Jo‘rayev 0 ‘zbekiston tarixi (Milliy istiqlol davri) uchinchi kitob «sharq» nashriy ot-matb aa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati toshkent 2011


«Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng



Yüklə 32,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/367
tarix01.12.2023
ölçüsü32,69 Mb.
#170905
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   367
O\'zbekiston tarixi 3. J\'rayev N

«Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahondagi eng
demokratik tizimlaridan biri tashkil etildi. 0 ‘zbekiston Parla-
menti - Oliy Majlis ilk marta ko‘ppartiyaviylik asosida^aylan-
di», 
- dedi Prezident.
Ko‘ppartiyaviylik tamoyili asosida tashkil topganligi va shu ta- 
moyil asosida faoliyat ko‘rsatayotganligi Oliy Majlisning jamiyat
9 9


taraqqiyoti keyingi bosqichidagi o ‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
Birinchi sessiyada 0 ‘zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organ- 
laridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputat- 
dan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 depu- 
tatni uyushtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 
14 deputat ishtirokidagi «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasini 
ro'yxatga oldi.
Ko‘ppartiyaviylikni qaror toptirar ekan, Oliy Majlis parlament- 
da barcha masalalar turli blok va fraksiyalaming g‘oyalari hamda 
fikrlarini taqqoslab ko‘rish negizida hal etilajagiga, siyosiy jihat- 
dan o‘zaro murosaga kelib ishlash esa tamoyil boiajagiga asoslandi. 
Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili institu- 
ti joriy etildi.
« 0 ‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g ‘risida»gi 
Konstitutsiyaviy Qonun, « 0 ‘zbekiston Respublikasida deputatlar- 
ning maqomi to‘g ‘risida»gi Qonun, Oliy Majlis qo‘mitalari va ko- 
missiyalari to‘g ‘risidagi Nizom hamda parlamentning reglamentiga 
muvofiq parlament ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rah- 
barligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Oliy Majlis 
Raisi o ‘rinbosarlari, qo‘mitalaming raislari, mandat komissiyasi rai­
si, parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalaming rahbarlari kirdi.
Oliy Majlis faoliyatini zamon talablari asosida tashkil qilish- 
ga yo‘naltirilgan mana shu tadbirlaming barchasi parlament ishini 
yanada rejali, tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imkonini berdi. 
Shuningdek, sessiyalaming kun tartibini Oliy Majlis Kengashi maj- 
lislarida oldindan muhokama qilish, sessiyalarga tayyorgarlik ko‘rish 
va ulami o ‘tkazish bo‘yicha deputatlar ishchi guruhlari tashkil etish 
tajribasi qo‘mitalar va komissiyalar faoliyatini takomillashtirish va 
qonunlami tayyorlash ishining sifatini oshirishga xizmat qildi.
Qonunlami ishlab chiqish jarayonida amalda qo‘mitalaming bu- 
tun tarkibi ishtirok etadi. Qonun loyihalarini tayyorlash bo‘yicha 
maxsus ishchi guruhlari tuzilib, ularga tegishli loyihaga doir olim- 
lar va mutaxassislami kengroq jalb etish kabi xalqaro tajriba ham 
qo‘liana boshlandi.
0 ‘tgan davr shuni ko‘rsatdiki, Oliy Majlis qabul qilayotgan qo- 
nunlar sifatini oshirishda ulaming loyihalarini oldindan matbuotda 
chop etib, umumxalq muhokamasidan o‘tkazish ijobiy samara ber­
di. Qonunlar loyihalarini deputatlarga oldindan yuborish tartibi joriy 
qilindi hamda ulaming takliflari va fikr-mulohazalari har bir qonun- 
ni uzil-kesil ishlab chiqish chog‘ida, albatta, e’tiborga olinadigan 
bo‘ldi. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy jihatdan yanada te-
100
I


ranroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular tegishli vazirliklar va 
idoralar, konsemlar, uyushmalar va mehnat jamoalariga yuboriladi- 
gan bo‘ldi. Xalqaro tashkilotlaming ekspertizasidan o‘tkazish yo‘lga 
qo‘yildi.
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyiha- 
larini Oliy Majlis Raisi va uning o ‘rinbosarlari huzurida tegish­
li qo‘mitalar, Kotibiyat bo‘limlari rahbarlari, ishchi guruhlarining 
a ’zolari va ekspertlar ishtirokida oldindan sinchkovlik bilan puxta va 
atroflicha muhokama etish qonunchilik ishidagi maqbul jihat ekanli- 
gini ko‘rsatdi. Ishning bu tarzda yo‘lga qo‘yilishi qabul qilinayotgan 
hujjatlaming sifatiga ijobiy ta’sir eta boshladi.
Ana shunday tadbirlar natijasida 0 ‘zbekistonni ijtimoiy-siyosiy 
va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi bosqichiga, yuz bera- 
yotgan yangilanish va rivojlanish jarayonlari voqeligiga, mamlakat- 
ni yanada taraqqiy ettirishning barcha ichki va tashqi vazifalariga 
monand qonunlami ishlab chiqish va qabul qilishda deputatlaming 
faolligi va mas’uliyati kuchaydi.
Sessiyalar ishida 0 ‘zbekiston Prezidentining bevosita ishtiro- 
ki, uning qonunlami ishlab chiqish jarayonini yanada takomillash- 
tirishga muttasil e ’tibor berishi 0 ‘zbekiston parlamenti faoliyati- 
ning ko‘ngildagidek bo‘lishida muhim omil b o iib xizmat qilmoqda. 
Ma’lumki, Oliy Majlisning birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida 
I. Karimov «O^bekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbo- 
lining asosiy tamoyillari» mavzusida keng qamrovli ma’mza qilib, 
unda mamlakat bosib o ‘tgan o'zgarishlar yo‘lini har tomonlama tah- 
lil etdi va « 0 ‘zbekiston yangi asr boshida» degan uzoq muddat- 
ga mo‘ljallangan Dastumi ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi va uning 
asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Prezident keyingi sessiyalar- 
dagi nutqlarida jamiyat rivojiga doir muhim qoidalami yanada chu- 
qurlashtirdi va aniqlashtirdi, yangi mazmun bilan boyitdi. Jumladan, 
u Oliy Majlisning VI sessiyasida «Hozirgi bosqichda demokratik 
islohotlami chuqurlashtirishning muhim vazifalari» mavzusida nutq 
so‘zlar ekan: 

Yüklə 32,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   367




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin