Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

U c h i n c h i b o b
MUSTAQIL 0 ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TARKIBIDA
SUVEREN QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
1-§. 0 ‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qoraqaipog‘iston
davlatchiligi taraqqiyoti
XX asming boshlarida Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy, iqtiso- 
diy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o'zgarishlar yuz berdi. 1924- 
yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining 
Xo'jayli hamda Q o'ng‘irot tumanlari hududida Qozog‘iston ASSR 
tarkibida Qoraqalpog'iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930- 
yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932-yilda Qoraqalpog'iston Avto­
nom Respublikasiga aylantirildi.
Qoraqalpoqlar tarixida 1936-yil muhim siyosiy voqealar yili 
sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o'z taqdirlarini Ouzbé­
kistan SSR tarkibiga kirish bilan belgiladi va o'z tanlagan yoiining 
istiqbolli ekanligini ko'rsata oldi.
SSSR tarq^lib ketganidan so'ng mustaqil O'zbekiston tarkibi- 
dagi suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi maqomini oldi. Bu tabi- 
iy hodisa edi. Chunki, asrlar mobaynida qoraqalpoqlar bilan o'zbek 
xalqi o ‘rtasida do‘stlik, qardoshlik munosabatlari qaror topgan, tur- 
mush tarzlari va dunyoqarashlarida mushtaraklik vujudga kelgan 
edi. Orolbo'yi kengliklarida qadimiy o‘zbek va qoraqalpoq ajdodlan 
birgalikda yashab, mehnat qilishdi. O'zlarining mushtarak taraqqiyot 
yo'llarini bosib o ‘tishdi.
Qadimiy turkiy qavmning ikki shajarasi yillar mobaynida haqi- 
qiy og‘a-inichilik fazilatlarini ko'rsatdilar, o'zaro munosabatlami 
chuqurlashtirdilar. Bu ikki qavm ma’naviy-ruhiy yaqinligini belgi- 
laydigan asosiy omil va madaniyatlar mushtarakligi, ulaming o'zaro 
yaqinligi edi. Darhaqiqat, tillar yaqinligi dillar yaqinligiga olib kel- 
di. Madaniyatlar bir-birini boyitdi. Qadimiy madaniyat namunalari, 
umummilliy qadriyatlar, jondosh-u qondosh bo'lgan har ikki mil- 
lat uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan an’analar shakllandi. Shu 
asosda iqtisodiy hamkorlik, yagona iqtisodiy makon vujudga keldi.
O'zbekiston tarkibida o'tgan 60 yillik tarix qoraqalpoq xalqi 
uchun jiddiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Madaniy va ma’naviy ravnaq,
159


san’at va adabiyotdagi yuksalish, qishloq xo‘jaligi va sanoat ish- 
lab chiqarishidagi katta yutuqlar bevosita qardosh o‘zbek xalqining 
beg‘araz yordami, og‘alarcha ko‘magi bilan dunyoga keldi.
Qardoshlik va yaqin qo‘shnichilik singan yuksak insoniy fa- 
zilatlar asrlar sinovidan o‘tib, og‘ir kunlarda eng ishonchli qurol 
bo‘lib xizmat qildi. Natijada, Sovet hokimiyati yillaridagi ma’muriy- 
buyruqbozlik usuli, soxta va asossiz milliy siyosat, «ulug‘ og‘a»larga 
xos soxta va yuzaki «millatparvarlik» bu makon xalqlarining muno- 
sabatlariga rahna sololmadi.
Qoraqalpoq va o‘zbek xalqi bir necha o‘n yilliklar mobaynida 
to‘planib qolgan muammolami hal etishda, ijtimoiy-iqtisodiy mu- 
nosabatlami yanada chuqurlashtirishda o‘z an’analaridan unum- 
li foydalanish yo‘lini tanladilar. Har ikki xalq taqdiri, istiqboli bir 
ekanligini, ulami mushtarak orzular, yagdna intilish birlashtirib tur- 
ganligini ochiq-oydin ko‘rsatdilar. Tarixan turli davrlarda turli siyo- 
siy o ‘zgarishlar va qiyinchiliklarda toblangan do‘stlik va qardoshlik 
munosabatlari bunga asos bo‘ldi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, sobiq SSSR davrida milliy 
masaladagi yuzaki yondashuvlar, balandparvoz shiorlar, asossiz 
chaqiriqlar faqat «ulug‘ og‘a»lar manfaatiga xizmat qilardi, xolos. 
Bu shiorlar milliy ravnaq, kichik xalqlaming milliy taraqqiyoti, itti- 
foqdosh respublikalar xalqlarining milliy ehtiyojlarini qondirishdan 
uzoq edi. Totalitär davlatchilik paytida birinchi rahbar biron marta 
ham Qoraqalpog‘istondan boim agan, uning xalqi hayoti bilan ta- 
nishmagan, unga yaqindan yordam bermagan edi.
Yuqoridan amalga oshirilgan bir yoqlama rejalashtirish, kichik 
xalqlarga boTgan e ’tiboming sustligi tufayli QoraqalpogTston sobiq 
ittifoq tarkibida taraqqiyot darajasi eng past boTgan o ‘lkaga aylandi. 
Ittifoq hukumatining aybi bilan qiyinchiliklar chuqurlashdi, muam- 
molar ustiga muammolar to‘plandi. Ekologik halokat yuzaga keldi. 
Amudaryo suvining ifloslanishi va Orol dengizining qurishi bilan 
bogTiq boTgan jiddiy muammolar pay do boTdi.
To‘planib qolgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraq­
qiyot borasidagi muammolar tizimini hal etishda eng adolatli yo‘1 
tanlandi: yagona zamin, yagona makon birlashtirib turgan, umumiy 
taqdirini mushtarak etgan 0 ‘zbek va Qoraqalpoq xalqlari o‘z taqdir- 
larini abadiy birlikda ko‘rishdi. Qoraqalpoq xalqi milliy davlatchilik 
asoslarini qurishda hamda tom ma’nodagi siyosiy va iqtisodiy mus- 
taqillikka o ‘zbek xalqi ko‘magida erishdi va o ‘zining porloq kela- 
jagini yaratishga kirishdi. Uning ulkan orzu-umidi bekam-u ko‘st 
amalga oshadigan boTdi.
160


Qoraqalpog‘iston jamoatchiligining 0 ‘zbekiston tarkibida dav- 
lat mustaqilligi va respublika maqomining huquqiy asosiga ega 
bo‘lishga intilishi Prezident Islom Karimov tomonidan qo‘llab- 
quvvatlandi. Natijada 1990-yil 14-dekabrda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Oliy Kengashi o ‘zining IV sessiyasida « 0 ‘zbekiston 
Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat suve- 
reniteti to‘g‘risidagi» Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklara- 
tsiya 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda o‘zining huquqiy 
maqomiga ega bo‘ldi. Unda Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlit- 
ligi va mustaqilligi to‘la e’tirof etildi. Qonunda Qoraqalpog‘iston 
va 0 ‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik, ikkito- 
monlama shartnomalar, bitimlar va boshqa qonun aktlari asosida 
mustahkamlanishi ko‘rsatib berildi. Har ikki respublika o‘rtasidagi 
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar 0 ‘zbekiston 
Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsi- 
yasida (70-75-moddalar) o‘z aksini topdi. Natijada ikkitomonlama 
hurmat asosida qoraqalpoq xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, 
mustaqil taraqqiyot hamda milliy davlatchilikni mustahkamlashdagi 
roli oshdi. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaraydigan, olis istiqbolni 
yaratishning kafolatini beradigan huquqiy maqomga ega boidi.
Bundan tashqari 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilanganidek ^70-modda) Qoraqalpog‘iston Respublikasi 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi tomonidan himoya qilinadi.
Konstitutsiyaning 21-moddasiga asosan Qoraqalpog‘iston Res­
publikasi fuqarosi ayni paytda 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 
hisoblanadi. Bu qoraqalpoq xalqiga 0 ‘zbekiston xalqlarining barcha 
huquqlardan foydalanish imkonini beradi. Ulaming haq-huquqlari va 
erkinliklarini kafolatlaydi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Res­
publikasi taraqqiyoti uchun qator imkoniyatlar beradi. Masalan, Oliy 
Majlis va 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida uning hu­
quqiy vakilligi mavjud. 86-moddada mustahkamlab qo‘yilganidek, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi o‘rinbosarlaridan 
biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 98-moddasiga binoan Qoraqalpog‘iston Res­
publikasi hukumati rahbari lavozimi bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi. 107-moddaga binoan esa 
0 ‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga Qoraqalpog‘iston Rfcspubli- 
kasining xuddi shunday huquq organlari kiradi. Sud hujjatlari o ‘zbek 
tili bilan birga qoraqalpoq tilida ham olib boriladi (1 15-modda).
6 - 0 ‘zb ek isto n tarix i, 3.
161


0 ‘zbekiston Konstitutsiyasining 71-moddasida belgilab qo‘yil- 
ganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega 
b o im o g ‘i kerak. Ana shu huquqiy asosga ko‘ra Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Oliy Kengashi o‘zining XII sessiyasida (1993-yil 
9-aprel) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul 
qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Konstitutsiyasiga hech qanday monelik qilmaydi, aksincha 
uni bosh huquqiy asos sifatida biladi va Qoraqalpog‘iston hududida 
to‘la amal qilishini ta’minlaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari 
Qoraqalpog‘istonning butun hududida majburiy ekanligi e’tirof etil- 
gan.
Qoraqalpoq milliy davlatchiligi o‘z taraqqiyoti tarixida birinchi 
marta ana shunday insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga 
ega bo‘ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlari- 
ga ega. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Majlisining 
1992-yil 14-dekabrda bo‘lib o ‘tgan XI sessiyasida Qoraqalpog‘iston 
Davlat bayrog‘i, 1993-yil 9-aprelda bo‘lib o‘tgan XII sessiyasida 
Davlat tamg‘asi, 1993-yil 4-dekabrda b o iib o‘tgan XIV sessiyasida 
Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga 
asosan
1994-yil 25-dekabrda Oliy Kengashning 86 deputatdan ibo- 
rat yangi tarkibi muqobillik asosida saylandi. Ayni paytda Parla­
ment Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi deb ataladi. 
Jo‘qarg‘i Kengesning 1995 yil 11 yanvarda, Nukus shahrida bo iib
o ig an birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Jo‘qarg‘i Kenges Ra- 
isi, uning o‘rinbosarlari, mandat komissiyasi, 8-qo‘mita raislari va 
uning a’zolarini sayladi. Ayni paytda deputatlar qo‘mitalar raislari 
rahbarligida respublika qonunchilik tizimini yaratishda faol ishtirok 
etmoqdalar.
Xususan, demokratik jamiyat qurish, erkin bozor munosabat- 
larini shakllantirishga moijallangan muhim qonun va qarorlar qa­
bul qilindi. Jo‘qarg‘i Kenges Raisi qoshida doimiy harakatdagi 
Kengash tashkil qilingan b o iib , uning tarkibiga Jo‘qarg‘i Kenges 
Raisi, rais o ‘rinbosarlari, Ministrlar Kengashi raisi, mandat komissi­
yasi va qo‘mitalar raislari kiradi.
Qoraqalpogiston Respublikasi ijroiya organi Ministrlar Kenga­
shi hisoblanadi. Uning tarkibiga rais, ikkita birinchi o ‘rinbosar va 4 
ta tarmoq o‘rinbosarlari kiradi. Shuningdek, ijroiya hokimiyat tarki- 
bini Vazirliklar va-qator tarmoq qo‘mitalari rahbarlari tashkil etadi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Ministrlar Kengashi Toshkent shahri-
162


iln O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida o‘zining 
I
n
I
i
olib boruvchi doimiy vakiliga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan qator 
jnmoat tashkilotlari bu yerda demokratik jarayonlaming tobora qa- 
rur topayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda Respublika hududida 
hukumatga qarashli bo‘lmagan qator tashkilotlar, jumladan, «Orol 
va Amudaryoni himoya qilish uyushmasi» «EKOSAN» «Aralsos», 
«SogMom avlod uchun» singari bir qator xalqaro tashkilotlaming 
bo'limlari ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda shuni ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida Qora- 
qulpog‘istonda qonunchilik, ijroiya va sud hokimiyatining zamona- 
viy tizimini vujudga keltirishda dastlabki qadamlar qo‘yilgan b o ls a ­
da, hali bu borada qator muammolar hamon saqlanib qolmoqda.
1997-yil 17-iyul kuni Nukusda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Res­
publikasi Jo‘qarg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasi qonun 
chiqaruvchi va ijroiya hokimiyati faoliyatlarida davom etib kelayot- 
gan kamchiliklami chuqur tahlil qildi. Xususan, qabul qilingan qo­
nun va qarorlami hayotga to‘la tatbiq qilinishida, ijroiya intizomini 
qaror topdirishda hali jiddiy kamchiliklar borligi qayd qilindi.
Shu bois sessiyada nutq so‘zlar ekan, Prezident I. Karimov 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin