Jizzax politexnika instituti


Norasmiy bandlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha strukturasi, %



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə12/16
tarix16.04.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#98787
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
INNOVATSION MENEJMENT SUYUNOVA K inson taraqqiyoti konsepsiyasi tayyori

Norasmiy bandlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha strukturasi, %
Norasmiy bandlikni legallashtirish maqsadida, ayniqsa, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatga olish va ularning mehnat stajini hisoblash uchun BHMning 1 baravari miqdorida (270 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashlari belgilandi. Eng muhimi esa ularning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmasligi katta imtiyoz bo‘lib, bu rasmiy mehnat faoliyatining norasmiylikdan afzal ekanligini ta’minlaydi.
O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar uchun 68 faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari tasdiqlangan bo‘lib, ularni yanada kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Natijada, 2021 yil 1 iyul holatiga 852,4 ming nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi (shundan 310,1 ming nafarini 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar tashkil etadi) va yil yakunida ularning soni 1 mln. kishilan oshishi kutilmoqda.
So‘nggi yillarda norasmiy bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida uning ulushining qisqarish tendensiyasi kuzatilmoqda (2-rasm). Mamlakatimizda o‘zini o‘zi band qilishni mehnat resurslarini boshqarish va aholi bandligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish lozim va uning potensialidan hali to‘la foydalanilmagan. Mehnat bozorida inklyuzivlikni ta’minlash, aholining barcha qatlamlarini mehnat faoliyatiga jalb qilish, jumladan, yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligiga ko‘maklashish bandlik siyosatining muhim qismi hisoblanadi.

Iqtisodiyotning rasmiy sektorida bandlar sonining o‘zgarishi dinamikasi, ming kishi
Ular uchun alohida dastur va chora-dasturlar qabul qilinishi natijasida aholining ushbu guruhlarini mehnat faoliyatiga faol jalb etishga erishilmoqda. 2021 yilning 1-yarim yilligi bo‘yicha jami ish bilan bandlikda yoshlarning ulushi 31,3 foizni, ishsizlik ulushi esa 15,2 foizni tashkil qilib, o‘rtacha ishsizlik darajasidan 1,55 marta ko‘pligini ko‘rsatmoqda.


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin