Har qanday demokratik davlatning rivojlanishdan asosiy maqsadi – insondir. Jamiyat taraqqiyoti esa nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatining kattaligi bilan, balki bu salohiyat har bir insonning kamol topishi va uyg'un rivojlanishiga qanchalik yo'naltirilgani bilan ham o'lchanadi.
2010 yil mamlakatimizda "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilingani munosabati bilan qabul qilingan dasturni amalga oshirishda sog'liqni saqlash, ta'lim, aholini ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikni va mahalliy infratuzilmani rivojlantirish, atrof-muhit holatini yaxshilash, tabiat va er resurslaridan foydalanish samaradorligi bilan bog'liq masalalar muhim ustuvor ahamiyatga ega. Bularning hammasi mohiyat e'tibori bilan inson kamolotiga, uning ma'naviy hamda moddiy talab-ehtiyojlarini ta'minlash uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan inson taraqqiyoti kontsepsiyasiga batamom mos va muvofiqdir.
Inson taraqqiyoti kontsepsiyasiga asosan aynan inson millatning boyligi hisoblanadi. Insonlarga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojining quroli sifatida emas, balki bosh maqsadi deb qaralishi lozim. Har qanday taraqqiyotning pirovard maqsadi va muvaffaqiyat mezoni bo'lgan inson uchun tanlovning kengayishi, o'z erkinligini amalga oshirish, uzoq va sog'lom turmush kechirish imkoni, bilim olish va munosib hayot darajasining yaratilishi jamiyat rivojida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bugungi kunda inson taraqqiyoti kontsepsiyasi istiqlolning birinchi kunlaridan boshlab "islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun" degan hayotiy qoida asosida islohot jarayonlarni amalga oshirayotgan mamlakatimizda barcha o'zgarish va yangilanishlarning markazidagi ustuvor masalaga aylanmoqda. Bu haqda so'z borganda, O'zbekiston Konstitusiyasida inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo'yilganligini qayd etish o'rinli bo'ladi.
2.2 BMTning ming yillik rivojlanish maqsadlari
O'zbekiston Respublikasi hukumati a'zolarining BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari amalga oshirilishining borishi haqidagi ma'ruzalarini eshitib, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mamlakatni modernizasiya qilishga qaratilgan demokratik o'zgarishlar yo'li yuqori darajada samarali ekanini ta'kidladi. Chindan ham, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sohalardagi barcha islohotlarimiz pirovard natijada odamlar farovonligini muttasil oshirib borishga, mamlakatimiz har bir fuqarosining kasbiy, intellektual va ma'naviy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlarni, sof ekologik muhitni yaratishga qaratilgandir.
Keyingi 10 yil mobaynida davlatimiz tomonidan yurtimizda amalga oshirilgan barcha keng miqyosli ishlar BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari keng ko'lamda bajarilishini ta'minladi.
Birgina ta'lim sohasini oladigan bo'lsak, mamlakatimizda o'z mazmun va mohiyatiga ko'ra noyob bo'lgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu dastur o'n ikki yillik yaxlit majburiy uzluksiz ta'lim tizimiga o'tish hamda ta'lim jarayonlarining sifatini tubdan va tizimli oshirishga, kadrlarning yuksak darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo'lgan yangi avlodini tarbiyalashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni ko'rish imkonini berdi.
Mamlakatimizda umumiy va o'rta maxsus ta'lim davlat tomonidan kafolatlanadi. 7-15 yoshdagi bolalarning boshlang'ich va umumiy ta'limga qamrab olinishi, shuningdek aholining savodxonlik darajasi bugungi kunda yuz foizni tashkil etadi. Bu esa BMTning boshlang'ich va o'rta maktablarda ta'lim sifatini oshirish sohasidagi Mingyillik rivojlanish maqsadlarining O'zbekiston tomonidan etakchi davlatlar qatorida bajarilayotganini to'la tasdiqlaydi.
So'nggi yillarda yurtimizda tibbiy xizmat tizimi amalda to'liq modernizasiya qilindi, aholiga bepul yuqori malakali shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatish uchun yuksak talablarga javob beradigan zamonaviy kasalxonalar va bo'limlarning ixtisoslashtirilgan tarmog'i tashkil etilishi islohotlarning eng muhim va amaliy natijasi bo'ldi.
Jamoatchilik nazorati jamiyatning davlat bilan samarali aloqasini ta'minlashning, o'tkazilayotgan chuqur demokratik islohotlar, mamlakatni siyosiy-huquqiy rivojlantirish maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari aholi tomonidan qo'llab-quvvatlanishining, shuningdek, xalqning ezgu intilishlarini ro'yobga chiqarish va farovonligini oshirishning, iqtisodiyotning raqobatdoshligini, qonun ustuvorligini ta'minlash, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim shartiga aylanmoqda.
Ijtimoiy hayotni yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, iqtisodiyotni modernizasiya qilish va ijtimoiy sohadagi o'zgarishlar jarayonlarida mamlakatimiz parlamenti tomonidan amalga oshirilayotgan aniq maqsadga qaratilgan qonun ijodkorligi ishi muhim va hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizda 500 dan ziyod qonun qabul qilindi, 100 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjat, shu jumladan, BMTning inson huquqlarini ro'yobga chiqarish va uning uyg'un kamol topishi masalasiga bevosita aloqador bo'lgan oltita asosiy hujjati ratifikasiya qilindi.
Oliy Majlisning quyi palatasi tomonidan tashkil etilgan hukumat va parlament muloqoti, qonun ijodkorligi ishini hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning amaliy faoliyatini tanqidiy tahlil qilish yakunlari bo'yicha mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yanada erkinlashtirish sohasidagi Qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlarining yo'nalishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning parlament va jamoatchilik monitoringini olib borishga doir samarali mexanizmlarni aniqlash bo'yicha istiqbolli yo'nalishlar belgilab olindi. Bu esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2010 yil va undan keyingi davrga mo'ljallangan qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil ishlari dasturiga asos bo'ldi. Shundan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining bir qator vazirlik va idoralari rahbarlari BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlarini O'zbekistonda amalga oshirishning borishini o'rganish va tahlil qilish uchun parlament eshituvlarida ishtirok etdilar. O'zbekiston Respublikasi hukumati a'zolarining BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari amalga oshirilishining borishi haqidagi ma'ruzalarini eshitib, Qonunchilik palatasi mamlakatni modernizasiya qilishga qaratilgan demokratik o'zgarishlar yo'li yuqori darajada samarali ekanini ta'kidladi.
Mingyillik deklarasiyasi BMTga a'zo davlatlarning tinchlik, taraqqiyot va adolatli dunyo to'g'risidagi orzu-intilishlarini ifoda etadi. Bu hujjatda inson huquqlari, davlat boshqaruvi va demokratiya bo'yicha majburiyatlarning keng doirasi belgilab berilgan. Mingyillik rivojlanish maqsadlarining global, mintaqaviy va milliy darajalarda bajarilishi maqomining umumiy bahosini va tushunilishini ta'minlaydigan sakkiz asosiy maqsad va ular bilan bog'liq vazifalar hamda ko'rsatkichlar alohida ajratib ko'rsatilgan. Bu maqsadlar va ular bilan bog'liq vazifalar 2015 yilga kelib amalga oshirilishi lozim.
Global Mingyillik rivojlanish maqsadlari quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:
1) o'ta qashshoqlik va ochlikka barham berish;
2) umumiy boshlang'ich ta'limni ta'minlash;
3) erkaklar hamda ayollar tengligini rag'batlantirish va xotin-qizlar huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish;
4) bolalar o'limini kamaytirish;
5) onalar sog'lig'ini yaxshilash;
6) OITS/OIV, bezgak va boshqa kasalliklarga qarshi kurash;
7) ekologik barqarorlikni ta'minlash;
8) rivojlanish maqsadlarida global hamkorlikni rivojlantirish.
Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish – global loyiha bo'lib, u jahondagi barcha mamlakatlarda tatbiq etiladi. Bu maqsad va vazifalarning maqsad muvofiqligi va erishilishi mumkinligi nuqtai nazaridan har bir alohida davlatning milliy shart-sharoiti, taraqqiyot darajasi, ichki imkoniyati va manfaatlariga moslashgan bo'lishi juda muhimdir. O'zbekiston ham ana shunday tamoyillar asosida Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo'yicha konkret muddat va ko'rsatkichlarni belgilash ustida ish olib bormoqda.
O'zbekiston uchun Mingyillik rivojlanish maqsadlarini quyidagicha ta'riflash mumkin:
1) kam ta'minlanganlikni kamaytirish, ovqatlanish sifati va madaniyatini oshirish;
2) boshlang'ich va o'rta maktablarda ta'lim sifatini yaxshilash;
3) ayollar va erkaklar tengligini rag'batlantirish va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;
4) bolalar o'limini yanada kamaytirish;
5) onalar sog'lig'ini yanada yaxshilash;
6) OITS/OIV, sil va boshqa kasalliklarga qarshi kurash;
7) ekologik barqarorlikni ta'minlash;
8) rivojlanish maqsadlarida global hamkorlikni kuchaytirish
O'zbekiston Respublikasi bir qator xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan bevosita hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Mamlakatimizning jahon xo'jaligiga integrasiyalashuvi masalasi respublika rivojlanishining ustuvor, davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq respublikamiz tashqi aloqalarni kengaytirishi va shuningdek, jahon iqtisodiy munosabatlarida faol ishtirok etishi uchun huquqiy negizlar yaratildi. Bular, avvalo, "tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida", "chet el investisiyalari va xorijiy sarmoyalar faoliyatining kafolatlari to'g'risida"gi qonunlar hamda boshqa me'yoriy xujjatlarda o'z aksini topgan bo'lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitni yaratishga imkon berdi.
XULOSA
Xulosam shundan iboratki, ma'ruzalarning har birida belgilangan muhim maqsad va vazifalar hayotda o'z aksini topayotganligini ko'ramiz. Bir tomondan, hukumatimiz tomonidan inson taraqqiyotini kuchaytirishga qaratilgan turli qaror va qonunlar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Boshqa tomondan BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi homiyligi va tashabbusligida mamlakatimizda inson taraqqiyoti konsepsiyasini keng targ'ib qilishga yo'naltirilgan qator hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda. Shulardan biri 2008 yilning may oyidan ish boshlagan "Inson taraqqiyoti konsepsiyasini o'qitish orqali ta'lim muassasalari salohiyatini kuchaytirish"loyihasidir.
Hozirgi kunda o'qituvchilar, davlat xizmatida ishlovchi xodimlar va yosh avlod vakillari orasidan inson taraqqiyoti konsepsiyasini yaxshi biladigan, milliy rivojlanish strategiyasini tahlil qilishda ushbu konsepsiya tamoyillarini qo'llay oladigan mutaxassislarni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham loyihaning asosiy maqsadi mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida inson taraqqiyoti konsepsiyasini o'qitishni joriy qilish, shuningdek Inson taraqqiyoti va Ming yillik Rivojlanish Maqsadlari tamoyillariga mos bo'lgan strategiya haqida talabalar va o'qituvchilarning xabardorligini oshirishdan iborat.
Taraqqiyotning asosiy maqsadi insonlarni keng qamrovli tanlash imkoniyati bilan ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozim. Odamlarning sifatli ta'lim olishga erishishi, teng ravishda munosib ish o'rniga va salomatligini asrash uchun yetarli daromadga ega bo'lishi hamda malakali tibbiy xizmatdan foydalana olishi inson taraqqiyotining qay darajadaligini belgilab beradigan mezonlar hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakat boyligi tabiiy resurslar bilan emas, balki shu millat odamlari bilan belgilanmoqda. Ya'ni qaysi mamlakat o'z fuqarolariga keng qamrovli tanlov umkoniyatini yaratib bergan bo'lsa, o'sha davlatda insonlarning har jihatdan rivojlanishi hisobiga farovonlik va to'kin-sochinlik hukm suradi. Lekin insonlarga vosita sifatida emas, balki mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga erishishning tub maqsadi sifatida qarash o'rinlidir. Shuning uchun ham inson taraqqiyoti konsepsiyasi „mamlakatning haqiqiy boyligi – bu uning odamlaridir”, degan asosiy g'oyani targ'ib qiladi.
Inson o'z tabiatiga ko'ra, ijtimoiy mavjudotdir. U o'ziga va yaqin kishilariga turmush kechirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Shu tariqa iqtisodiyot olami vujudga keladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixi – bu iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan,, ijtimoiy mehnat taqsimoti sohasidagi munosabatlarning rivojlanish tarixidir. Inson o'z mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida —ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, uchinchidan —ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon bo'ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi. Ish deganda tabiat va inson tomonidan birlashgan xarakterlarining ob'ektiv natijasi tushuniladi. Mexanik tarzda bu natija ma'lum bir qarshilikni yengish uchun sarflanayotgan energiya miqdori bilan o'lchanadi. Mehnat va ishning miqdori sarflangan vaqt — energiya bilan o'lchansada, ularni bir-biri bilan to'g'ridan to'g'ri tenglashtirish mumkin emas. Mehnat insonning aqliy-fiznologik faoliyati bo'lib, unga to'g'ri keladigan ish bu jarayonning ob'ektiv natijasi hisoblanadn. Biror mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat va ish miqdorini bir xil o'lchovda, ya'ni kilogrammometrda aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir qisminigina, yoki aniqroq qilib ayotganda 20 — 30 % ini, ayrim hollarda esa undan ham ancha kam miqdorini tashkil etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a'zolari tomonidan mehnatning sarflangan miqdoriga tenglashtirish yoki bir xil o'lchovda o'lchash ham noto'g'ri bo'ladi. Faoliyag jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta hajmdagi ish mikdori bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat inson mehnatining mahsuli bo'lganligi uchun mehnatga nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir. Mehnat va ish tushunchasi bir-biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning