Ispaniya qirolligining Fransiyadagi elchixonasi siyosiy ma- salalar bo‘yicha maslahatchisi K. Ruiz de Velaskoning ta’kid-
lashicha, 0 ‘zbekistonda qabul qilingan «Nodavlat va notijorat tash
kilotlari faoliyati kafolatlari to‘g ‘risida»gi Qonun davlat tomonidan
NNTga ko‘rsatilayotgan ko'makning ajralmas qismi va mamlakat
demokratik taraqqiyotining muhim omilidir. U NNTlar faoliyatini
ijtimoiy yo‘naltirilganligini rag‘batlantiradi va muvofiqlashtiradi.
Aytish joizki, mazkur qonun moddalariga yetarli darajada amal qi
linishi ushbu tashkilotlaming ijtimoiy faoliyatini erkinlashtirib, ular-
ning huquqlarini ta’minlash va himoyalashning qonuniy kafolatlari-
ni yaratadi. Mamlakat hukumati tomonidan ko‘rsatiladigan bunday
yordam huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.»
Xitoy Xalq Respublikasi ijtimoiy fanlar akademiyasining Shar-
qiy Yevropa, Rossiya va Markaziy Osiyo instituti Markaziy Osiyo
sektori mudiri Sun Chjuanchji:
«Nodavlat va notijorat tashkilotlari faoliyati kafolatlari to‘g‘ri-
sida»gi Qonun 0 ‘zbekiston Respublikasining siyosiy va ijtimoiy
taraqqiyotidagi muhim hujjatdir. Ushbu hujjat mamlakat millatlar-
aro va dinlararo totuvlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi islohotlami
amalga oshirishning o ‘z yo‘lini tanladi. Yangi qonun buning yorqin
tasdig‘i boiib, men uning quyidagi jihatlarini alohida qayd etishni
istardim.
Birinchidan: davlat qonunchilikka muvofiq nodavlat va noti
jorat tashkilotlarining axborot izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish,
undan foydalanish va saqlash huquqini ta’minlaydi. Bundan tashqa-
ri, intellektual faoliyatning obyektiv aks etgan natijalari va uni indi-
viduallashtirish vositalariga egalik qilish huquqini ham kafolatlaydi-
ki, bu yuqorida aytib o‘tilgan tashkilotlar erkin va mustaqil ravishda
ishlashi uchun imkoniyat yaratadi.