282-savol: Ko‘pchilik fiziklar uni to‘g‘ri tartibda eslab qolish uchun quyidagi rus tilidagi iborani
yod olishni taklif etishadi: «Kajdiy oxotnik jelaet znat gde sidit fazan». Bu qanday ketma-ketlik?
Javob: Kamalakdagi ranglarning ketma-ketligi: krasniy (qizil), oranjeviy (olovrang), jeltiy
(sariq), zeleniy (yashil), goluboy (xavorang), siniy (ko‘k) va fioletoviy (binafsharang).
283-savol: U boshqalarga bu xaqda ma’lumot beradi, uning o‘zida esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 10
ga, eng ko‘pi bilan 40 ga teng. U nima va u boshqalarga nima xaqida ma’lumot beradi.
Javob: Kakku qushi necha marta sayraganiga qarab insonlar qancha umr ko‘rishlarini bashorat
qilish odati bor, kakkuning o‘zi esa 10 yil, eng ko‘pi bilan 40 yil yashashi mumkin.
284-savol: Gyote shunday yozgan edi: «U hazillarni tan olmaydi, u doimo haqqoniy, doimo
jiddiy, doimo qattiqqo‘l, u doim haq, xatolar va yanglishishlar insonlar tomonidan kelib chiqadi».
U nimaga shunday ta’rif bergan?
Dostları ilə paylaş: |