Birinchidan,
demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro ta-
moyillari, dunyo hamjamiyati e’tirof etgan yo‘riqlari mavjud. Bu
bevosita fuqaroning o ‘z xohish-irodasini erkin ifodalash huquqiga
egaligi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fiiqarolaming
millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar
teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi,
saylov va saylanish huquqi va boshqalardir. Bular qariyb barcha
mamlakatlar konstitutsiyalarida qat’iy belgilab qo‘yilgan tartib-
qoidalardir. Biroq, ma’lum bir mamlakatda demokratiyani joriy
etishda faqat shuning o‘zi kifoya qiladimi? Faqat shuning o‘zi aholi
barcha ehtiyojlarini, m a’naviy-ruhiy olamini qamrab ola oladimi?
Yo‘q! Chunki, har bir xalqning o ‘z turmush va tafakkur tarzi, ta-
rixiy an’analari, hayotga munosabati va boshqa jihatlaridan kelib
chiqib, demokratiyaga yondashish usuli bor. Shu ma’noda Prezident
I.A. Karimov
«Sharqda demokratik jarayonlarning qadimdan
shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni
aslo nazardan qochirib boMmaydi. Ya’ni sharqda demokratik
jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu so-
hada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush
hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g‘arb olimlari
ham «ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yow oyi shakli» deb
ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi»,
deganida demokratiyani joriy etishning yurtimizda o ‘zbekona ta-
moyillari shakllanayotganini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan,
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, bir qator
mamlakatlar - jumladan, Turkiya, Olmoniya, Angliya, Fransiya va
boshqa davlatlaming demokratik taraqqiyot yo‘llari bilan yaqindan
tanishdi. Bu mamlakatlarda demokratiyaning ibratli va o‘rganishga
arzirli tajribalari mavjud. Biroq, 0 ‘zbekiston Prezidenti bu ma-
salada o ‘zining munosabatini aniq va ravshan bayon etdi. Har bir
millat o ‘z milliy ruhiyatidan kelib chiqib bu masalaga yondashishi
zarur. Ayniqsa, o‘zbeklar singari juda qadimiy millat va juda boy
an’analarga ega xalq ehtiyojlarini hisobga olmaslik og‘ir natijalar
ga olib kelishi mumkinligini uqtirdi va
Dostları ilə paylaş: |