• f
177
T o‘ r t i n ch i b o b
0 ‘ZBEKISTONDA HUQUQIY DEMOKRATIK
DAVLAT QURILISHI. FUQAROLIK JAMIYATINING
SHAKLLANTIRILISHI
1-§. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish.
Ko'ppartiyaviylik
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida
yuz bergan keng qamrovli o ‘zgarishlami mushohada qilar ekanmiz,
mamlakatda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson haq-
huquqlari va uning erki asosi bo‘lgan huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatiga mos zamonaviy tuzilmalar shakllanganini qayd qilmoq
lozim.
Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, eng aw alo demokrati-
ya, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘mi, hozirgi zamon jahon
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishi va demokratik tamoyillar
xususida fikrlashib olmoq lozim.
Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan
davrdan boshlab uning erk-u irodasini, xohish-istagini belgilaydi-
gan mezon b o iib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati
shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har
jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu asosda ma’lum tartib-
qoidaga kirib qolgan aniq yo‘nalishlar o ‘rtasida katta farq bor.
Chunki, asrlar mobaynida vaqt o‘tgani sayin odamlar dunyo-
qarashi o‘zgarib, talab-ehtiyojlari tabiiy ravishda oshib bordi. Bu
insonning erkin va ozod yashash kabi ehtiyojining mahsulidir.
Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huqu
qiy, m a’naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tash-
kil etgan aholi umumiy dunyoqarashini o‘zida mujassam etadi. Har
qanday davlat o‘z huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi
aniq tamoyillariga ega boim asa, fuqarolar esa o‘z haq-huquqlarini
himoya qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, o ‘z mamlakati
istiqboli yo‘lidagi vazifalari va burchlarini to ia anglab olmagan taq-
dirda demokratiya tom m a’nodagi mazmuniga va jahon tajribasida
isbot qilingan mohiyatiga ega bo‘la olmaydi.
Jahon davlatchiligi tajribalari tobora boyib, xalqning o ‘zligini
-178
anglash jarayoni tezlashib borgani sayin demokratiyaning jamiyat
laraqqiyotida tutgan o‘mi xususidagi munozaralar keskin avj oldi.
Ayniqsa, XX asr kishilik tarixida keskin burilish yasadi. Yer kurra-
sida ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tuzumning paydo bo‘lishi
dunyo davlatchiligi tajribasida va jahon xalqlari tafakkurida keskin
burilish yasadi. Ikki lager o ‘rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va
mafkuraviy raqobat tufayli bir qator xalqaro tashkilotlaming paydo
boiishiga, inson haq-huquqlarini ma’lum bir tartibga solib turishga,
uni himoya qilishga ehtiyoj sezildi.
Totalitär tuzum sharoitida inson huquqlarining cheklanganligi,
mafkuraviy yakkahokimlik jamiyat ma’naviy taraqqiyotini cheklab
qo‘ydi. Ikkinchidan, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida ozodlik
uchun kurash, milliy davlatchilikka zamin yaratish va shu asosda
inson huquqlarini himoya qilish, har tomonlama barkamol demokra-
tik jamiyatni vujudga keltirishga intilish kuchaydi. Natijada ana shu
qit’alarda milliy ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar zaminida
insoniyatning azaliy orzu-umidi - ozodlik va hurriyatga erishish,
erkin yashash ehtiyoji yotardi.
Qadim Sharqda azaldan huquqiy demokratik davlatchilik va
fuqarolik jamiyatining turli elementlari mavjud edi. Bunga uzoq
o‘tmishimizda bir qator sulolalar davlatchiligini misol keltirish
mumkin. Bu davrlarda haqiqat va adolat g ‘oyasi nihoyatda baland
ko‘tarilgani va butdh mamlakatda aniq tartib-intizom o‘matilgani na-
tijasida inson hayoti, aholi turmushi kafolatlanganligi bilan alohida
ajralib turadi. Agar ana shu davrlarda so‘z va fikr erkinligi, g‘oyalar
qarama-qarshiligi mavjud boTmaganda edi, bu qadimiy makonda
fan, madaniyat va ma’naviyat jahon taraqqiyotida bu darajada kuchli
ta’sir ko‘rsatmagan boTur edi. Sharq uyg‘onish davri va keskin yuk-
salish paytlarida dunyoviy ilmlar bilan Islom madaniyati nazariyasi
va falsafasi uyg‘un holda taraqqiy topdi, turmush tarzimizga aylanib
qoldi. Aks holda Islom dinining buyuk namoyandalari, ulamolari
va fuzalolarining dunyo tan oigan asosiy ko‘pchiligi qadimiy Turón
zaminida yetishib chiqmas edi. Bu bizga «din afyundir» deb o‘rgatib
kelingan, bizni xudosizlikka - imonsizlikka va e’tiqodsizlikka da’vat
etgan yolg‘on mafkuraning yolg‘on umridan darak berganidek,
Islom dini va Sharq turmushi falsafasining abadiyatini, haqiqati va
qadriyatini belgilaydi. Sohibqiron Amir Temuming birgina «kuch-
adolatda» degan so‘zida huquqiy demokratik davlatning hana*. fu
qarolik jamiyatining ham insonning yashash huquqi va uning bar-
cha erkinliklari hamda hozirgi zamon demokratik harakatlaming eng
ilg‘or tajribalari mujassam boigan.
179
Albatta, bu ancha-muncha munozarali masala. Mamlakatimizda
yangi tarixiy sharoitlarda yangicha davlatchilik qaror topayotgan bir
paytda demokratiya, fuqarolik jamiyati, aholi va jamiyat, fuqaro va
davlat o‘rtasidagi munosabatlar turli soha mutaxassislari o‘rtasida
turlicha talqin etilmoqda. Biroq, har qanday xulosalardan qat’i nazar
qadimiy Sharq davlatchiligida inson erki, haq-huquqlari ko‘p jihat-
dan himoya qilingan hamda o‘z davrining talab va ehtiyojlaridan ke-
lib chiqib inson ozodligi va xatti-harakatlar erkinligi ta’min etilgan
edi. Bu ayni demokratik jamiyatning muhim va asosiy belgilaridan
hisoblanadi.
Biz bugun yangi tarixiy sharoitlarda yashayapmiz. Jahon de
mokratik jarayonlari tobora chuqurlashgan, uning imkoniyatlari
ancha kengaygan, odamlaming onglilik darajasi birmuncha oshgan
bir paytda yashayapmiz. Ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming mamlakat-
lararo, mintaqalararo va qit’alararo ta’siri tobora kuchayib borayot-
gan bir sharoitda kun kechirayapmiz. Bulaming barchasi inson ongi,
tafakkuri va qalbini hech qachon chetlab o‘tmaydi. Endi demokra-
tiyaning shunchaki oddiy erkinlik, hurriyat, ozodlik degan tushun-
chalari va ayni paytda xalq hokimiyati degan mazmuni ham birmun
cha o‘zgarmoqda. Jumladan, demokratiyaning madaniyati, m a’rifati
odamlar o‘rtasidagi munosabatlardan tortib dunyoviy muammolami
hal etishgacha bo‘lgan nizo, murosa va yakdillik, uning iqtisod, si-
yosat va fikrlar xilma-xilligi sharoitidagi vazifalari ancha kengaydi.
Bizning yaqin o ‘tmishimiz jahon demokratik me’yorlariga mos
keladigan inson erki va yashash huquqini chegaralab qo‘ygan edi.
Mislsiz zo‘ravonlikka tayangan kommunistik siyosat tabiatan ozod-
likni yoqtirmas va tom ma’nodagi demokratiyani tan olmas edi.
Amerikalik siyosatchi Diana Revich ta’biri bilan aytganda, «Tota-
litar siyosiy tuzumlar sustlik va loqaydlik kayfiyatini rivojlantiradi.
Tuzum itoatkor va labbaygo‘y fuqarolami shakllantirishga intiladi.
Bundan farqli oiaro q demokratik jamiyatning fuqarolik madaniyati
alohida shaxslar va guruhlaming erkin ravishda ixtiyor etgan fao-
liyati tufayli shakllanadi. Ozod jamiyat fuqarolari o‘z manfaatla-
ri yoTida harakat qiladilar, o ‘z huquqlaridan foydalanadilar va o‘z
hayotlari uchun mas’uliyatni o ‘z zimmalariga oladilar». Ana shu
mas’uliyat odamning jamiyat oldidagi burchini ham, jamiyat va
shaxs o ‘rtasidagi munosabatlami ham belgilaydi.
0 ‘tish davrida, ayniqsa, totalitar tuzumdan erkin fuqarolik tuzu-
miga o‘tayotgan bir sharoitda demokratiyani anglash, uning butun
mohiyatini tushunish va mas’uliyatini zimmaga olish ancha qiyin
ish. Ijtimoiy hayot, mamlakatda yuz berayotgan jiddiy o‘zgarishlar
180
vu inson hayotining daxlsizligi bevosita yangidan-yangi muammo-
lurni keltirib chiqaradi. Odamlar esa ana shu muammolami birin-
kctin hal etish jarayonida o‘z erki va haq-huquqlarini himoya qilib
boraveradi. Jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda aholi «tarbiyalanib»,
shakllanib, barkamollashib boradi. Ayni paytda biz xuddi ana shun-
day jarayonlami boshdan kechiryapmiz.
Demokratiyaning murosachilik va yakdillik madaniyati mam-
lakat ichki hayotida ham, tashqi siyosatida ham alohida ahamiyat
kasb etadi. Jumladan, odamlar - mamlakat fuqarolari o ‘rtasidagi
munosabatlar qanchalik iliq bo‘lsa, umumxalq va umumdavlat
manfaatlari yo‘lida birlashib, muammolami hal etishda oqilona fa-
oliyat ko‘rsatilsa, barcha uchun umumiy bo‘lgan vazifalar oldida
mas’uliyat chuqur his qilinsa - bu demokratiyaning mamlakat ichki
hayotidagi madaniyatini belgilaydi.
Demokratiyaning tashqi siyosatdagi ko‘rinishi bu bevosita dav-
lat rahbarining dunyo muammolarini hal etishdagi faoliyatida aks
etadi. Prezident Islom Karimovning bu boradagi faoliyatida, ayniq-
sa, ushbu jihatlar e’tibomi tortadi:
- har qanday mojaroli masalalami tinch yo‘l bilan hal etish,
muzokaralar yo‘li bilan fikr almashish va eng to‘g ‘ri, hamma uchun
birday manfaatli bo‘lgan xulosalarga kelish;
- har qanday zo‘ravonliklarga, tazyiq va kuch ishlatishlarga
qarshi ravishda sharqona munosabatlar ilmini egallash - demakki,
sharqona demokratiya tamoyillari asosida ish yuritish. Darhaqiqat,
Sharqda, Sharq davlatchiligida har qanday zo‘ravonliklardan xoli
yo‘sinda masalalami aql-idrok bilan, ro‘yirost va oshkora muloqot
qilish asosida hal etish tamoyillari mavjud.
0 ‘zbekiston rahbarining xalqaro siyosati hozirgi zamon jahon
demokratik harakatlarining ilg‘or tajribalariga mos keladi. Bu yo‘l
har qanday zo‘ravonlik va kuch ishlatishni rad etish bilan birga,
jahon siyosati madaniyatini oshirishga da’vat etish orqali siyosatga
demokratik tamoyillami olib kirishning o ‘zbekona yo‘lidir.
Demokratiya doimiy harakatdagi hodisadir. Ayni paytda u jam i
yat taraqqiyoti va mavjud siyosiy rejim ta’sirida o‘zini o‘zi to‘ldirib,
boyitib, yangi tarixiy sharoitlarda yangicha mazmun kasb etib bo-
mvchi voqelikdir. Muxtasar qilib aytganda demokratiya tajribaga
asoslangan va doimiy ravishda mazmunan boyib, barkamollashib,
mohiyati chuqurlashib boradigan faoliyatdir.
Endi haqli ravishda savol tug‘iladi. Xo‘sh, 0 ‘zbelagton demok
ratiyaning qaysi yo‘nalishlaridan bormoqda? Huquqiy demokratik
davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish oliy maq-
181
sad ekan, unga erishishning yagona yo‘li demokratiyani chuqurlash-
tirishdir. Ayni paytda 0 ‘zbekistonda davlatchilikning bu jihatiga
qanday qaralmoqda?
Dostları ilə paylaş: |