harajatini kamaytiradi. Mikrogidroelektrostansiyalar qiymatida, ob’ekt ixtisosligiga
bog‘liq bo‘lib, ob’ektni qanday masofada joylashganligi
va uni asosiy tashkil
etuvchsilari: qurilish ishlari (suv quvurlari, platina va h.k.), hamda generatsiya
etuvchi uskunalar va energiyani uzatuvchi tarmoqlanish tio‘zimining tarkibiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning solishtirma narxi,
asosan gidroelektrostansiya quvvatiga bog‘liq bo‘lgan holda,
kapital harajat
gidrotexnik qurilmalar va elektrotexnik uskunalar narxiga bog‘liq bo‘lib qoladi. SHu
tufayli oldindan mikrogidroelektrostansiyalar uskunalarining umumiy qiymatini
aniqlash murakkab bo‘ladi. Odatda yuqoriga belgilangan narx 1kVt quvvat uchun
2000 AQSH dollariga teng deb stansiya uchun harajatni aniqlash mumkin.
Kichik elektrostansiyalar uchun qayta tiklanadigan manbalar juda ko‘p.
Bularga daryolar,
daryo irmoqlari, ko‘llardan tushayotgan suv balanddan pastga
harakatlanish va irrigatsion tizimlari kiradi.
Odatda kichik gidroenergetika tizimi uchukn, mikrogidroenergetika tizimi
uchun ishlatiladigan texnologiyalardan foydalaniladi.
Kichik gidroelektrostansiyalar uchun katta miqdordagi suv oqimi kerak bo‘ladi
va zarur bo‘lgan suv bosimi narxi baland bo‘lgan inshootlarisiz kerak bo‘lgan suv
bosimiga erishish maqsaddga muvofiq bo‘ladi. Kerakli bo‘lgan
suv bosimi
foydalanilayotgan dambalar, suv sathini nazorat qilish tizimi va irrigatsion
sxemalardan foydalanish kichik gidroenergetika ob’ektlari qiymatini mikro va kichik
gidroelektrostansiyalar uchun effektiv, ishonchli va arzon uskunalar
yaratish hozirgi
vaqtning eng dolzarb masalalaridan biridir. Yirik masshtabli gidroenergetika uchun
foydalanilayotgan konstruksiyalar va muhandislik echimlarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri
kichik gidroenergetika uchun ko‘chirib o‘tkazish mumkin emas. Mikro va kichik
gidroenergetika uchun uskunalarni yaratish tamomila boshqa yondoshishni talab
qiladi.
Dostları ilə paylaş: