Jizzax politexnika instituti


Oʻzbekiston Respublikasining mehnat koʻrsatkichlari raqamlarda



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə11/16
tarix16.04.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#98787
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K inson taraqqiyoti konsepsiyasi tayyori

Oʻzbekiston Respublikasining mehnat koʻrsatkichlari raqamlarda


2022- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikaning mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:
Mehnat resurslari soni – 19,5 mln. kishi
Mehnat bilan band boʻlgan aholi soni – 13,8 mln. kishi
Bandlik darajasi – 68,0 %
Ishsizlar soni – 1,3 mln. kishi
Ishsizlik darajasi – 8,6 %
Iqtisodiy faol boʻlmagan aholi soni – 4,3 mln. Kishi

Jizzax viloyatining mehnat koʻrsatkichlari raqamlarda


2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning mehnat koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:
Mehnat resurslari soni – 790,0 ming kishi
Mehnat bilan band boʻlgan aholi soni – 553,1 ming kishi
Bandlik darajasi – 67,1 %
Ishsizlar soni – 54,9 ming kishi
Ishsizlik darajasi – 9,0 %
Iqtisodiy faol boʻlmagan aholi soni – 182,0 ming kishi




Hozirgi kunda o'qituvchilar, davlat xizmatida ishlovchi xodimlar va yosh avlod vakillari orasidan inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi biladigan, milliy rivojlanish strategiyasini tahlil qilishda ushbu konsepsiya tamoyillarini qo'llay oladigan mutaxassislarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham loyihaning asosiy maqsadi mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini o'qitishni joriy qilish, shuningdek Inson taraqqiyoti va Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari tamoyillariga mos bo'lgan strategiya haqida talabalar va o'qituvchilarning xabardorligini oshirishdan iborat.


Faol bandlik siyosati – iqtisodiy barqarorlik va kuchli ijtimoiy himoya sifatida:
Ekspertlarning fikricha, mehnat sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi aholining munosib mehnat va munosib ish haqini shakllantirish, inson kapitalini rivojlantirish, uzluksiz kasbiy malaka va mehnat unumdorligini oshirish va tadbirkorlik ruhini yaratish hisoblanadi.
O‘zbekistonda aholi sonining yuqori sur’atlarda o‘sishi mehnat bozoriga ham katta bosim o‘tkazib, ish bilan bandlik masalasini yanada keskin qilib qo‘ymoqda.



Afsuski, yaqin vaqtga qadar aholi bandligi va mehnat bozoriga oid ko‘rsatkichlar mehnat bozoridagi real holatni aks ettirmas va hisobot uchun raqamlarni “soxtalashtirish” holatlarini kuzatish mumkin edi. Mamlakatimizda yaqin vaqtgacha mehnat va bandlik sohasidagi ilmiy izlanishlarni amalga oshiruvchi, muvofiqlashtiruvchi yagona ilmiy-tadqiqot instituti mavjud emasligi ushbu sohaga jiddiy e’tibor berilmaganligini ko‘rsatadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-son qarori bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tashkil etilganligi aholining ish bilan bandligi masalasi davlat siyosatining muhim ustuvor ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.
Mehnat institutiga vazirlikning “aql markazi” sifatida mehnat bozori, mehnat muhofazasi, mehnat migratsiyasi, milliy malaka tizimi va kasbiy standartlarni takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish va soha oldida turgan dolzarb muammolarni hal etish vazifasi qo‘yilganligi vazirlik va Institutga katta mas’uliyat yuklaydi. Ushbu vazifani hal etish esa mehnat sohasida amaliy tajribaga ega ilmiy darajali, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni va mazkur sohada amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarning natijalarini amaliyotga jadal joriy etilishini talab qiladi.
Bandlik siyosatining passiv choralaridan (ishsizlik nafaqalarini to‘lash) aholi bandligiga ko‘maklashishga qaratilgan faol chora-tadbirlar doirasini kengaytirmoqda. Ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarga mikrokreditlar, issiqxona o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar, parrandalar ajratish, ularni kasbga, shu jumladan, tadbirkorlikka o‘qitish, tayyorlash orqali ularning ish bilan band bo‘lishlari va daromad olishlariga qaratilgan barcha zarur choralar faol amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda 2021 yil 1 oktyabr holatiga mehnat resurslari 19,3 mln. kishi, jami ish bilan bandlar 13,6 mln. kishi, shu jumladan iqtisodiyotning rasmiy sektorida 6,1 mln. kishi (40,7 %), iqtisodiyotning norasmiy sektorida 5,9 mln. kishi (39,6%), iqtisodiy nofaol aholi 4,3 mln. kishi, chet elda ishlash uchun ketganlar 1,6 mln. kishi va ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar 1,4 mln. kishini (9,4%) tashkil qilgan.
Mamlakatimizda jami ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektordla yaratilishini hisobga olsak, mamlakatda qulay biznes muhitini shakllantirish, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish, xususiy mulk himoyasini ta’minlash, byurokratiya va korrupsiya illatlarini barataraf etish va faqat tadbirkorlikni rivojlantirish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkinligini xalqimiz ongiga singdirish muhim ahamiyatga egadir.
Norasmiy bandlikning yuqori darajasi tabiiyki iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelib, bu sohada band bo‘lganlarni rasmiylashtirish va ortiqcha ishchi kuchini esa boshqa sohalarga o‘tkazish bo‘yicha keng ishlarni amalga oshirishni taqozo etadi


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin