Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti


Xodimlarni boshqarish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə3/10
tarix05.12.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#173733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
korxona xodimlari mehnatini rag\'batlantirish

Xodimlarni boshqarish tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi.

  1. Ish sharoiti

  2. Mehnat munosabatlari

  3. Kadrlarni hisobga olish va rasmiylashtirish

  4. Xodimlarni rejalashtirish va xodimlar marketingi

  5. Kadrlarni rivojlantirish

  6. Mehnatni rag`batlantirish va vositalarini takomilashtirish

  7. Huquqiy hizmat

  8. Sotsial tuzilmani rivojlantirish

  9. Boshqarishning tashkiliy tarkibini ishlab chiqish tizimi


Mavjud xodimlarni baholashda. Eng avvalo ularning shakllanishiga ta`sir etuvchi tashqi omillarga, xususan mehnat bozoridagi vaziyatga e`tiborni qartmoq lozim. Zero, mehnat bozoridagi holat ko`p jihatdan quydagilarga bog`liq:

  • Aholi soni, yoshi, jinsi salmog`idagi o`zgarishlarga;

  • Tarmoq va hududiy bandlikdagi o`zgarishlarga ;

  • Qo`shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga ;

  • Ishlab chiqarish hajmi, tarkibiva o`sish suratiga;

  • Mehnat resurslarini boshqarish usuliga vahk.

  • Mehnat resurslariga bo`lgan talabni rejalshtirish xodimlarni rejalashtirish jarayonining boshlang`ich bosqichi bo`lib, uni tuzishda quydagi ma`lumotlar asosiy vazifani o`ynaydi

  • Mavjud va rejalshtirilayotgan ish joylari

  • Tashkiliy va tehnik tadbirlar rejasi

  • Shtatlar ro`yhati va bo`sh lavozimlarni to`ldirish rejasi




    1. Jizzax neft baza” MChJ korxonasining boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish.

Ilmiy ostida boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni tushunish kerakki, u fan yutuqlari va ilg'or tajriba, xo'jalik yuritishning ilg'or shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo'llashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir birlari va ishchilar bilan, hamda ishlab chiqarish (tijorat)ni boshqarish va muxandislik-texnik va iqtisodiy ta'minlash vazifalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar bilan o'zaro hamkorligini yaxshiroq tarzda o'rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog'liklarini saqlab qolgan holda oshirishdan iboratdir.
Bizning mamlakatimizda avvaldan boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish va takomillashtirish faoliyatini belgilash uchun "mehnatni ilmiy tashkil qilish" (MITQ) atamasidan foydalanilgan bo'lib, u ishlab chiqarish va boshqaruv jarayon lariga nisbatan tubdan farqsiz bo'lgan. Taxminan 60 yillarda "boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish" (BMITQ) atamasi ajralib chiqqan. Bunga korxonalarga boshqaruv mehnatini oldindan tashkil qilishni talab qiluvchi hisoblash texnikasining qudratli vositalarini tadbiq etilishi yordam bergan.
Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish o'z ichiga quyidagi yo'nalishlarni oladi:
- xodimlar mehnatini taqsimlanishi va ularni ham korxona ko'lamlarida, va ham har bir bo'linmalar doirasida kooperatsiyalashuvi;
- xodimlarni tanlash va joy joylariga qo'yish va lavozimli vazifalarga muvofiq ularning malakalari darajasini ta'minlash;
- boshqaruv xodimlarining ularni boshqarish bo'yicha ishlab chiqarish jamoasi tarkibidagi va uni muxandisi-texnik ta'minlash bo'yicha faoliyatini tashkil qilish;

- ish joylarini tashkil qilish va jihozlash;


- ishning ilg'or usullaridan foydalanish;
- mehnatning qulay sharoitlarini yaratish;
- mehnatni me' yorlashtirish;
- boshqaruvning texnik vositalari, axborot texnologiyalari, shaxsiy kompyuterlardan foydalanish;
-mehnatni rag'batlantirish.
Keyinchalik (70 yillarning boshlarida) bizning mamlakatimizda BMITQ rivojlanish tendensiyalarini aks ettiruvchi "tashkiliy loyihalashtirish" tushunchasi paydo bo'lgan. Tashkiliy loyihalashtirish bu boshqaruv mehnatini boshqaruv apparati ishining samaradorligini oshirish maqsadida MITQ talablari va zamonaviy tashkiliy va hisoblash texnikasi bazasida ratsionallashtirish loyihalarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayonidir. Tashkiliy loyihalashtirishni quyidagi asosiy yo'nalishlari bo'yicha amalga oshirish taklif qilingan:
 boshqaruv apparatining tashkiliy va vazifaviy tuzilishini ratsionallashtirish;
 ishlarning asosiy va eng ommaviy turlarini bajarish texnologiyasi, mehnat sharoitlari va xodimlarning ish vaqtidan foydalanishni ratsionallashtirish;
 boshqaruvning ushbu apparati faoliyatini hujjatlashtirish va hujjatlar bilan ta'minlashni ratsionallashtirish;
 boshqaruv apparatini tashkiliy va hisoblash texnikasi bilan jihozlanganligini oshirish va xodimlar mehnatini avtomatlashtirish.
Xorijda yana boshqaruv mehnatini takomillashtirish (ratsionallashtirish) jara yonini ta'riflovchi bir qator atamalar qo'llaniladi. Masalan, AQShda "Tizimlar va usullar", "Tizimli loyihalashtirish", "Biznes jarayonlarning reinjiniringi", Buyuk Britaniyada "Ishni tadqiqot qilish" va "Tashkil qilish va usullar" atamalaridan foydalaniladi.
Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish zaruriyati bizning mamlakamizda xorijga nisbatan yaqinda, ya'ni XX asr 50 yillarning oxiri va 60 yillarning boshida vujudga kelgan. Xorijiy mualliflar "ma' muriy boshqaruvdagi inqilobni" boshqaruv apparati va unga xarajatlarni o'sishi, ma'muriy (idora) ishining hajmlarini o'sishi, korxonalarda boshqaruv vazifalarining yangi turlari (reklama faoliyati, ijtimoiy sug'urta, jamoatchilik bilan aloqalar va h.k.) paydo bo'lishi, axborotlar va hujjatlar aylanishi hajmlarini keskin o'sishi va buning natijasida boshqaruv mehnatini aniq tashkil qilish, boshqaruv jarayonlarini ratsionallashtirish, ya'ni boshqaruv faoliyatini takomillashtirish bo'yicha majmuaviy harakatlar zarurligi bilan bog'laydilar.
Rahbar, mutaxassis ishini ratsional tashkil qilish barcha bajarilayotgan ishlarni hisobga olish, o'z ish vaqti ustidan mantazam ravishda nazorat qilish, ish vaqti xarajatlari tuzilishini o'rganishni taqozo qiladi. Bu ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish, shaxsiy ish va boshqaruv xodimlari mehnatini ilmiy tashkil qilish bo'yicha tadbirlarning asoslangan rejalarini tuzishga imkon beradi. Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini o'rganish uchun qo'yidagi usullardan foydalanish mumkin:
- anketali va og'zaki so'rovlar, u xodimning uning mehnati qanchalik ratsional tashkil qilinganligi haqidagi fikrini o'rganish maqsadida o'tkaziladi: xodimning nuqtai nazaridan uning vazifasi aniq belgilab berilganmi, unga o'z vazifasiga kirmagan ishlarni bajarishga to'g'ri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), uning ishi rejalashtiriladimi va rejadan tashqari ishlarning salmog'i qanday, ish vaqtini yo'qotilishlari bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy texnikaning vositalari qo'llaniladimi (ulardan foydalanish), xodimni uning ish joyini tashkil qilinishi va mehnat sharoitlari qanoatlantiradimi va, nihoyat, xodimda mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar bormi;
- ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtirilgan davri davomida uning xarajatlarining tuzimini belgilash uchun qo'llaniladi. Bunda ish vaqti sarflanishini o'rganish vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini ularning haqiqiy izchilligi tartibda kuzatish va o'lchash yo'li bilan o'tkaziladi. Ish vaqtini suratga olish maxsus ajratilgan shaxs tomonidan o'tkaziladi,u yoppasiga (ya'ni, butun ish kuni davomida) yoki tanlovli bo'lishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar (ish turlari) bo'yicha, shu jumladan takrorlanuvchilarn, hamda ishning alohida davralari (davrlari) bo'yicha o'rganiladi;
- ish vaqtini o'zini o'zi suratga olishda ish vaqtini sarflanishini hisobga olish bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. U o'zini o'zi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda barcha bajariladigan ishlar yoki soatning ma'lum qismini tashkil qiluvchi qayd etilgan oraliqlardagi tanaffuslar ro'yxatga olinadi;
- bir zumli kuzatishlar usuli, har xil kategoriyali MTX va xizmatchilar mehnatining mazmuni va ish vaqtini sarflanishini o'rganish uchun qo'llaniladi. Kuzatishlarni o'tkazish tamoyili va uslubiyoti ishchilar mehnatini sarflanishini o'rganish kabidir, faqat ba'zi bir xususiyatlar mavjud. MTX va mutaxassislar mehnatiga nisbatan qayd etish payti deb kuzatiluvchini kuzatuvchi nazar doirasiga tushgan paytini hisoblash kerak . Xodim ish joyida yo'q bo'lganda kuzatuvchi uni yo'q bo'lganligi sabablari haqidagi ma'lumotlarini qayd daftarda qilingan yozuvi bo'yicha olishi mumkin.
Mehnatning mazmuni va vaqtni sarflanishi tuzilishini o'rganishning har bir usulini ma'lum sharoitlar uchun qo'llash mumkin, u tegishli afzalliklar va kamchiliklarga ega (1.2.- jadval)



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin