Javob: Bastiliyaning olinishi.
115-savol: Batiskafning uzunchoq korpusi xavo bilan emas, aynan mana shu suyuqlik bilan
to‘ldiriladi. Chunki u yerda xavo ketmaydi, katta chuqurlikda suvning kuchli bosimi batiskafni
xuddi konserva bankasidek pachoqlab tashlashi mumkin. Bu suyuqlik esa, bosimga yaxshi
qarshilik ko‘rsatadi. Bu qaysi suyuqlik?
Javob: Benzin.
116-savol: Tuyaqush tuxumlarini erkagi va urg‘ochisi navbat bilan bosib yotadi. Odatda
urg‘ochilari kunduzlari, erkaklari kechqurun tuxum bosadi. Nima uchun shunday?
Javob: Chunki urg‘ochi tuyaqushning pati cho‘l manzarasiga mos kulrang qo‘ng‘ir bo‘lganidan
ochiq joyda uzoqdan ko‘zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushlarning pati qora, faqat qanotlari va
dumlari uchida patlari oq bo‘lib, qorong‘i tunda ko‘zga ko‘rinmaydi.
117-savol: Qadimgi yunon shaharlarining xar birida eng baland tepalik ustiga qurilgan va atrofi
qalin devor bilan o‘ralgan qal’a bo‘lgan.Afinadagi shunday qal’alardan biri eng mashxuri
xioblanadi. Bu qal’aning nomi nima?
Dostları ilə paylaş: |