Jizzax politexnika instituti


Yoshlarning bandlik va ishsizlik ko‘rsatkichi dinamikasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə13/16
tarix16.04.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#98787
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K inson taraqqiyoti konsepsiyasi tayyori

Yoshlarning bandlik va ishsizlik ko‘rsatkichi dinamikasi
2021 yilda mehnat bozori, professional standartlar, tarmoq malakalar doiralari va malaka talablarining ishlab chiqilishi hamda yangilab borilishi, malaka va bilimlarni baholash milliy tizimining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq va hududiy kengashlar tashkil etildi.
COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramay, iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishi, aholining daromad manbai bo‘lgan ish bilan bandligini saqlab turish, ommaviy ishdan bo‘shatilishlarni oldini olish, xodimlarni masoviy ish usulida bandligini ta’minlash va boshqa keng chora-tadbirlar asosida ishsizlik darajasining oshib ketmasligiga erishildi (
Aholini kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlashning uch bosqichli tizimini shakllantirish bo‘yicha:
1) band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy «Ishga marhamat» monomarkazlari;
2) mamlakatning barcha hududlarida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufida tuman va shahar kasb-hunarga o‘qitish markazlari;
3) mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etildi.
Raqamli iqtisodiyotning mehnat sohasiga keng joriy etilishi natijasida xohlagan odam hech qanday ortiqcha sarf-xarajat va vaqtni tejagan holda ish.mehnat.uz/ sayti orqali viloyat, tuman (shahar) kesimida o‘z soha yo‘nalishi, kasb, ta’lim darajasi bo‘yicha hamda istalgan maosh hajmi doirasida vakant ish joylari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ishsizlik darajasining o‘zgarishi dinamikasi
Yangi texnologiyalar elektron ro‘yxatga olish, integratsiyalashgan va avtomatlashgan holda xizmat ko‘rsatish sifatida inson omili, uning ishtirokini imkon darajada kamaytirib, iqtisodiy birliklarning transaksion xarajatlarini kamaytirishga, iqtisodiy faoliyatni rasmiylashtirish imkonini beradi.
O‘zbekistonda ishchi kuchining profitsiti mehnat bozoridagi vaziyatni yumshatish va iqtisodiy rivojlanishning dastlabki davrida tashqi mehnat migratsiyasining muhim ahamiyatga ega ekanligi barchaga ayon. Tashqi mehnat migratsiyasining dinamikasi turli ichki va tashqi iqtisodiy omillarga bog‘liq holda o‘zgarib turishini 5-rasmda ko‘rish mumkin.


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin