Respublikamizning har bir fuqarosi ish faoliyatida davlat tilini puxta o`zlashtirganligi ,savodxon va nutq madaniyatiga amal qiluvchi mutaxassis ekanligini namoyon eta bilish ,boshqalar,chunonchi, chet ellik hamkasblari bilan shaxsiy va rasmiy aloqalarni zamonaviy yuksak saviyada bajara olishi hayotiy zaruratga aylandi
4
Mazkur dasturning vazifasi o`qishlar davlat tilida va rus tilida olib boriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining o`zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirisgda o`zbek tilining o`z qonun qoidalariga rioya qilish va mutaxassislikka oid rasmiy-idoraviy hujjatlarni ,ish qog`ozlarini yozish ,tahrir qilish malakasini hosil qilishdir.
Bu vazifalarni amalga oshirish davlat tilining Respublika ijtimoiy hayotidagi o`rnini, tilning o`quvchining tafakkur etish qobiliyatini shakllantiruvchi vosita ekanligini anglash, undan nutqiy aloqa quroli sifatida turli vaziyatlarda o`rinli foydalana bilish darajasi bilan o`lchanadi. Shu jihatdan dasturdan ko`zlangan maqsad o`quvchilarning o`zbek tilidan olgan bilimlari asosini mustahkamlash bilan bir qatorda tanlangan kasb doirasida bu bilimlarni til amaliyoti , nutq madaniyati va mahorat sirlari bilan to`ldirishdan iborat.
Dastur shu asosda akademik litsey va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining davlat tilida mustaqil holda va yuksak madaniy saviyada hujjatlashtirish ishlarini to`g`ri amalga oshirish va turli nutqiy vaziyatlarda tilning boy leksik-grammatik va uslubiy vositalaridan unumli va o`rinli foydalanish uquvini yo`lga qo`yish hamda bu ko`nikmani mustahkamlash bilan bog`liq amaliy mashqlarni bajarishni ko`zda tutadi. Shularni hisobga olgan holda dastur mazmuni o`quvchilarning nutqiy savodhonligini oshirishga ,yozma nutqini rasmiy-idoraviy uslub me`yorlari asosida to`g`ri shakllantirishga ,hujjatchilik-MUNSHAOT ishini nazariy va amaliy jihatdan puxta egallashlarini ta`minlashga yo`naltirilgan.
Ko`zlangan maqsad shundan iboratki, o`quvchining bo`lg`usi ish faoliyati doirasidagi hizmatida davlat tilida mustaqil ravishda va nutq madaniyati talablari darajasida ish yurita olish qobiliyatlari shakllantiriladi.
“Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish” kursi boshqa fanlar kabi ham nazariy ma`lumotlarni o`quvchilar ongiga singdirishni ,ham muayyan qoidalarga asoslanuvchi amaliy ko`nikmalarni shakllantirishni ko`zda tutadi.Tavciya etilgan mavzular rejasida bu holat o`z aksini topgan. Shundan kelib chiqqan holda ushbu fan o`qituvchisi ,avvalo,o`tiladigan mavzuga oid barcha nazariy bilimlarni tegishli adabiyotlardan foydalanib (adabiyotlar ro`yxati ilova qilinadi),aniq chegaralab olishi va o`z o`rnida qiziqarli,ixcham tarzda o`quvchiga yetkazish zarur.Nazariy bilimlar kerakli izohlar bilan ko`rgazmali tarzda tayyorlangan hujjat namunalari bilan mustahkamlab borilishi maqsadga muvofiqdir. Mavzularni o`tishda bayonchilikka berilib ketishdan qochish,har bir nazariy,me`yoriy qoidani amaliy tadbiqini o`quvchilar faolligida amalga oshirishga intilish lozim.Chunki ko`pchilik mavzular u yoki bu jihati bilan farq qiluvchi hujjat natni ustida amaliy mashg`ulot o`tkazishni taqozo etadi.Bunda o`quvchilarning berilgan namuna asosida mustaqil ravishda turlicha mazmun va yo`nalishdagi matn tuza olish malakasini shakllantirishga jiddiy e`tabor berish kerak.
Hujjat matnidagi har qaysi til vositasi ; so`z qo`shimcha gap to`g`ri tanlanishi,adabiy me`yor va hujjatning zaruriy qismlari talabiga muvofiq ishlatilishini matn tahlili misolida o`rgatish yaxshi samara beradi.
O`quvchilar bilimini nazorat qilish va vazifalarini ,chunonchi, hujjat matnini yozib kelishni tekshirishbilan cheklanmaslik kerak. Har bir o`quvchi mavzuni o`zlachtirish bo`yicha qo`yilgan talablarga(bu talablar dasturga kiritilgan) to`la
5
Javob berishi lozimki,bu nazoratni test usulida,yozma topshiriq asosida yoki og`zaki savol-javob orqali o`tkazilishi talab etiladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`quv muddatining turlishaligi tufayli dasturda rejalashtirilgan mavzularga ijodiy va individual yondashish, uni yangi ma`lumotlar,ehtiyojtalab mashg`ulotlar bilan to`ldirib boorish lozim. Shu bilan birga , ta`lim tizimining uzluksizligini ,fanga ajratilgan o`quv soati(40 soat) cheklanganligini nazarda tutib, tavsiya etilgan mavzular hayotiy ehtiyojiga qarab, yangilanishi ham mumkin.Ammo bu holat belgilangan mavzular to`la o`zlashtirilishi asosidagina amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |