Nutqning mantiqiyligi uning asosiy sifatlari bo`lgan to`g`rilik va aniqlik bilanchambarchas bog`langandir. Chunki Grammatik jihatdan to`g`ri tuzilmagan nutq ham,fikrni ifodalash uchun muvaffaqiyatsiz tanlangan lug`aviy birlik ham mantiqning buzilishiga olib kelishi tabiiydir.Mantiqiy izchillikning buzilishi tinglovchi va o`quvchiga ifodalanayotgan fikrning to`liq yetib bormasligiga , ba`zan umuman anglashilmasligiga olib keladi.Nutqning tuzilishidagi e`tiborsizlik natijasida ba`zan mantiqsizlik yuz beradi.Quyidagi misolga e`tabor qiling” Ferma jonkuyarlari olti oylik davlatga sut sotish planlarini muddatdan oldin bajaradilar”
(Gaz etadan). Gapda so`zlarning tartibi to`g`ri bo`lmaganligi ,”olti oylik”, birikmasining “sotish” so`zidan keyin kelmaganligi tufayli mantiqqa putur yetayapdi,hatto xato fikr ifodalanayapdi.
Nutqda mantiqlikka erishish uchun qo`llangan so`zlar bilan ularning predmetlik ma`nolari mos bo`lishi lozim. Boshqacha aytganda, har bir so`z nutqda qo`llanganda ,o`ziga xos ma`nonigina ifodalashi zarur.
Nutqning tozaligi.
Nutqning tozaligi deganda , eng avvolo, uning adabiy til me`yoriga muvofiq kelish- kelmasliga tushuniladi.
Nutqimizning sofligiga , asosan, quyidagilar ta`sir qiladi’
Mahalliy dialect va shevalarga xos so`z , ibora, shuningdek, Grammatik shakllar,so`z va so` birikmalarining talaffuzi, urg`usi.
O`rinsiz qo`llangan chet so`z va so`z birikmalari.
Jargonlar.
Vulgarizmlar.
Nutqda ortiqcha takrorlar “parazit” so`zlar.
Kanselyarizmlar.
Sanab o`tilganlardan o`rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham, badiiy nutqni ham xiralashtiradi.Har bir so`zlovchi o`z nutqining adabiy me`yorlar darajasida bo`lishi uchun harakat qilishi lozim.O`z shevasiga xos bo`lgan til vositalarini nutqqa o`rinsiz olib kirish nutqni buzadi.Ammo dialektializm va vulgarizm lar badiiy asar tilida ma`lum badiiy-estetik vazifani bajarishi muallifning muayyan g`oyasini ,niyatini amalga oshirishga xizmat qilishi ham mumkin. Muallifning milliy koloritni berish uchun asar qahramonining qayerlik ekanligiga ishora qilish uchun dialektializm va vulgarizmlardan foydalanishi mumkin. Masalan; “Yoshulli,siz buni emas, meni tinglang.Bu mang`layi qoraning sherigi ham bor.”(T.Malik).Ushbu risolada dialektializmlar territorial koloritni berishga hizmat qilayotgan bo`lsa, quyidagi misolda varvarizmlar-chet so`zlar xarakter yaratishgda yozuvchiga ko`maklashgan.”Ishondim,o`rtoq ginrol. Hammasi yest bo`ladi. Uyda xaladiynada muzdagi bor,olib chiqaymi? Sizga tekin”(T.Malik).
Dostları ilə paylaş: |