Jizzax viloyat hokimligi



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə25/49
tarix25.12.2023
ölçüsü306,68 Kb.
#197133
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Millati; Partiyaviyligi-fayllar.org

Nutqning aniqligi.

Nutqning aniqligi. Nutqning aniqligi so`zning o`zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo moc va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning muhim xususiyatlaridan biri ekanligi qadimdan ma`lum. G`arb mutaffakiri ham, Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti hisoblagan.Aristotel; “Agar nutq noaniq bo`lsa u maqsadga erishmaydi”,-degan. Kaykovus esa;”Ey farzand ,so`zning yuzi va orqasin bilg`il va ularga rioya qilg`il, har na so`z desang yuzi bila degil, to suhango`y o bo`lg`aysen .Agar so`z aytib ,so`zning nechuk ekaning bilmasang qushga o`xsharsanki , unga to`ti derlar,ul doim so`zlar,ammo so`zning ma`nosi bo`lmas”.Yana davom etttirdi;”Shunday kishini notiq(suhango`y) deymizki,uning har so`zi halqqa tushunarli bo`lsin va xalqning har so`zi unga ham ma`lum bo`lsin”.

Aniqlik nutqning muxim xususiyati ,fazilati sifatida fikrni yorqin ifodalash bilan nutq predmetining ma`nosi bilan,nutqda ishlayotgan so`z ma`nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi .Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa ,unga mos so`zlarni tanlasa va o`zi tanlaganso`zlarning ma`nolariga mos vazifalar yuklasa , nutqning aniq bo`lishi tayin.Demak , aniqlik nutqda so`z qo`llash me`yorlariga amal qilishdan iborat. Aniqlik nutqning aloqaviy sifatlaridan biri bo`lib, u ob`ektiv borliq bilan quyidagilarni talab etadi;

  1. Tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakligini ajratib, nutqda qo`llash;


  2. Nutqda ishlatiladigan so`zning anglatgan ma`nolarini har tomonlama bilish;


  3. So`zning ko`p ma`noliliga jiddiy e`tabor berish,lo`p ma`noli so`z nutqda qo`llanganda uning qaysi ma`no qirrasi ko`zda tutulilayotganini aniq tasavvur qilisg ;fikrning yuzaga chiqishida bu so`zning boshqa ma`no qirralari monekik qilish-qilmasligini ko`z oldiga keltirish;


  4. Omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;


  5. Paronimlarni bilish , ulardagi tovush yorqinliklariga e`tabor berish’


  6. Tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid ,arxiak,eskirgan dialektizm so`zlarining ma`nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.



Yüklə 306,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin