Jizzax viloyat hokimligi



Yüklə 306,68 Kb.
səhifə27/49
tarix25.12.2023
ölçüsü306,68 Kb.
#197133
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Millati; Partiyaviyligi-fayllar.org

Nutqning ta`sirchanligi.

So`z kuchidan yiqilur minbar ham,dor ham,

So`z birla chiqar indan ilon – murdor ham.
(Abu Shukur Balxiy).
Nutqning ta`sirchanligi deganda, asosan, og`zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi.Shunga ko`ra nutqning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyat ham e`tiborga olinadi.Ya`ni, bunda notiq tinglovchilarni ularning bilim darajasidan tortib , hatto yoshigacha ,nutqining qanday qabul qilinayotganicha nazorat qilish zarur.Professional bilimga ega bo`lgan kishilar oldida jo`n,sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo`lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma`lumotga ega bo`lmagan tinglovchilar oldida ham ilmiy va rasmiy tilde gapirishga harakat qilish maqsadga muvofiq emas. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi va ifodalamoqchi bo`lgan fikrini to`laligicha tinglovchilarga to`liq yetkazishga harakat qilish vazifa qilib belgilanadi.Xo`sh, ta`sirchan nutq deganda qanday nutqni tushunmoq kerak? V.N.Golovin aytganidek, ta`sirchan nutq tinglovchi va o`quvchining e`tiborini va qiziqishini hisobga olinadigan nutqdir.

Omma tushuna oladigan tilde gapirish ,ularni ifodalanayotgan fikrga ishontira olish notiqlar oldiga qo`yilgan asosiy shartlardan hisoblanadi.Buning uchun esa, yuqorida aytilganidek ,mavzuni yaxshi bilishdan tashqari ,uni bayon etishning aniq belgilangan rejasi bo`lishi kerak.Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o`zaro bog`lab,tinglovchilarni nutq rejasi bilan tanishtirish lozim.Vaqtni inobatga olish notiqlik fazilatlaridandir.Chunki so`zlash muddati oldin e`lon qilinib,shunga rioya qilinsa, iloji bo`lsa , nutq sal oldinroq tugatilsa,ayni muddao bo`ladi.


FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o`quv jarayonlarini baxs-munozarali o`tkazishda qo`llaniladi,chunki bu texnologiya o`quvchilarning o`z fikrini himoya qilishga ,erkin fikrlash va boshqalarga yetkazishga ,ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o`rgatadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o`z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.


F- fikringizni bayon eting

S- fikringiz bayoniga sabab ko`rsating


M- ko`rsatgan sababingizni isbotlovchi misol keltiring
U- fikringizni umumlashtiring


Yüklə 306,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin