Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

97-modda 
quyidagi tahrirda bayon etiladi: «Vakolati tugashi 
munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi 
lavozimini egallaydi». Istiqlolimizning dastlabki yillaridanoq hayoti- 
ning demokratik huquqiy asoslarini yaratish, jamiyat boshqaruvning
92


ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berish maqsadida davlat 
hokimiyatini tarmoqlarga bo'linishi asosida milliy davlatchiligimiz- 
ning poydevorini barpo etishga katta e ’tibor qaratildi.
Konstitutsiyamizda jamiyat va davlat qurilishining asosiy tamo- 
yillari, fuqarolaming h u q u c^ a erkinliklari jamiyat taraqqiyotining 
iqtisodiy asoslari va strategil^^>‘nalishlari mustahkamlanib qo‘yildi.
Haqiqiy demokratik 
me’yor 
va tartiblar asosida 0 ‘zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslandi. Vazirlar 
Mahkamasi, ya’ni Hukumat ijroiya hokimiyati tizimida markaziy 
o ‘rinni egallaydi.
98-modda 
quyidagi tahrirda bay on etildi: « 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatini amalga 
oshiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat 
qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog‘iston Respublikasi 
hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o ‘z lavozimi 
bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Pre- 
zidenti tomonidan shakllantiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri nomzodi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi- 
ga binoan 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari to­
monidan ko‘rib ahiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining 
a’zolari 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy soha- 
ning samarali faoliyatiga rahbarlikni, 0 ‘zbekiston Respublikasi qo- 
nunlari, Oliy Majlis qarorlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­
ning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq 
0 ‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqa- 
rolar tomonidan bajarlishi majburiy boig an qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining 
faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali 
ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 
majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro mtmosa- 
batlarda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish 
ko‘radi. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, 0 ‘zbekiston Respub-
93


likasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan 
boshqa vazifalarai bajaradi.
0 ‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi 
majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruv- 
chi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, ush- 
bu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asosan Vazirlar 
Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, 0 ‘zbekiston respublikasi 
Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli».
Mustaqillikning o‘tgan davri shuni ko‘rsatdiki, Konstitutsiya 
mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, m a’naviy sohalarda amalga oshi- 
rilgan ishlaming huquqiy asosi sifatida o ‘zini namoyon qildi. Xal- 
qimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo‘llanma deb hisoblaydi. 
0 ‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat’i na- 
zar barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 
o ‘rganishni, uning mohiyatini chuqurroq o'zlashtirishni hayot taqozo 
qila boshladi.
Shu nuqtayi nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda « 0 ‘z­
bekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish 
to‘g ‘risida» farmoyish chiqardi. Ushbu farmoyishga asosan, Kons­
titutsiyaning jamiyatdagi o ‘mi va ahamiyatini, mazmuni va mohi­
yatini o ‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba 
va o'quvchi yoshlarda mustahkam bilimlami shakllantirish talablari 
qo‘yildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida, maktabgacha ta’lim 
muassasalaridan to oliy ta’limning yuqori bosqichi - magistratura- 
gacha, yoshlaming huquqiy bilimlarini oshirishning yaxlit va izchil 
tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagí doktoranturaga- 
cha boigan bosqich ham kiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezi­
denti bir paytning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham eka- 
nini belgilaydigan normalaming o‘zgartirilishi muhim siyosiy- 
huquqiy qadam bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo‘lib, davlat ho- 
kimiyati organlarining o ‘zaro uyg‘un va hamjihat faoliyat yuritishini 
ta’minlaydi.
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, 
mamlakatni modemizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchay- 
tirish to‘g ‘risida»gf konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech 
shubhasiz, demokratik islohotlami chuqurlashtirish borasida asosiy 
va hal etuvchi rol o ‘ynadi.
9 4


Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolaming siyosiy va 
ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlari- 
da xohish-irodasi va fikmi ifodalash, markazda va joylarda davlat 
hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi 
vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifa- 
ni hal etish maqsadida parlamefWligi ko‘pchilik ovoz bilan siyosiy 
Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin