Topografik xaritalar elementlarini umumlashtirib, 2 guruh — matematik va geografik elementlarga boʻlish mumkin. Matematik elementlarga xaritaning toʻri, masshtabi, ramkasi, varaklarga boʻlinishi va nomenklaturasi hamda geodezik tayanch punktlari kiradi. Geografik elementlarga Topografik xaritalarda tasvirlanadigan yer yuzasi tafsilotlari kiradi. Topografik xaritalar elementlari bir-biri bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, ular maxsus turgʻun shartli belgilar va yozuvlar yordamida tasvirlanadi. Topografik xaritalardan joyni toʻla oʻrganish va tekshirishda, turli inshootlarni loyihalash va qurishda, aniq oʻlchash va hisoblash kabi muhandislik ishlarini bajarishda, joyda oriyentirlahda, harbiy maqsadlarda keng foydalaniladi.

Barcha topografik va obzor Topografik xaritalar nemis olimlari Gauss va Kryugerlarning teng burchakli koʻndalang silindrik proyeksiyasida tuziladi. Topografik xaritalarda tasvirlanadigan hudud maʼlum kattalikdagi qismlarga boʻlinadi va ularning har biri alohida varaqda tasvirlanadi. Topografik yoki obzor Topografik xaritalarning har bir varagʻi meridian va parallel chizikdar bilan chegaralanadi va trapetsiya shakliga ega boʻladi. Koʻp varakli xaritani alohida varaqlarga boʻlinishiga grafalarga boʻlish va ularni maʼlum sistema boʻyicha belgilanishiga nomenklatura deyiladi. Hamma Topografik xaritalarning nomenklaturasi 1:1 000 000 masshtabdagi xalqaro xaritaning grafalarga boʻlish va nomenklaturasiga asoslangan.