mumkin. Qator mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ko‘plab bunday
tuzilmalar xorijiy tashkilotlardan moliyaviy yordam olib, asosan hu-
kumatga qarshi qaratilgan faoliyat bilan mashg‘ul
b o iib turgan bir
paytda 0 ‘zbekistonda qabul qilingan qonun NNTlaming rivojlanishi
uchun asos va imkon yaratib, ular bilan hukumat o‘rtasida yaqin alo-
qalar o ‘matilishiga xizmat qiladi».
«Onnuri» nohukumat jamg‘armasi (Koreya Respublikasi)
raisi Pak Yong Sunning
fikricha, yangi qonun 0 ‘zbekiston rah-
bariyatining demokratik qadriyatlarga sodiqligini yana bir bor tas-
diqlaydi: «Nohukumat tashkilotlari
faoliyatining subsidiya, grant va
ijtimoiy buyurtmalar vositasida har tomonlama qoilab-quvvatlanishi
davlat tomonidan bu tuzilmalaming bir maromda faoliyat yuritishini
ta’minlashdagi juda muhim omilidir. Bu esa ularga o‘zlari belgi-
lagan maqsadlarga bevosita e’tibor
qaratish va yordamga muhtoj
bo‘lganlarga ijtimoiy va huquqiy yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
0 ‘zbekistonda «Ijtimoiy himoya yili», deb e’lon qilingan 2007 yilda
esa bu ayniqsa dolzarb ahamiyatga ega».
Ma’lumki, demokratik tartibot siyosiy hokimiyatni amalga oshi-
rishning keng tarqalgan zamonaviy shaklidir. Unda demokratik insti-
tutlar, siyosiy erkinliklar bo‘lishiga, mehnatkashlaming turli tashki-
lotlar atrofida birlashishiga imkon beriladi.
Shuning uchun ham 0 ‘zbekiston
Parlamenti fuqarolaming
huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida mamlakatda aw alo
ko‘ppartiyaviylik, oshkoralikni fuqarolaming jamoat tashkilotlari
orqali huquqlarini ta’minlashga qaratilgan
muhim qonunlar qabul
qildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g ‘risida» (1991-yil
14-iyun), «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida» (1991-yil 15-fevral),
«Ommaviy axborot vositalari to‘g ‘risida» (1991-yil 14-iyun), «Kasa-
ba uyushmalari» ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g ‘risida»
(1992-yil 2-iyul) qonunlari ana shular jumlasidandir.
Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda boigan VII sessiyasida «Si
yosiy partiyalar to‘g ‘risida»gi qonun umumxalq muhokamasidan
so‘ng qabul qilindi. Jumladan, qonunda: «Siyosiy
partiya - qarash-
lari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, ja-
miyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan
iborat siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z
vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini
idora etishda qatnashuvchi
0 ‘zbekiston fuqarolarining ko‘ngilli birlashmasidir», - deyiladi.
Bugungi kunda respublikada aholining turli toifalarini birlashtir-
gan 5 ta siyosiy partiya va «Xalq birligi» (1995) jamoatchilik hara-
kati faoliyat ko‘rsatmoqda.
188