Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«buguni va kelajagini o‘z qo‘li bilan



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«buguni va kelajagini o‘z qo‘li bilan
bunyod etayotgan millionlab vatandoshlarimizning irodasi, aql-
zakovati va fidokorona mehnati» 
bilan bog‘lash muinkin. Jumla- 
dan, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, 
hududiy daxlsizlik va milliy xavfsizlik, tarixiy, milliy va axloqiy 
qadriyatlar hamda an’analaming tiklanishi, iqtisodiy taraqqiyot, 
shaharsozlik sohasidagi olamshumul o ‘zgarishlar, siyosiy hayot- 
ning erkinlashuti, mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan in- 
tegratsiyasidagi amaliy qadamlar islohotlardagi izchillik samarasi 
deyish mumkin. Ushbu fikming tasdig'i sifatida Prezident I. Ka- 
rimovning 2003-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari va 2004-yil iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirishning 
asosiy yohialishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida 
qilgan ma’ruzasidagi quyidagi xulosani keltirish o‘rinlidir: « 0 ‘tgan 
yil yakunlarining asosiy ko‘rsatkichlarini chuqur va atroflicha tah- 
lil qilar ekanmiz, quyidagi mulohaza va xulosalami chiqarishimiz 
zarur, deb o‘ylayman.
Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish 
sur’atlarining izchilligi ta’minlanmoqda. Keyingi olti yil davomida 
yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari har yili muntazam ravish­
da 4 foizdan ko‘proq oshmoqda.
0 ‘tgan yili bu ko‘rsatkich 4,4 foizni tashkil etdi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 0 ‘zbekiston Mustaqil Davlat- 
lar Hamdo‘stligi davlatlari orasida 2001-yildayoq islohotJSr bosh- 
langan 1990-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmini oshirishga 
erishgan yagona mamlakatdir».
3 - 0 ‘zb e k is to n tarix i, 3.
65


Ma’lumki, har qanday jamiyat hayotida ro‘y beradigan tub 
o‘zgarishlar eng aw alo uning iqtisodiy jabhalarida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Chunki iqtisodiy munosabatlar jamiyatdagi siyosiy, 
ma’naviy, ijtimoiy jarayonlar va voqeliklaming uzviyligini, aloqa- 
dorligini ta’minlaydi. Tom m a’nodagi iqtisodiy taraqqiyotga erishish 
pirovardda jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy barqarorlik- 
ning shakllanishiga olib keladi. Shu ma’noda ham 0 ‘zbekistonda 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moddiy farovonlikka erishish ma- 
salalari har doim ustuvor jabha sifatida qaralib kelinmoqda.
Iqtisodiy islohotlaming birinchi bosqichi davrida iqtisodiy bar- 
qarorlikka erishish, mamlakat iste’mol bozorlarini toTdirish, milliy 
ishlab chiqarishni rag’batlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilib 
kelingan boTsa, 1995-2000-yillarga kelib import o’rnini bosuvchi 
mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarini keng jalb qilish, 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo qilish bilan bogTiq tadbir- 
lar asosiy o‘rinni egalladi.
2000-2006-yillarda esa iqtisodiyotdagi umumiy holatning kes- 
kin o'zgarganligiga guvoh boTmoqdamiz. Chunonchi, endi asosiy 
e’tibor milliy eksport salohiyatini oshirish, mahalliy resurslarga ta- 
yangan holda ishlab chiqarish pirovardini tashqi va ichki bozorlar- 
ga yo‘naltirish kabilarga qaratilmoqda. Bu borada, ayniqsa, kichik 
va o ‘rta biznes tuzilmalari iqtisodiyotning eng harakatchan, faol, 
shu bilan birga istiqbolli qatlamlari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni 
paytda O ’zbekiston taraqqiyotining asosi boTmish xususiy va mil­
liy investitsiya oqimlarining vujudga kelishi kichik va o ‘rta biz­
nes tuzilmalarining bundan keyingi faoliyatiga bevosita bogTiq sa- 
naladi. Shu jihatdan ham Prezident I. Karimov 2006-yil yakuniga 
bag’ishlangan ma’ruzasida muhim ustuvor yo’nalish sifatida iqti- 
sodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, uni erkinlashti- 
rish, xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, xorijiy 
sarmoyalarning faol ishtirokini ta’minlash, kichik va o ‘rta biznesga 
aholi farovonligi va daromadlari o’sishining, mamlakatda ishsizlik 
muammosini kamaytirishning yechimi sifatida qarash, boshlangan 
islohotlami rivojlantirish, ulami mantiqiy davom ettirish ekanligiga 
alohida e’tibor berdi.
Chunonchi, Prezident 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin