Jizzax politexnika instituti "tasdiqlayman"



Yüklə 2,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/74
tarix15.10.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#155708
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 
 
6-amaliy mashg‘ulot. Shamol energiyasidan foydalanish. 
Reja: 
1.
 
Shamol energiyasidan foydalanish. 
2.
 
Shamol generatorlari. 
SHamol energiyasidan mexanik yoki elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 
foydalanish mumkin. Ishlab chiqarilayotgan energiya miqdori to‘laligiga shamol 
tezligiga bog‘liq bo‘ladi. SHamol generatorining standart turbinasi uch kurakchali 
propellar rotordan iborat bo‘lib, quvur ko‘rinishidagi po‘lat tayanchga o‘rnatiladi. 
Buriluvchi mexanizm rotorni shamol yo‘nalishi bo‘yicha joylashuvini ta’minlaydi. 
Rotor reduktor va asinxron generatorni harakatga keltiradi. Uncha katta bo‘lmagan 
shamol yo‘nalishi shamol generatorlari shamol 3 – 4 m/sek tezlikdan ortiq bo‘lganda 
ishlaydi va tezligi 8 – 25 m/s bo‘lganda turbina turi va shamol kadastriga ko‘ra 
maksimal quvvatga ega bo‘lgan. 
SHamol generatorlarini masofada turib boshqarish va nazorat qilish mumkin. 
Ular alohida, guruh ko‘rinishida yoki katta shamol fermalariga katta miqdordagi 
qurilmalarni joylashtirib o‘rnatish mumkin. 
Bunday fermalardan energo tizimni yuqori darajasini sozlashda foydalanish 
mumkin. 
SHamol generatorlarining afzalliklari: 
ishlab chiqarilayotgan energiyani narxi, yoqilg‘i narxi o‘zgarishiga bog‘liq 
emas, 
ekspluatatsion harajatning kamligi 
zararli chiqindilar chiqarmasligi 
SHamol generatorlari kamchiliklari: 
avtonom ishlash jarayonida rezerv manbaga ega bo‘lishlik, chunki generator 
ishi shamol tezligiga bog‘liq. 
bog‘lang‘ich harajat yuqoriligi 
shovqinga ega bo‘lishi. 
Dunyo bozorida ishlab chiqarilayotgan shamol generatorlarini aksariyati 0,5 
dan 3,0 MVt qiymatga ega. 2020 yilgacha ishlab chiqarilayotgan shamol 
generatorlarining o‘rtacha quvvati 5,0 MVtgacha bo‘lishi kutilmoqda. 


Hozirgi kunda shamol generatorlarining kafolatlangan ishlash vaqti 30 yilni 
tashkil etadi. 
SHamol generatorlarining narxi 1 Vt quvvat uchun 0,95 – 1 AQG dollari 
atrofida 2020 – 2030 yillarga kelib bu narx 1 Vt uchun 0,65 AQSH dollariga tushishi 
kutilmoqda. 
Kichik shamol generatorlaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash tarmog‘idan olisda 
joylashgan maishiy iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 
foydalanish mumkin. 100 Vt va undan ortiq elektr energiyasini barqaror ishlab 
chiqaradigan shamol generatorlari mavjud. Kichik shamol generatorlari yaxshi 
konstruksiyasiga ega minora va nazorat tizimiga ega bo‘lishi mumkin. Bunday 
manbalar sifatida dizel generatorlari, quyosh fotoelektrik tizimlari, mikro GES va 
biogaz reaktorlaridan foydalaniladi. Odatda kichik shamol genneratorlaridan yoritish, 
kichik quvvatli muzlatgich, elektr nasoslar va radio televizion uskunalarni elektr 
energiyasi bilan ta’minlash yaxshi natijalar beradi. 

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin