Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


-§. Xalq ta’limi, fan va madaniyat



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

4-§. Xalq ta’limi, fan va madaniyat
Qoraqalpoq xalqi qadimiy va boy tarixga ega. Uning milliy ma- 
daniyati, jozibali san’ati, mumtoz adabiyoti, qadriyatlari, udum va 
an’analari olamga mashhurdir.
Mustaqillik tufayli qoraqalpoq xalqi juda ko‘p qadriyatlarini 
qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Adolat va tenglik, ozodlik va 
erk uchun kurashgan Emazar 01ako‘z, Ollayor Do‘stnazarov singari 
xalq qahramonlarining - jasoratli, o‘t yurakli Qoraqalpoq farzandla- 
rining orzu-armonlari amalga oshdi.
Milliy madaniyat va ma’naviyatning qaror topishiga, qoraqalpoq 
xalqining klassik shoirlari Berdaq, Ajiniyoz bobolar ijodiy merosla- 
rining to‘la tiklanishiga, aziz xotiralarining ulug‘lanishiga yo‘l ochib 
berdi.
Bugungi kunda Ibroyim Yusupov, To‘lepbergen Qaipbergenov, 
Tilovbergen Jumamuratov kabi qoraqalpoq yozuvchi va shoirlari- 
ning asarlari xalqlarimiz ma’naviy xazinasidan munosib joy oldi.
Sobir Kamotev, Charjau Abdirov kabi yirik olimlar 0 ‘zbekiston 
fani rivojiga juda katta hissa qo‘shdilar.
Bugungi kunda respublika xalq ta’limi tizimi milliy uyg‘onish, 
ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojiga xizmat qilishda yetakchi rol 
o‘ynamoqda.
Respublikada yangi tipdagi o ‘rta umumta’lim muassasalari -
litseylar, gimnaziyalar va alohida fanlami chuqurlashtirilgan holda 
o’qitiladigan maktablar tez rivojlanmoqda. 1996-yil oxirida respub­
likada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko’rsatdi, shu jumla- 
dan, ayrim fanlami chuqurlashtirilgan holda o’qitiladigan maktablar
1991-yilda 31 ta boigan bo’lsa, 1996-yilda 169 taga yetdi, litsey va 
gimnaziyalar 19 taga yetdi. O ’tgan yilning o’zida o’quvchilar soni 
1743 nafarga ko’paydi.
Barcha qishloq hunar-texnika bilim yurtlarida traktorchi- 
mashinistlar tayyorlash chegaralanib, o ‘miga turli mintaqalar uchun 
zarur bo’lgan kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Milliy hu- 
narmandchilikni rivojlantirishga, gilam to’qish, keramik tftíyumlar 
tayyorlash, ganchkorlar va boshqa shu kabi hunar egalarini tayyor­
lashga ahamiyat berila boshlandi.
173


Respublikadagi 22 ta o ‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, shu jum- 
ladan, kunduzgi boMimda 11,8 ming o ‘quvchi ta’lim olmoqda. Ber- 
daq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti hamda Ajiniyoz 
nomli Nukus Davlat pedagogika institutida oliy ma’lumotli mutaxas- 
sislar tayyorlanmoqda. Bu o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘limlarida 
9 ming nafar talaba o‘qimoqda. Universitetda qishloq xo‘jaligi va 
tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha fakultetlar ham mavjud.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davri qiyinchiliklariga qaramay 
respublika hukumati xalq ta’limi moddiy-texnika bazasini mustah- 
kamlash chora-tadbirlarini ko‘rmoqda. Keyingi 6 yilda 42 ming 778 
o‘rinli maktab, 6 ming 660 o ‘rinli bog‘cha, 6 ming 840 o‘rinli kasb- 
hunar kollejlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi. Birgina 
1996-yilning o‘zida esa 3126 o ‘rinli maktab qurib ishga tushirildi.
1991- 
1996-yillarda fan sohasida ham sezilarli o‘zgarishlar 
bo‘ldi. 1992-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiya- 
sining Qoraqalpoq filialiga Qoraqalpoq bo‘limi maqomi berildi. 
Uning tarkibida ilgari 3 ta instituí mavjud bo‘lgan bo‘Isa, yana ik- 
kita institut qo‘shildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya hamda bio- 
ekologiya institutlari ham shu bo‘lim tarkibiga kirdi. Botanika bog‘i 
boiinm asiga esa bo‘lim maqomi berildi. 1994-yilda esa Fanlar Aka- 
demiyasi tarkibiga 0 ‘zbekiston Sogiiqni saqlash vazirligiga qarashli 
tajriba instituti va tibbiyot klinikasi ham kiritildi.
Fanlar Akademiyasida tashkil etilgan bunday tadbirlar olimlar- 
ga tabiiy va ijtimoiy fanlami yanada rivojlantirish, xalq xo‘jaligi va 
madaniyatni yuksaltirishda muayyan muvaffaqiyatlami q o ig a kiri- 
tishga yordam berdi. Qoraqalpoq fanida erishilgan yutuqlar hamda 
to‘rt jildlik «Qoraqalpoq tilining izohli lug‘ati»ni yaratishdagi xiz- 
matlari uchun fanlar akademiyasi bo‘limining 4 nafar ilmiy xodimla- 
ri (M.Qalandarov, R.Yesemuratova, A.To‘raboyev, D.Qozoqboyev) 
1996-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasining Beruniy nomidagi Davlat 
mukofoti bilan taqdirlandilar.
1992- 
yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari 
akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi tashkil etildi. Uning tarkibiga 
Sh.Musayev nomidagi Chimboy yer ishlari instituti hamda sholichi- 
lik va chorvachilik institutlarining filiallari kiritildi.
Nukusda SANIIRIning bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Respubli­
ka oliy o ‘quv yurtlarida ham ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Keyingi yillarda Toshkent olimlari ko‘magida katta miqdor- 
dagi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlandi. Respublikada­
gi 60 nafar fan doktorlari va 600 nafar fan nomzodlaridan deyarli 
30 foizi 0 ‘zbekiston Mustaqilligi yillarida ilmiy daraja oldilar. II-
174


gari fanlar akademiyasi haqiqiy a’zoligiga saylangan Ch.A. Abdi- 
rov, S.K. Kamolov, A.B. Baxiyevlar qatoriga 1994—2000-yillarda 
T. Yeshanov, A. Dauletov, U.Hamidov va J. Bozorboyev ham qabul 
qilindilar. 1997-yilda esa ikki nafar rassom (J. Izentayev va J. Qutti- 
muratov) 0 ‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akade- 
mikligiga saylandilar.
Respublikada yuqori malakali kadrlar o ‘sishida ayniqsa, ijtimoiy 
fanlar sohasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komis- 
siyasi tomonidan tarix va arxeologiya, etnografiya, til va adabiyot 
bo‘yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining himoya qi- 
luvchi ixtisoslashgan Kengashlaming tashkil etilayotganligi muhim 
ahamiyat kasb etmoqda.
Respublika olimlari keyingi yillarda chet el mutaxassislari bilan 
hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Respublika Fanlar 
Akademiyasining Qoraqalpoq bo‘limi bioekologiya instituti xodim- 
lari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993-yildan beri Orolbo‘yi 
ekologiyasi muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. Ta­
rix, arxeologiya va etnografiya instituti Avstraliyaning Sidney uni- 
versiteti olimlari hamda fransuz arxeologlari bilan birgalikda ish olib 
bormoqdalar. 1995-yilda Mo‘ynoqda Germaniya Federativ Respub­
likasi yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stan- 
siyasi ochildi.
Mustaqil 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning dolzarb masa- 
lalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o‘rin egallay- 
di. 0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov, 
0 ‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi ToTepbergan Qa- 
ipbergenovlar qatoriga yangi nomlar kelib qo‘shildi. Saginbay Ibro- 
himov, Kenesboy Rahmonov kabi shoirlar, Guloysha Yesemuratova, 
0 ‘zarboy Abdurahmonov, Muratboy Nizanovlar ana shular jumlasi- 
dandir.
Xalq ta’limi, fan, madaniyat ravnaqini ta’minlash Qoraqal- 
pog‘iston Respublikasi va uning xalqi uchun muhim vazifalar- 
dan hisoblanadi. 2007-yildagi m a’lumotlarga ko‘ra, o ‘lkada 761 
ta umumtaTim maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Eng zamona- 
viy o‘quv qurollari bilan jihozlangan 76 ta kasb-hunar kollejlari
7 ta akademik litsey yosh avlodga zamonaviy bilim berish bilan 
shug‘ullanmoqda.
San’at va madaniyatning boshqa sohalari rivojiga katta e’tibor 
bilan qaralmoqda. Ayni paytda Respublikada 3 ta teat»; 4 ta konsert 
muassasalari, 3 ta muzey faoliyat ko'rsatmoqda. Muzeylar ekspo- 
natlari yangidan yangi asarlar va jihozlar bilan boyib bormoqda.
175


Ular soni 2002-yilda 78 mingta bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 82 
ming 600 tadan oshdi. Badiiy adabiyot milliy madaniyatining mu- 
him bo‘g ‘ini sifatida rivojlanmoqda.
2002-2007-yillar mobaynida ikki atoqli qoraqalpoq adiblari -
Toiepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupovlarga milliy mada- 
niyatning rivojlanishidagi g‘oyatda katta xizmatlari uchun davlati- 
mizning oliy mukofoti - « 0 ‘zbekiston qahramoni» unvoni berildi. 
Bir qator san’atkorlarga « 0 ‘zbekiston xalq artisti», « 0 ‘zbekiston 
xalq rassomi», « 0 ‘zbekiston san’at arbobi» unvonlari berildi.
Ayni paytda 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Qoraqal- 
pog‘iston bo‘limi oikada fan taraqqiyotining asosiy tayanchi vazi- 
fasini bajarmoqda. 2002-yilda 3 ta oliy o ‘quv yurti ishlagan bo‘lsa, 
2007-yilga kelib ular soni yana ikkitaga ko‘payib, jami 5 taga yet- 
di. Ularda zamonaviy kadrlar tayyorlash, o‘quv-pedagogik ishlar bi- 
lan birga fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan keng miqyosli ilmiy- 
tadqiqot ishlari ham olib borilmoqda.
1993-yil yanvarda Toshkentda Qoraqalpog‘iston madaniyati 
kunlari, noyabr oyida esa Qoraqalpog‘istonda Toshkent madaniyati 
kunlari o‘tkazildi. Bu tadbirlar Nukus va Toshkent madaniyat xodim- 
lari faoliyatini bir-birlariga yaqinlashtirdi. 1996-yilda Qoraqalpoq 
xoreografiyasi tarixida birinchi marta «Oyjamol» nomli qoraqalpoq 
baleti (N.Muxammedinova musiqasi, T.Xodjayev asari) sahnalash- 
tirildi. 1996-yilda 0 ‘zbekiston Mustaqilligining 5 yilligi oldidan 
o ‘tkazilgan « 0 ‘zbekiston - Vatanim manim» qo‘shiq-tanlovida yosh 
qo‘shiqchi Roza Kutekeyeva «Mustaqillik gullari» qo‘shig‘i bilan 
ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni oldi. Shu yili yana Amir Temur 
rolining eng yaxshi ijrosi uchun konkursida Berdaq nomidagi dra­
ma teatri artisti Bozorboy Uzoqberganov qatnashib, birinchi o‘rinni 
oldi. Bu misollar Qoraqalpog‘iston san’atkorlari Mustaqillik yillari- 
da erishgan muvaffaqiyatlardan dalolat beradi.
Qoraqalpog‘iston san’atida erishilgan muvaffaqiyatlami keng 
targ‘ib etishda Rassomlar uyushmasi, I.V.Savitskiy nomidagi san’at 
muzeyi, tarix-oTkashunoslik muzeyi katta targ‘ibot-tashviqot ishlar- 
ni olib bormoqda.
Moliyaviy qiyinchiliklarga, qog‘oz taqchilligiga qaramay 
Qoraqalpog‘iston Jo‘qarg‘i Kenges, Ministrlar Kengashining «Yor- 
qin Qoraqalpog‘iston», «Qoraqalpog‘iston xabarlari» gazetalari, yo- 
zuvchilar uyushmasining «Amudaryo» jumali, «Respublika Fanlar 
akademiyasining Qoraqalpoq boTimi xabarlari» ilgarigidek mun- 
tazam chiqarilmoqda. 1991-yildan respublikada hukumatga qarashli 
boTmagan «Orol qizlari» jumali chop etila boshladi.
176


1991—1996-yillarda Nukus shahrining 60 yilligi, To‘rtko‘l shah- 
rining 120 yilligi, Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘lining 170 yilligi, Amir 
Temuming 660 yilligi keng nishonlandi. Bular o‘zbek va qoraqal- 
poq xalqlari do‘stligining ramziy belgilaridir. Bular 0 ‘zbekiston va 
Qoraqalpog‘iston tarixidagi eng muhim voqealar, o‘zbek va qoraqal- 
poq xalqlari o ‘rtasidagi do‘stlik ramzidir.
0 ‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning Nukus shahri 60 yilligi 
bayramida: « 0 ‘zbekiston taqdiri bu - Qoraqalpog'iston taqdiridir, 
o‘zbek xalqining taqdiri bu - qoraqalpoq xalqining kelajagidir» de- 
gan otashnafas so‘zlari qoraqalpoq xalqi xotirasida abadiy saqlanib 
qoladi.
Bugun Qoraqalpoq xalqi shuni yaxshi biladiki, uning amal- 
dagi suvereniteti, Mustaqilligi faqat 0 ‘zbekiston bilan birga 
bo‘lgandagina ta’mirlanishi mumkin. Shuning uchun ham qoraqal­
poq xalqi o‘z taqdirini o ‘zbek xalqi va 0 ‘zbekiston bilan abadiy 
bog‘lagan. 0 ‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respubli- 
kasining Konstitutsiyalari buning yorqin kafolatidir.

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin