Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Sadoqatli odam
boshiga qilich kelganda ham so‘zidan, ahd-u qaroridan qayt-
maydi. Inson aw alo oilasiga, xalqiga, vataniga sadoqatli, va-
fodor boiishi zarur. Bugungi zamonda sadoqatli boiish qiyin.
Oqim u tomonga tortadi, nafs bu tomonga, «o'vinehilik» boshqa
tomonga. Shunday paytda odam agar mard boisa, irodasi ba-
quw at boisa, u yoq, bu yoqqa o g ib yurmaydi.
Nima uchun bizlarda o‘yin boiayapti? Nima uchun har
ehtimolga qarshi goh unisi bilan o‘ynaymiz, goh bunisi bilan?
Sabab shuki, ko‘pchilik mas’ul rahbarlarda izchil, hayotiy po-
zitsiya, fuqarolik bnrchini teran anglash, bugungi davlat siyosa-
tiga aniq munosabat yetishmaydi... Rahbar b oiish uchun aw a-
lambor kurashchi boiish kerak, irodasi baquwat, iymoni butun
bo‘lishi darkor». 
Bu shunchaki oddiy bir gap emas. Mahalliychilik, 
tor tushunchalar qobig’idan chiqolmaslik illatlariga burkalib qolish 
hollari bor. Bu so’zning tagida mustaqillik mohiyatini pasaytirishga, 
taraqqiyotimizni ataylab orqaga tortishga intilayotganlar, turli xil- 
dagi nayrangbozlar-u firibgarlardan xalos boiish, qat’iyat va sabot 
bilan haq yoidan to‘g‘ri borish va bu y o id a birlashib harakat qilish 
orzu-istagi turibdi. Uning zamirida hamon joylarda amalparastlik, 
buyruqbozlik, tamagirlik va munofiqlik yo’qolmayotgani, hokimlar 
va tashkilot rahbarlari hali to ia quw at bilan ishlamayotganligi ma- 
salasi yotibdi.
Bir qism kadrlar zamon shiddatiga bardosh berolmayaptilar. Bu 
toifadagi odamlaming aksariyati ko‘p yillik boqimandalik, sansolar- 
lik kayfiyatidan chiqolmayapti, hozirjavoblik, masalani o‘z vaqtida 
to‘g‘ri hal etish qobiliyatiga ega emas. Iloji boricha ishni ojqaga 
surish, xodimlami esa o‘z fei-atvoriga mos ravishda o’rtamiyona, 
«qulluqchi», «labbaychi» xillaridan tanlashga intiladi. Yana bir gu-
155


ruhlari esa yangilik bilan eskilik orasida chindan ham dovdirab qol- 
gan. Eskicha ishlolmaydi, yangilikning esa mohiyatini tushunmaydi.
Bunday kadrlar haqida 2001-2007-yillarda Qoraqalpog‘iston 
Jo‘qorg‘i Kengesi xalq deputatlari, Toshkent, Sirdaryo, Naman­
gan, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari sessiyalarida 
ro‘yirost gapirildi. Rahbar kadrlaming yana bir turi ham borki, ular 
haqiqatan ham mustaqillik fidoyilari. Yangicha fikrlash va yangi- 
cha ishlash uchun o ‘zlarida qobiliyat ham, g ‘ayrat va rag‘bat ham 
sezadilar. Biroq, ular ba’zan turli xildagi to‘siqlarga uchrab qoladi- 
lar. Natijada bor imkoniyatlarini ko‘rsata olmaydilar. Bu tabiiy hoi, 
o ‘tish davrining tabiiy qiyinchiligi.
Mustaqillikning o ‘tgan davri mobaynida bir necha viloyat, sha- 
har va turnan hokimlari, vazirliklar, birlashma va konsemlar rah- 
barlari almashtirildi. Shu yo‘l bilan davlat boshqaruv tizimi mus- 
tahkamlanmoqda. Joylarda zamonaviy fikrlaydigan, tub islohotlar 
mohiyatini tushunadigan va ulami amalga oshirishga qodir bo‘lgan 
kadrlar tanlanmoqda.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda kadr­
laming ijtimoiy bazasi har qachongidan ko‘ra kengaydi. Ma’lumki, 
70-80-yillarda rahbarlik lavozimlariga ko‘plab mutaxassis, deb hi- 
soblangan injener, agronom, iqtisodchilar tavsiya qilinar edilar. 
Qog‘ozda mavjud bo‘lgan rezerv kadrlar ham asosan shu toifa mu- 
taxassislar hisobiga shakllantirilar edi. Endilikda bu tamoyil to‘g ‘ri 
kelmaydi. U respublika mustaqillikka erishgandan keyin vatan rav- 
naqi, el-yurt farovonligi yo‘lida fidoiylik bilan mehnat qiluvchi bar- 
cha tabaqa mutaxassisliklaming eng yaxshi vakillari turli darajadagi 
rahbarlik lavozimida samarali faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu bois, 
rezerv kadr shakllantirishda turli kasb va mutaxassisliklar vakillari- 
ning eng yaxshilarini hisobga olib, ulami mustaqillik ehtiyojiga mos 
tarzda tarbiyalab, turli rahbarlik lavozimlariga tortish dolzarb masa- 
laga aylandi.
Bundan tashqari erkin fuqarolik jamiyatiga, bozor iqtisodiyotiga 
va mulkchilikning turli-tuman shakllariga o‘tish sharoitida rahbar- 
laming sifat tarkibini yaxshilash uchun yana bir imkoniyat paydo 
bo‘ldi. Gap jamiyatda yuzaga kelgan yangi toifa kishilar - ishbilar- 
monlar, tadbirkorlar xususida bormoqda. Ular jamiyat ravnaqi uchun 
butun kuch-g‘ayratini sarflashga qodir, hayot tajribasiga va kasb ma- 
horatiga ega bo‘lgan beqiyos tayanchdir.
Kadrlar zaxirasi shakllantirilayotganda yosh, g‘ayratli, tashab- 
buskor xodimlami hisobga olish bilan, ayni chog‘da ma’lum daraja- 
da tajriba orttirgan kishilardan ham oqilona foydalaniladigan bo‘ldi.
156


1997-yil 10-martda Vazirlar Mahkamasi demokratiya va bo- 
zor islohotlari talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
bo‘yicha davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini 
qamrab oladigan Milliy dastur tuzish maqsadida «Kadrlar tayyorlash 
bo‘yicha Milliy dastur tuzish to‘g ‘risida» Qaror qabul qildi. Unda 
butun ta’lim tizimini isloh qilish, ishlab turgan o‘quv yurtlarini yan- 
gi yo‘nalishga solish hamda zamonaviy texnologiyalarda ishlay ola­
digan mutaxassislar tayyorlash vazifasi kun tartibidagi bosh masala 
bo‘lib qoldi.
1997-yil, avgust oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- 
lisining 
sessiyasida 
0 ‘zbekiston 
Respublikasining 
«Ta’lim 
to‘g ‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda va «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha 
milliy Dastur» qabul qilindi.
Ushbu qonunda yoshlarga milliy uyg’onish va umuminsoniy 
qadriyatlami idrok etish asosida Vatanga mehr-muhabbat, mustaqil- 
lik g‘oyalariga sadoqat ruhida ta’lim-tarbiya berish vazifalari ham 
belgilab berildi.
Kadrlar tanlovida mahalliychilik, qarindosh-urug‘chilik illat- 
laridan qutulib boTmayotganligiga davlatimiz rahbari 2004-2009- 
yillarda Surxandaryo, Toshkent, Navoiy, Andijon, Farg’ona viloyat- 
larida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining navbatdan tashqari 
sessiyalaridagi ma’ruzalarida alohida e’tibor bergandi.
Shu bilan birga Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov 
2005-yil 7-fevral kuni Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi bilan 
boTgan uchrashuvda «Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuv- 
lar bilan qurib boTmaydi» mavzuida ma’ruza qilib, bu masalaga 
alohida urg‘u berib shunday deydi. 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin