrda tashqi davlat qudratli, qanday xalq kuchli bo’ladi? Mamlakatimizda ijtimoiy faol fuqaro, mustaqil shaxs, barkamol inson tarbiyasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar o’sib kelayotgan yosh fuqarolarning avvalo o’z haq-xuquqini taniydigan va buning uchun kurasha oladigan, ikkinchidan, o’z kuchi va imkoniyatlariga (resurslariga) tayanadigan, uchinchidan, atrofda bo’layotgan voqya xodisalarga mustaqil munosabat bildira oladigan, to’rtinchidan esa, mamlakat va halq manfaatini shaxsiy manfatidan yuqori ko’yadigan insonlar. Bu talablarga to’diq javob bera oladigan komil insonlarni tarbiyalash uchui ularning jismoniy-intellektual salohiyatlarini ro’yobga chiqarish imkoiiyatlarini oshirish lozim. Mazkur talab ommaviy sportni Kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida bosqichma-bosqich keig rivojdantirish va amadga oshirib borishni taqozo qiladi. Jismoniy madaniyat va sport ishlarini tashkil qilish va uni boshqarishni o'rganishda, jismoniy tarbiya va sprotga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtlarida, maxsus fan sifatida, «Jismoniy madaniyat va sportni tashkil qilish>> fani o'qitilib kelinayotganligi alohida alianiiyalga ega. Bu fan 1948 yildan boshlab mustaqil hin sifatida shakllandi. 1954-1958 villarda «Jismoniy inadaniyatni tashkil qilish» degan ilk o'quv qo'llanmalari yaratildi. 1961-1965 villa rda jismoniy tarbiya o'quv yurtlari«Jismoniy m adaniyatni tashkil qilish» qo'llanm asi vujudga keldi. 1971 yilda esa «Jismoniy madaniyat harakatini boshqarish» nomli birinchi darslik tayyorlandi. 1987 yilda «Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish* degan yangi darslik tayyorlandi. Bu darslikdn afsuski jismoniy madaniyat harakatini boshqarish tizimlari, vazifalari, funktsiyalari, turli tarm oqlarda sport ishlarini rejalashtirish, isli hisobini yuritish, musobaqalar o'tkazish kabi muhim faoliyatlarga etarlicha e’tibor berilmadi. Nihoyat 1988 yilga kelib respu blikada «Fizkultura harakatini kengaytirish yo'llari» (Abdumalikov R., Yunusov G.T., Akramov A.K., 1988 yil) qo'llanmasi yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy modeliga mos ravishda shakllantirilgan uzluksiz ommaviy sport harakati jismoniy-intellektual resurslarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchlardan biri sifatida umumiy o’rta, o’rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quv-chilari hamda oliy o’quv yurtlari talabalarining jismoniy tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlaydi Jismoniy-intellektual resurslarni o’zaro rivojlanti-rish, tasarruf etish jarayoni tabiiy resurslardan foyda-lanish jarayonidan tubdan farq qiladi. Barkamol insonni shakllantirish jarayoni jismoniy-intellektual resurslardan foydalanish va ularni rivojlan-tirish ishini milliy-ma’naviy resurslar bilan uyg’unlash-tirgan holda olib borishni talab qiladi. Demak, jismoniy-intelektual re-surslar tabiiy resurslardan ham miqdoriy, ham sifat jihatidan davriy takrorlanishi va qaytarilishi bilan farq qiladi. O’zini fiziologiak jihatidan qayta tiklash va kamol toptirib borish jismoniy-intellektual resursning o’zidan keyingi bosqichi imkoniyatlari miqdor va sifat jihatidan samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Bu avlodlarniig genetik o’zgarishiga ijobiy ta’sir qilib, ularni har jihatdan barkamollashtirish xususiyatiga ega. Ya’ni, jismoniyintellektual resurs, o’zini yana qayta sifatli qilib yarata oluvchi kuchdir. Inson barkamolligini belgilovchi uch asosiy omil -jismoniy, aqliy va ma’naviy salohiyat jamiyatda mislsiz ijobiy o’zgarishlar joriy etish imkoniyatiga ega. Bu, avlodlar hayotida yanada yangilanib, rivojlanib, yanada yangi mazmun-mohiyat kasb etib boraveradi. Barkamol avlodning shakllanishi, ulardagi intellektual va jismoniy resurslarning ortishi yoki, aksincha, kamayishi jamiyatning har bir a’zosi ma’naviy salohiyatiga bog’liq. Jismoniy-intellektual resursning yaratuvchanlik harakati uning muntazam rivojlanib borishini kafolatlaydi. Komil insonning jismoniy va intelektual qobiliyati ma’lum davrda qanchalik rivojlanib bormasin, maishsiy xususiyatlar, xalqning turmush tarzi va kayfiyatlarini e’tiborga olgan holda, jamiyat ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqib, kompleks yo’naltirilmasa, to’liq barkamol bo’la olmaydi. Negaki, jismoniy chiniqish, intellektual qobiliyat hamda manaviy yetuklik barkamol inson resursni to’la shakllantiruvchi asosiy ustunning tarkibiy qismlaridir. Ma’lumkm,oyoqda o’rnatilgan konussimon qurilmalar juda mustahkam bo’ladi. Xuddi shuningdek, barkamollik-jismoniy, aqliy, ma’naviy ustunlari mustahkam poydevor sifatida yuklanganidagina jamiyat va davlat manfaatlariga samarali xizmat qila boshlaydi. Jismoniy yetuklik intellektual va ma’naviy kamolot bilan uyg’un shakllanmasa vayronkor yoki buzg’unchi kuchga aylanib ketishi mumkin. Jismoniy-intellektual va ma’naviy resurslar doimo yangilanadigan kuch, tuganmas yaratuvchanlik energiyasi hamdir. Barkamol avlodning mavjud saloxiyati jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan yuksalib borishi natijasida jamiyat Prezidentimiz aytgan yuksalish-portlash effektiga tez erishadi. Bu, o’z navbatida, jamiyat rivojlanishini yanada tezlashtiradigan bunyodkorlik kuchini ruhlantiradi. Shu bois inson vujudidagi jismoniy, aqliy va ma’naviy qobiliyatlar mujassamlansa, bunyodkor kuch sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur harakat O’zbekistonda barpo etilayotgan yangi jamiyat taqdiriga daxldor masala sifatida e’tirof etilgan. Uzluksiz ommaviy sport harakatlari jismoniy-intellektual salohiyatai yuksaltirish omillaridan biri ekan, mana shunday rejali harakat orqali barkamol avlodni shakllantirish, jamiyatimiz hayotini ma’naviy yangilash, millati, tili va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, har bir O’zbekiston fuqarosining yurtimizning buyuk kelajagi poydevorini mustahkamlashga safarbar etish bosh maqsad bo’lib qolaveradi. Yuqoridagi mulohazalarni e’tiborga olgan holda, ushbu ishlar jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz jismoniy-intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarish, bu boradaga zaxiralarni tarbiyalash va kamol toptirishning o’rni va ahamiyati tadbiq etiladi. Unda keyinga yillarda mazkur yo’nalishda olib borgan kuzatishlarimiz, mustaqillik yillarida yurtimizda jismoniy-intellektual resurslar samaradorligini oshirish, ularni to’g’ri boshqarish borasida qilingan salmoqli ishlar, bu sohada istiqbolda qilinadigan vazifalar tahlil etildi. Bu boradagi ishlar aniq maqsadga yo’naltirilgani bois mazkur mavzudagi tadqiqot dastlabki tajriba bo’lib inson vujudida uyg’unlashgan jismoniy aqliy va ma’naviy resurslarni bunyodkor kuch manbai sifatida belgilandi. Qisqa davrda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar ko’lami, O’zbekistonning bu boradagi tajribasi jahonda e’tirof etilib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga hamda Xalqaro olimpiya harakatiga qo’shgan kata hissasi uchun 1996 yilda Xalqaro Olimpiya qo’mitasining oliy mukofoti – Oltin Olimpiya ordeni bilan taqdirlandi. O’zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan 1996 yilda Toshkent shahrida «Olimpiya shon-shuhrati» muzeyi tashkil etilib, uning ochilish marosimida Xalqaro Olimpiya qo’mitasining Prezidenti X.A.Samaranch qatnashdi. Respublika Prezidentining tashabbusi tufayli sportning o’yin turlari bilan birgalikda, taraqqiy etgan davlatlardagina rivoj topgan katta tennis mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy ravishda, tez sur’atlar bilan o’sdi. Bir necha yilda jahon andozalari talablariga javob beradigan tennis saroylari va kortlari Qoraqolpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarida bunyod etildi, ular negizida turli darajadagi xalqaro musobaqalar o’tkazilib kelinmoqda.
Hukumatimiz tomonidan:
-Jismoniy tarbiya va sportni tashkil eti shva boshqarish tizimini takomillashtirish; -
-Jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish, ommaviy-sport ishlari va sportning milliy turlarini rivojlantirish;
-Jismoniy tarbiya hamda sportni ilmiy-uslubiy va tibbiy ta’minlash; 4.Jismoniy tarbiya va sport tizimi imkoniyatlarini rivojlantirish;
-Jismoniy tarbiya va sportni targ’ib qilish;
-Jismoniy tarbiya va sport sohasida mablag’ bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish, nodavlat sektorini rivojlantirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.[1]
Mamlakatda yosh avlodning jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlash, sog’lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni rivojlantirish, joylarda bolalar sportining moddiy bazasini yaratish, aholi yashaydigan joylarda zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo etish hamda sport uskunalari va jihozlari bilan ta’minlash ishlarini yanada faollashtirish maqsadida, 2021-yilda «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Jamg’arma homiylik kengashining raisi etib saylandi. Qoraqolpog’iston Respublikasi Jo’qori Kenges raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari mintaqaviy filiallar homiylik kengashlarining raislari etib tayinlandilar. Sport mashg’ulotlariga o’quvchilarni ommaviy ravishda, uzluksiz jalb qilishni tashkil etish maqsadida, «O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini iashkil etish to’g’risida» 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida mamlakatda umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» musobaqalarining hududlarda respublika final bosqichlarini o’tkazish rejasi belgilandi.


    1. Yüklə 32,72 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin